Vodorod sulfidning qaytaruvchi xossalari.
1-tajriba. Vodorod sulfidli suv bilan bromli suvga, kislota muhiti hosil qilingan kaliy permanganat va kaliy dixromat eritmalariga ta’sir qiling. Reaksiya sodir bo‘lishida qanday tashqi belgilarni kuzatdingiz. Reaksiya tenglamalarini yozing. Koeffitsientlarni tanlang.
Metall sulfidlarining olinishi va xossalari
1-tajriba. Rux, marganes, kadmiy, qo‘rg‘oshin, mis tuzlari eritmalaridan ammoniy sulfid ta’sir ettirib sulfidlarning cho‘kmalarini hosil qiling, hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing. Cho‘kmalardan ozroqdan olib xlorid kislotasini ta’sir ettiring. Qaysi cho‘kmalar eriganini belgilang. Sulfidlarni eruvchanlik ko‘paytmalari asosida kuzatilgan hodisalarni tushuntiring.
2-tajriba. Yuqoridagi tuzlarning eritmalariga vodorod sulfidli suv bilan ta’sir qiling.Nima uchun barcha tuzlarning eritmalaridan cho‘kma tushmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |