Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi



Download 11,25 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi11,25 Kb.
#660149
Bog'liq
1815 1890 yillarda Yevropa


Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-yil 18-iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.

1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771-yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil 18-martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871-yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875-yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—1893-yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi Fransiya— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi.


1814—185 yillar Vena kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi.
Buyuk fransuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Fransiyaga qarshi koalitsiyalar qatnashchisi boʻldi. 1804-yildan Avstriya – imperiya. Avstriya – Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848-yil martda Avstriya imperiyasi oʻlkalarida burjuademokratik inqilobi sodir boʻldi[2]. 1859-yilgi Avstriya-Italiya-Fransiya urushi va 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushidagi magʻlubiyat uning Germaniya davlatiga taʼsiri yoʻqolishiga olib keldi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik (qoʻsh) monarxiya – Avstriya-Vengriyaga aylandi. birinchi jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi boʻlib qatnashdi.
1815-1914-yillar davomida Britaniya Imperiyasi hududi 25 899 891 km²ga, aholi soni 400 mln. kishiga yetdi. Napoleon magʻlub etilgach inglizlarga global masshtabda qarshilik qiladigan raqib qolmadi. Faqatgina mahalliy darajada Britaniya Rossiya bilan Osiyoda, fransuzlar va keyinroq nemislar bilan Afrikada, amerikaliklar bilan Lotin Amerikasida qarshi kelishi mumkin edi. Shuningdek, Britaniya Imperiyasi dunyoning yetakchi dengiz davlatiga aylandi.

Bu davrda Buyuk Britaniya rasmiy ravishda mustaqil boʻlgan Xitoy, Argentina, Siam kabi koʻplab mustaqil davlatlarning iqtisodiyotini boʻysundirdi[17]. XIX asr ikkinchi yarmida yangi texnologiyalar bugʻ mashinasi va telegrafning paydo boʻlishi imperiyani boshqaruv va himoyani yengillashtirgan holda kuchaytirdi. 1902-yilda butun imperiya telegraf simlari bilan qoplandi.

Osiyo
Tahrirlash
Shuningdek qarang: Sipohiylar qoʻzgʻoloni, Birinchi opium urushi va Ikkinchi opium urushi
Imperiya siyosatining Osiyodagi asosiy maqsadi eng qimmatli va Osiyoning boshqa hududlariga kalit hisoblanuvchi Hindistonni qoʻl ostida ushlash va Hindistondagi hududlarni kengaytirish edi. XIX asrning birinchi yarmida ekspansiyaning asosiy quroli Ost Indiya kompaniyasi edi. U oʻz askarlarini qirollik floti bilan birinchi marta Yetti yillik urushda birlashtirdi, shundan soʻng uning qurolli kuchlari Hindistondan tashqaridagi koʻplab urushlarda qatnashdi: Napoleonga qarshi Misrda (1799-yil), Gollandiyadan Yava tortib olinganda (1811-yil), Singapurning (1819-yil) va Malakkaning (1824-yil) egallanishida, Birmaning egallanishida (1826-yil).

„Qarilarga yangi toj“. 1876-yilning siyosiy karikaturasi, Dizraeli qirolicha Viktoriyaga Hindiston tojini taqdim etmoqda.


1839-yilda Kantondagi Xitoy rasmiylari 20 ming quti opiumni musodara qilishdi. Bunga javoban Buyuk Britaniya birinchi opium urushini boshladi. Urush natijasida inglizlar oʻsha paytda rivojlanmagan Gonkongni egallashdi, Xitoyda narkomanizm esa juda yuqori choʻqqilarga yetdi.

1857-yilda britan qoʻmondonlariga qarshi yollanma hind askarlari — sipohiylar — qoʻzgʻolonidan soʻng britan hukumati Hindistonda general-gubernator boshchiligidagi toʻgʻridan-toʻgʻri boshqaruvni („British raj“) joriy etdi. Qirolicha Viktoriyaga Hindiston imperator ayoli toji kiydirildi. Ost Indiya kompaniyasiga shundan soʻng chek qoʻyildi (1858-yil).

Rossiya bilan raqobat
Tahrirlash
Asosiy maqola: Katta oʻyin
Shuningdek qarang: Birinchi ingliz-afgʻon urushi, Ikkinchi ingliz-afgʻon urushi va Uchinchi ingliz-afgʻon urushi
XIX asrda Britan va Rossiya imperiyalari Usmonli turklar imperiyasi, Eron va Sin Xitoyi inqirozidan Osiyoda yuzaga kelgan siyosiy boʻshliqni toʻldirishga harakat qilishdi. Rossiyaning 1826-1828-yillardagi rus-fors va 1828-1829-yillardagi rus-turk urushlaridagi gʻalabasi Hindistonga rus bosqinidan qoʻrqishni boshlagan Britaniyaning notinchligini chaqirdi[18]. Oʻzining geosiyosiy raqibini ortda qoldirish maqsadida 1839-yilda Britaniya Afgʻonistonni egallashga birinchi marta urinib koʻrdi, lekin Birinchi ingliz-afgʻon urushi u uchun xalokatli yakunlandi.

1853-yilda Rossiyaning Bolqondagi taʼsiri kuchayadi. Rossiyaning Oʻrta Yer dengizi va Yaqin Sharqdagi taʼsiri kuchayashidan xavotirlangan Angliya va Fransiya Qrim urushini (1854-1856) boshlashdi. Urush Rossiya xalqaro taʼsirini pasaytirib, uning texnologik jihatdan qancha ortda qolganini koʻrsatib berdi.



Keyingi yigirma yil davomida Britaniya Belujistonni (1876-yil), Rossiya esa hozirgi Qirgʻisizton, Qozogʻiston va Turkmaniston hududlarini bosib oldi. 1878-yilda ikki imperiya Osiyodagi taʼsir doiralarini boʻlib olish toʻgʻrisida birinchi marta kelishib olishdi. Shunga qaramay 1902-yilda Angliya Rossiya qarshi qaratilgan Yaponiya bilan ittifoq tuzdi. Rus-yapon urushi davomida Britaniya Imperiyasi rasmiy betarafligini eʼlon qilgan holda, maxfiy ravishda Yaponiyaga qurol va pul yetkazib turgan. Bu esa Rossiya imperiyasining magʻlubiyati va kuchsizlanishiga sabab boʻlgan.
Download 11,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish