Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar / jabborov shaxboz



Download 37,37 Kb.
bet1/5
Sana28.05.2020
Hajmi37,37 Kb.
#57305
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 jabborov shaxboz falsafa


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar / jabborov shaxboz

1.Sharqning eng qadimiy mamlakatlaridan biri Vaviloniyada dastlabki falsafiy fikrlarning paydo bo’lishi haqida so’zlang.

2.Qadimgi Misrdagi falsafiy g’oyalar haqida so’zlang.

3.Hindistondagi dastlabki falsafiy fikrlar, lokayata va charvaka falsafasidagi asosiy g’oyalar nimalardan iborat?

4.Eramizdan oldingi IX-VII asralarda Xitoydagi falsafiy ta’limotlar, daosizm, konfutsiychilik haqida fikr-mulohazalaringizni bayon eting.

Mintaqamizdagi dastlabki falsafiy fikrlarning miflar, rivoyatlar, To’maris va Shiroq haqidagi dostonlarda ifodalanishi haqida so’zlang.

Zardushtiylik falsafasi, “Avesto” kitobida ilgari surilgan g’oyalar nimalardan iborat? Ularning tarixiy ahamiyati haqida nimalar bilasiz?

7.O’rta asr davrida O’rta Osiyo mutafakkirlarining jahon falsafasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari nimalardan iborat?

8.Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniyning ilmiy-falsafiy qarashlari haqida nimalar bilasiz?

9.Temuriylar davri madaniyatining namoyondalari Ulug’bek, Navoiy, Bobur ilmiy-falsafiy qarashlari haqida so’zlab bering.

10.Tasavvuf falsafasining xususiyatlari nimalardan iborat?

Javoblar

1. Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.

Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.

Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin.

Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.

2. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo’nalishda borgan. Birinchi yo’nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog’liq ekanini, ikkinchi yo’nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog’liq bo’lganini ko’rsatadi.

Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o’rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu – o’sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u – davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo’lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo’lgan.

Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo’lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko’nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o’sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo’q edi. Bu – o’sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xo’jayinning o’z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo’shig’i», «O’z hayotidan hafsalasi pir bo’lgan kishining o’z joni bilan suhbati» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo’lgan. ularda hayotning, umrning mazmuni, o’sha davrdagi odamlarga xos tuyg’ular bayon qilingan.

Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko’rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo’lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha tsivilizatsiyalarga xos deyish mumkin.



3. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki 
ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o’z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan 
bo’lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma 
tomonidan aytilgan so’zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va 
nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to’rtta to’plam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular — 
«Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir. 
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo’lgan manbalarda ham o’z aksini topgan. 
«Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» 
yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo’lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning 
matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. 
«Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o’rab turgan borliq, uning hayotdagi o’rni va vazifasi, tashqi 
olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari 
haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. 
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo’linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb 
ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu 
maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. 
Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi. 
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan 
olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. 
Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo’lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. 
Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo’lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh 
(purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo’nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda 
(proportsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. 
Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bo’lmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk 
bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan. 

Download 37,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish