Mavzu: Turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi korxonalarning assortiment siyosatini shakllantirish Reja



Download 93,97 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2022
Hajmi93,97 Kb.
#507174
  1   2
Bog'liq
Mavzu4 marketing


Mavzu: Turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi korxonalarning assortiment siyosatini shakllantirish
Reja:

  1. Turizmda tovar strategiyasi. Marketingda mahsulot (xizmat) ning umumiy tushunchasi

  2. Turistik xizmatlarni tasniflash. Xizmatlarning hayot aylanish nazariyasi. Turizm xizmatlari.


1.Turizmda tovar strategiyasi. Marketingda mahsulot (xizmat) ning umumiy tushunchasi
Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Bular fizik ob’ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi mumkin. Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir. Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish) davrida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi. Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga olgan holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib, AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan. Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi. Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi (dizayni), marka nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir. Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste’molchiga qo‘shimcha xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, ya’ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va boshqa xususiyatlarni qo‘shib to‘liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar.

Tovar assortimenti – bu ishlatilish tamoyillari bo‘yicha bir – biriga o‘xshash, maqsadli auditoriyalari, siljitish uslublari hamda narx diapazoniga tegishli o‘xshash tovarlar yoki xizmatlar guruhidir. Tovar nomenklaturasi – bu korxonaning barcha tovar assortimentlari va jihozlari yig‘indisidir. Tovar siyosati – bu korxona(firma) bozorga taklif etayotgan mahsuloti bo‘yicha echimlar kompleksidir. Firmaning tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‘yicha shart – sharoitlar quyidagilardan iborat: -o‘z imkoniyatlarini aniq belgilab olish (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslar bo‘yicha); -bozorni, uni kelajagi va talablarini yaxshi bilish; -uzoq muddatli korporativ strategiyasiga ega bo‘lish; 1-daraja •Asosiy foyda yoki xizmat 2-daraja •O'rash, upakovka qilish •Xususiyat •Tashqi bezatilishi •Sifati •Marka nomi 3-daraja •O'rnatish •Etkazib berish va kredit berish •Kafolat berish •Sotuvdan keyingi xizmatni ko'rsatish (servis xizmati) kelajakdagi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va sotuv maqsadlarini aniq bilish. Tovar siyosati maqsadi – bu bozorga aniq va ma’lum bir ehtiyojlarni qondiradigan tovarlarni taklif etishdir. Tovar siyosatining vazifalari quyidagilardan iborat: - tovarni hayotiy davrini boshqarish; - tovarni raqobatbardoshligini boshqarish; - tovar assortimenti va nomenklaturasini boshqarish. Tovar siyosatidagi marketologlar yondashuvi, quyidagicha: - innovatsion siyosat, ya’ni iste’molchilarni aniq talablarini e’tiborga olgan holda, eng so‘nggi g‘oyalar asosida yangi tovarlar ishlab chiqish va ularni bozorga olib chiqish; - assortiment siyosati, ya’ni tovar birliklari yig‘indisi bo‘yicha bozorda optimal nisbatni aniqlash. Puxta o‘ylanmagan tovar siyosati natijasida quyidagi hollar yuzaga kelishi mumkin: - tashqi soha omillarini ta’sirini to‘g‘ri baholashmaganlik sababli, mustahkam tovar nomenklaturasiga ega bo‘lmaslik; - bozorda tovarni raqobatbardoshligi ustidan nazoratni yo‘qotish; - ular natijasida, tovarlarni tijorat samaradorligini pasayishi sodir bo‘ladi. Tovar-murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish-unga ega bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir. Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi: -rangi, o‘rash, dizayni, ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va boshqalar). Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi. 189 Tovar-murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish-unga ega bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir. Tovarlar quyidagi mezonlari bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linadi: • maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha; • bozor turiga ko‘ra; • foydalanishga tayyorligiga ko‘ra; • iste’molchilar soniga qarab bo‘linadi. Maqsadli xarakteriga ko‘ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo‘linadi. Iste’mol tovarlari – bu shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo‘linadi. Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin. Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko‘ra ularni o‘z navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo‘jalik sovuni) 2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta) 3. Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont). Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro‘zgor uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni kiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar: •o‘xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi bo‘yicha farqlanadi); •alohida ko‘rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan) Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko‘ra • qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar; • uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar. Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo‘lib • foydani ta’minlash; • taqsimotni ustirish; • firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko‘paytirish; • ishlab chiqarish va marketingshga xarajatlarni tejash; • imijni oshirish bo‘lib hisoblanadi. Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi: • uning innovatsiyasi; • variatsiya; • differensiatsiya; • eliminatsiya; • markani o‘rnatish va tanlash; • qadoqlash ; • tovarni shakli, turi va boshqalar. Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi: • yangi tovarlarni qidirish; • yangi tovarlarni rivojlantirish; • bozorga yangi tovarlarni kiritish; • tovar shakllarini asoslash; • tovar sifatini tartibga solish; • bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar. Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshiriladi. Buning uchun, ya’ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli ishlatiladi. Tovarlar va xizmatlar assortimenti – bu foydalanish bo‘yicha bir-biriga juda o‘xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir. 191 Tovar sifati – bu tovarning o‘z funksiyalarini bajarishda ko‘rinadi va u quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko‘rsatishi, pishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar. Marketing fani bo‘yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan o‘lchanadi. Mamlakat hududlarini kompleks rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, iste’mol mahsulotlari bozorini barqaror rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha barcha hududlar yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish qildi. Respublika ko‘rsatkichidan (112,9%) yuqori ko‘rsatkichlar Sirdaryo, Buxoro, Jizzax, Andijon, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida qayd etildi. Ko‘rsatilgan hududlarda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlari mashinasozlik, engil va oziq-ovqat sanoati korxonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq.

Download 93,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish