Mavzu: suvda ham quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar sinfi- amphibia. Ko`L baqasining teri tuzilishi



Download 118,76 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi118,76 Kb.
#626150
Bog'liq
12amaliy mashg #039 ulot(1)


  1. MAVZU: SUVDA HAM QURUQDA YASHOVCHILAR YOKI AMFIBIYALAR SINFI- AMPHIBIA. KO`L BAQASINING TERI TUZILISHI



Ob'ektning sistematik holati
Tip. Xordalilar - Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar - Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar - Craniata
Katta sinf. To'rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Suvda ham quruqlikda yashovchilar — Amphibia
Turkum. Dumsizlar - Ecaudata yoki Anura
Vakil. Ко'I baqasi - Rana ridibuda Pall.


Kerakli materiallar va jihozlar: suvli shisha idishda tirik baqa, spirt yoki formalinda fiksirlangan baqaning tashqi ko'rinishi va ichki tuzilishi, yangi o'ldirilgan baqa; vannacha-lar, pinset, skalpel, qaychi, doka ro'molcha, preparoval ninalar, qo'l lupasi, to'g'nog'ich ninalar, efir, xloroform, paxta; baqa va boshqa amfibiya turlarining tashqi ko'rinishi, ichki tuzili­shi, bosh miyasi, qon aylanish sistemasi sxemasi va jinsiy or-ganlari aks ettirilgan rangli jadvallar.
Mashg'ulotriing maqsadi: koi baqasi misolida suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining tashqi tuzilishini o'rganish.
Ishning mazmuni: ko'l baqasi — suvda ham quruqlikda yashovchilarning tipik vakili hisoblanadi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilar ichida dastlabki quru-qlikka chiqqan, eng sodda, sovuqqonli umurtqali hayvonlar sinfiga kiradi. Ularning hayoti suv muhiti bilan ham chambar-chas bog'liq.
Ko'pchilik amfibiyalarning hayoti suvda va quruqlikda kecha-di. Bular uchun xarakterli xususiyat aksariyatining lichinka-lari suvda rivojlanishidir dan ajratib turadigan devor hisoblanib, u baliqlarga nisbatan baqalarning eshitish organlarining murakkablashganligini ko'rsatadi.

29-rasm. Baqaning og'iz bo'shlig'i:
1-tishlari, 2-tili, 3-dimog' suyagidagi tishlar, 4-xoanalar, 5-ko'z olmasi (og'iz bo'shlig'idan ko'rinishi), 6-yevstaxiev naylarining teshiklari, 7-hiqildoq yorig'i, 8-rezonatorning teshigi.

Baqalar urug'iga kiruvchi turlar tanasining yon tomonida bo'yiga cho'zilib yotgan teri qatlami bo'ladi.


Boshning tumshuq qismi ustida yopgich klapanli bir juft burun teshigi joylashgan bo'lib, tirik baqalarda bu klapanlar ochilib-bekilib turadi. Klapanlar baqaning ichki burun teshigi (xoanalar)ni qoplagan bo'lib, klapan harakati engak osti ha-rakati bilan navbatlashib turadi (nafas olish). Tumshug'i juda keng og'iz teshigi bilan chegaralanadi. Agar baqa og'zini ochib (44-rasm) barmoq yoki pinset bilan yuqori jag'i silansa, undagi qator joylashgan uchi orqaga qayrilgan, oddiy bir xil-dagi konussimon tishlar seziladi.
Baqaning tishlari jag'lararo suyak bilan yuqori jag' suyak-larining ichki qirrasi va dimog' suyagiga o'rnashgan (di-mog' suyagida tish bo'lishi umuman suvda ham quruqlikda yashovchilar uchun juda xarakterlidir). Amfibiyalarda dimog' tishlarining bo'lishi, baliqlardagiga o'xshash ularda ham tishlar faqat jag' suyagida joylashishga moslanmaganligini ko'rsatadi. Baqaning pastki jag'ida bunday tishlar yo'q. Baqaning bunday tuzilgan tishlari ovqatni faqat ushlab turish vazifasini-gina bajarib, uni chaynay olmaydi. Umuman, amfibiyalaming ko'pchiligida tish bo'lmaydi (masalan, qurbaqada). Baqa og'iz bo'shlig'ining tubida haqiqiy tili bor, til maxsus muskul-lardan iborat bo'iib, tashqariga ancha cho'zilib chiqa oladi. Baqa tili oldingi uchi bilan og'iz tubining oldingi qismiga birikkan bo'ladi. Tinch holatda ikkiga ajralgan ikkinchi uchi orqa, ya'ni halqum tomonga qarab erkin (yopishmasdan) tura-di. Umuman, suvda ham quruqlikda yashovchilarning tili xil-ma-xil. Ko'pchiliginiki go'shtdor o'simta shaklida bo'ladi.
Amfibiyalar usti yopishqoq shilimshiq modda bilan qoplan-gan tili yordamida mayda jonivor (hasharot)larni tiiiga yopish-tirib tutib ycydi (odatda baqalar o'ljasini tili bilan ushlaydi). Pinsct orqali baqa og'zini ochib, tilining tuzilishi bilan tanishing.
Og'iz tepasining oldingi qismiga bir juft teshik joylashgan bo'iib, bular ichki burun teshiklari yoki xoanalar deb ataladi. Burunning tashqi va ichki teshiklari bilan o'zaro bog'lanishini kuzatish uchun tashqi burun teshigiga qil yoki nina tiqib ko'rish kerak.
Baliqlarda umuman (ikki xil nafas oluvchi baliqlardan tashqari) xoanalar bo'lmaydi, suvda ham quruqlikda yashovchi-larda esa xoanalarning bo'lishi ularning atmosfera havosidan nafas olishga moslashganliklari bilan bog'liq. Og'iz bo'shlig'i to'rini aniq ko'rish uchun yuqori va pastki jag'larning birlash-gan orqa uchlarini qaychi bilan qirqib, ularni pastga va yu-qoriga ko'tarish lozim. Bunda og'iz to'ri yon tomonlariga joylashgan bir juft teshik — yevstaxiev naylarini ko'ramiz. O'rta quloq bo'shlig'i bilan og'iz bo'shlig'ini birlashtirib turuvchi yo'l Yevstaxiev nayi deb ataladi.
Yevstaxiev nayining fiziologik xususiyati o'rta quloqqa tashqi havo o'tkazishdan iborat. Natijada nog'ora pardaga ichkari va tashqaridan tushadigan havo bosimi tenglashib, nog'ora pardani yorilib ketishdan saqlaydi. Nog'ora pardani nina bilan teshib, shu teshik orqali qil o'tkazsak, qilning uchi yevstaxiev nayi orqali og'iz-halqum bo'shlig'iga chiqadi. Erkak baqalar og'iz bo'shlig'ining halqumga yaqin, pastki jag' orqa burchaklari-ning har ikki tomoni yonida bittadan teshiklar joylashgan. Bu teshiklarning oxirgi uchi erkak baqalar qurullaganda boshning yon tomonlaridan bo'rtib chiqadigan rezonator pufakchala-riga ochiladi. Rezonatorni ko'rish uchun tirik erkak baqa ol-dingi oyoqlari orqasini barmoq bilan siqish lozim, shunda rezonatorlar pufaksimon bo'rtib tashqariga chiqadi.
Tilning ikkiga ajralgan orqa uchi joylashgan yerda nafas yo'liga boruvchi hiqildoq teshigi bor. Agar pinset bilan bu teshikni yon tomonlarga itarsak, hiqildoq bo'shlig'i va uning ichida joylashgan tovush paychalari ko'rinadi. Baqaning tana-si kalta va keng bo'lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan qo'shilib ketadi, chunki baqaning kalta bo'yni tashqaridan ajralib turmaydi. Tananing oxirida chiqaruv teshigi — kloaka joylashgan. Baqalarning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa barcha umurtqali hayvonlarniki kabi yashash sharoitiga mos tuzilgan bo'lib, baliqlarning juft suzgich qanotlariga gomologdir. Baliqlarning suzgich qanotlari bitta richagdan iborat bo'lsa, baqaning (umuman quruqliqda yashovchi hayvonlarning) oy­oqlari uchta ri-chaglari tuzilmasidan tashkil topgan.
Oyoqlar ayrim bo'limlarining nomi quyidagicha:
oldingi oyoqlar — yelka, bilak, oyoq kafti;
orqa oyoqlar — son, boldir, oyoq kafti.
Baqalarning orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va kuchli taraqqiy etgan. Bu bilan dumli amfibiyalardan farq qilib, ularning bir joydan ikkinchi joyga sakrab yurishlarida asosiy vazifani bajaradi (sakrab yurish dumsiz amfibiyalar tur-kumi vakillarining sharoitga moslanishidagi belgilaridan biri). Baqaning oldingi oyoqlarida barmoqlari to'rtta.
Quruqlikda yashovchi boshqa tipik besh barmoqli hayvon-larniki bilan solishtirganda, baqaning birinchi barmog'i reduk-siyalangan.
Erkak baqalar ichki birinchi barmog'inmg ostida bittadan katta bo'rtma qadoq bor, bu bo'rtma ayniqsa urchish vaqtida kattalashadi va tuxumni tashqi urug'lantirishda urg'ochi baqa-ni tutib turishda xizmat qiladL
Ko'pchilik erkak baqalarning tovush pufagi yoki rezonator-lari hamda birinchi barmoqdagi bo'rtma ular uchun ikkinchi jinsiy belgi hisoblanadi. Orqa oyoqlari juda uzun, bu oyoqda-gi beshta barmoqlari orasiga serbar suzgich parda tortilgan. Barmoqlarda tirnoq bo'lmaydi.
Suvda yashovchi baqa turlarining barmoqlar orasidagi suz­gich pardasi kuchli taraqqiy etgan. Barmoqlarning ichki to-monida falangalar, chegarasida qo'shuvchi bo'rtmalar, tovon qismida tashqi va ichki tovon bo'rtmalari bo'lib, ular dumsiz amfibiyalar turkumi uchun katta sistematik ahamiyatga ega.
Topshiriqlar:
Tirik baqaning tashqi ko'rinishini, harakatini, nafas olishini kuzatib, skeletini o'rganib, baqaning tashqi va ichki tuzilishi sistemasi sxemasi aks ettirilgan rangli jadvallar asosida quyidagi rasmlarni albomingizga chizib oling:
1. Ko'l baqasi yoki yashil qurbaqaning tashqi ko'rinishi;
2. Baqaning og'iz bo'shlig'i;
3. Baqaning teri tuzilishi;
4. Baqaninf skeleti bo’limlari
Download 118,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish