Mavzu: MTTdagi psixologik konsiliumlar uyushtirish texnologiyasi bo'yicha ssenariy yozish.
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qishlariga tayanadidlar. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko’rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi.Umumiy o’rta ta’lim tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi-shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, o’quvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
1-§. Psixodiagnostik ishlar
Psixologik diagnostika — Ushbu diagnostik ishlar majmuasi o’quvchilarni maktabda o’qitish davomida psixologik-pedogogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim va tarbiyasidagi nuqsonlarning sababini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda (individual tarzda) o’tkaziladi.Bunday tadbirlar quyidagilarda o’z aksini topadi:
— Yosh davr taraqqiyotining muayyan me’zonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o’quvchilarni, psixologik tekshiruvlardan o’tkazadi, kamolot darajalarini belgilaydi;
— o’rta umumta’lim va yangi tipdagi (invastion) maxsus maktablar, o’quvchilarini mazkur muhitga moslashish hususiyatlarini o’rganish.
Bolalarni birinchi bosqich ta’limiga qabul qilishda qatnashish, ularni maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash;O’quvchilarni ta’limning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tkazishning kompleks psixologik-pedagogik tadqiqotida bevosita qatnashish;
— Voyaga etmagan o’smirlarning o’z tengqurlari bilan muomalasi xususiyatini tekshirish, ularning etnoqyofasi va etnomadaniyati xususiyatini inobatga olgan holda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtirish va tadqiqot ishlarini olib borish;
— Deviant (qonunbuzarlik) aksil ijtimoiy xulq — atvor sabablari va ularning shakllarini aniqlash;
— Giyohvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o’o‘irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshirish, ularning omillarini tahlil qilish;
— An’anaviy ta’lim-tarbiya metodlarining yutuo‘i hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, innovastion, faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab ko’rish, o’quvchilarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ana shularga asosan o’qitishni individuallashtirish, tabaqalashtirish bo’yicha o’quv-uslubiy ko’rsatmalar tavsiyalar ishlab chiqish;
— Iqtidorli o’quvchilarni tanlashda ishtirok qilish, hamda psixologik tavsiyalar ishlab chiqish;
2. §. Psixoprofilaktik ishlar
Umumiy o’rta ta’lim maktablari amliyotchi psixologlari o’qituvchilar bilan hamkorlikda psixoprofilaktika yo’nalishidagi ishlari mazmuni quyidagilarda ko’rinadi.
Psixologik profilaktika — pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirish bilan bola shaxsi va aqliy taraqqiyotida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oo‘ishlarning o’z vaqtida oldini olishga qaratilgan psixologik tadbirlardan iboratdir.Jumladan:
-o’quvchining muayyan sharoitga moslashishi (ko’nikishi)ga oid (adaptastion) ishlarni olib borish;
— Maktabgacha yoshdagi bolalarning boo‘cha sharoitiga moslashishi buning uchun ijtimoiy moslashish bilan bog‘liq bo’lgan maxsus guruhlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin bolalar bilan va ularning ota-onalari, tarbiyachilari bilan alohida ishlashni tashkil qilish;
— Ota-onalarga farzandlarining bilimlaridagi uzilishlarni kamaytirish uchun maxsus uslubiy yo’l- yo’riq berish;
-o’quvchining qobilyati, mayli, moyilligi, iqtidori, psixologik fazilatlari va xususiyatlarini to’laqonli darajada nomoyon bo’lishini ta’minlash maqsadida ularning aqliy taraqqiyotini aniqlash uchun psixologik konsiliumlar tashkil qilish;
-o’quvchilar bilan o’qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish;
— o’quvchilar o’rtasida aysh- ishratga, giyohvandlikka, engil turmush kechirishga, kino‘ir yo’l bilan boyishga ( chayqovchilik, qizlar orasidagi engil oyoqlikka) ruju qiluvchi shaxslar bilan yakka tartibda ishlashni yo’lga ko’yish;
-Oo‘ir kasalliklarga uchragan o’quvchilar, o’qituvchilar ruhiyatini tetiklashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
-o’z–o’zini boshqarish imkoniyatini o’rta maktab jamoalari a’zolari o’rtasida aniqlash (bioritmika, emostiya, motivastiya,iroda, qizikish va diqqatni shaxs tomonidan idora qilinishi nazarda tutiladi), tuzatishlar olib borish, buzilishlarni oldini olish;
3-§. Psixologik ma’rifat va tashviqot ishlar
Psixologik ma’rifat va tashviqot — maktabning pedogogik jamoasini, o’quvchilarni va ota–onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashg‘ulotlar, o’quvlar, ma’ruzalar uyushtirishdan iboratdir.Umumiy o’rta ta’lim maktablari amliyotchi psixologlarini psixologik maorif va tashviqot yo’nalishidagi ishlari mazmuni quyidagilarni tashkil qiladi;
-O’quvchilar, o’qituvchilar, xodimlar ijodiy faoliyati mahsuldorligi, to’garaklar faolligini ko’tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratlarini egallash bo’yicha musobaqalar, munozaralar tashkil qilish;
-O’quvchilar, o’qituvchilar, xodimlar o’rtasida bo’sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy — psixologik nuqtai- nazardan tekshirish va bo’sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo’llari hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma’naviy qadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish;
-O’quvchilarning talabi, ehtiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, nuqtai nazari, maslagi, turmushga nisbatan munosabati to’o‘risida ma’lumotlar to’plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
-Tarbiya va ta’limning yangi metodlari samaradorligini tekshirish va psixologik tahlil qilish;
-Xalq ta’limi tizimining barcha bo’o‘inlari va bosqichlarida ma’ruza o’qish, ota–onalar yio‘ilishida, metod birlashma kengashlarida ishtirok qilish orqali muallimlar, ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirishga erishish;
4-§ Psixologik korreksiya
Psixologik korreksiya — psixologik xizmatning mazkur yo’nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o’tkazishni taqoza qiladi.Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar dasturi, o’z ichiga psixologik va pedogogik muammolarni qamrab oladi.Korrekstion faoliyatning psixologik qismi mutaxasislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedogogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o’tkaziladi va butun ma’suliyat uning zimmasiga tushadi.
— Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar psixolog tomonidan har-xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi;
— Bunda amaliy psixologning maxsus ishi, mashg‘uloti ayrim bolalar, o’quvchilar bilan alohida o’tkazilishi rejalashtiriladi.
— Psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, o’quvchilar guruhlariga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan bo’ladi,
— Bu kabi ishlarni ota-onalar, pedogogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida olib borish nazarda tutiladi,
— Rivojlantiruvchi va psixokorrekstion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korrekston ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo’nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o’z aksini topsin.Korrekstion ishlar ma’lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan seans bo’yicha o’tkazilishi shart.Bunda emostional zo’riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi hisobga olinishi kerak.Tuzatish ishlari mashg‘ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo’lishi ta’sir o’tkazish samaradorligini oshiradi. Unda yapon uslublarini qo’llash ham zarur ma’lumotlar to’plash va tanglikni yo’qotish imkoniyatini yaratadi.Psixologik xizmatning ushbu yo’nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa – bu bolalar, o’quvchilar o’sishida (rivojlanishida) kechikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta’limda o’zlashtirishning yomonlashuvi bo’lib hisoblanadi.
5-§ Konsultativ ishlar
Psixologik maslahat (konsultatstiya) – bunda o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilarga shaxsiy, kasbiy va hayotiy muammolarini hal etishga yordam beriladi, ularni o’z psixologik salomatliligini muhofaza qilishga o’rgatiladi.Psixologik maslahat individual, guruhiy tarzda o’tkaziladi, profilaktik va korrekstion xarakterga ega bo’ladi.Bu jarayonda psixolog quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
-Shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilarga keng ko’lamda maslahatlar berish;
-Bolalar, o’quvchilar, va ta’lim tarbiya ishi bilan shuo‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat, o’qituvchilar murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy hamda jamoatchilik tashkilotlari hodimlariga aniq maslahatlar berish;
-Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, odamlarning o’zaro munosabati, bunda farzandning yosh, jins, shaxsiy tipologik xususiyatlari muammosi yuzasidan ilmiy amaliy ma’lumotlar berish;
-o’quvchilar, xodimlar, muallimlar o’rtasida sodir bo’luvchi har hil nizolarning psixologik ildizini o’rganish, shaxslararo munosabatlarning asl mohiyatini namoyon qilish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish, favqulotdagi vaziyatlarni engillashtirish va ularni tamoman bartaraf qilish yo’llari yuzasidan maslahatlar berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |