Mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari reja



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana03.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#526252
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mavzu 3 Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari



1
Annual report 2014. 
www.ecb.eu
 
3.
 
mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari 
 
REJA: 
 
1.
 
Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi 
pul massasi va uni boshqarish. 
2.
 
Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari. 
3. O‘zbekiston Respublikasida inflyatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi 
4.Inflyatsiyaga qarshi 
kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va 
uning amaliy ahamiyati 
5.Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. Muomaladagi 
pul massasi va uni boshqarish



inflyatsiya lotincha 
«inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib 
«ish», 
«bo‘rtish», «ko‘pchish» degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan 
boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u
tibbiyotda xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix haqiqatda ham 
bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya
qandaydir alohida olingan 
bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, 
bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy 
tarjimasi – muomalada mavjud bo‘lgan 
tovarlar va ularning bahosiga 
nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma‘noni
anglatadi. Iqtisodda 
inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin 
qisman to‘lanishi 
mumkin bo‘lgan talablarning vujudga kelishga olib 
keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi. Inflyatsiya 
so‘zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o‘rtasida
fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p miqdorda (450mln. grin bek) 
qog‘oz dollar chiqarilgan boshlab qo‘llanila boshlagan. Ularning sotib olish
qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan . Agar tarixga
e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning
oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli
inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada -
Fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon 
bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo‘lib,
muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi 
trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi 
davr jarayoni bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan jarayondir. Inflyatsiya va
uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma‘lum xususiyatlarga ega
bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq 
qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda
urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi
natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya‘ni ishlab chiqarish
va tovarooborot sur‘atlarini oshirmasdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib 
ketgan holda davlat tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy
yo‘llaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo‘lgan. Natijada
muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo‘lgan oltin miqdoridan
oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, 
ya‘ni, xaqiqatda pul birligi o‘zida ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila 
boshlagan. Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum
davrda namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik)
xarakterga ega bo‘lib xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan
pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi 


bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, 
sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi 
inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi 
qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib 
keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib
qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan 
ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan 
oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab 
chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining 
oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. 
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo‘jaligining turli sohalari o‘rtasida
vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol 
o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi 
muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi 
nomutanosibliklardan iboratdir. 
1960-yillarning boshida inflyatsiya darajasi AQSHda 1-2%ni tashkil etgan. 
Oxirgi yillarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, nobarqarorligi bilan ajralib turadi. 
1960-yilning oxirida inflyatsiya 5%ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki sonli 
ko‘rsatkichga yetdi. 1975-1978 yillarda inflyatsiya darajasi bir muncha sekin 
o‘sgan bo‘lsada, 1979-1980 yillarda 10%dan o‘sib ketdi. 1982 -1990 yillarda 
inflyatsiya darajasi 5%gacha pasaydi.
85
 
Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi
disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki
to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul 
biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish