№9
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
“O’ZBEKISTON TARIXI” kafedrasi
O‘ZBEKISTON TARIXI fanidan
sessiya oralig‘i vazifalari
Тopshiriq №9
TOSHKENT-2019
№9
O‘ZBEKISTON TARIXI fanidan sessiya oralig’i vazifalarini bajarish
yuzasidan metodik tavsiyalar.
“O‘zbekiston tarixi” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i vazifalari varianti jami 5 ta
topshiriqdan iborat. Topshiriqlar 76-96 varoqlik umumiy daftarga qo‘lyozma shaklda
tayyorlanadi.
1-TOPSHIRIQ
bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda
berilgan mavzu rejasida ko‘rsatilgan savollarga yozma tarzda javob beriladi. Har bir
reja to‘liq va batafsil yoritilishi kerak. Mavzuning rejasini yoritish bo‘yicha
qo‘shimcha uslubiy ko‘rsatmalar topshiriq ichida berilgan.
2-TOPSHIRIQ
bo‘yicha berilgan tarixiy tushunchalarga izoh yoziladi. Har bir
tarixiy tushunchaning ta’rifi odatda bitta abzatsda, qisqa va lo‘nda bayon etilishi
maqsadga muvofiq. Masalan:
P
aleolit
(yunoncha “paleos” – qadimgi, “litos” – tosh) – qadimgi tosh davri.
Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr bo’lib 2,5-mln.
Yildan 12-ming yillikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Paleolit davri o’z
navbatida ilk paleolit (2,5-mln. – 100-mingginchi yilliklar), o’rta paleolit (100-40-
ming yilliklar) va so’nggi (yuqori) paleolit (40-12-ming yilliklar) bosqichlariga
bo’linadi.
3-TOPSHIRIQda
Vatanimiz tarixida muhim rol o‘ynagan sulolalarga yozma
javob beriladi. Topshiriqni bajarish jarayonida har bir sulolaning mavjud bo‘lgan davri
, hukmronlik qilgan hududlari, sulola vakillari, poytaxti va shaharlari, ichki va tashqi
siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
4-TOPSHIRIQ
ikki qismdan iborat. Dastlab, O‘zbekiston tarixining ma’lum bir
davri yuzasidan 30 ta test savollariga javob yoziladi. Testning kaliti quyidagi shaklda
beriladi:
№
To‘g‘ri
javob
№
To‘g‘ri
javob
№
To‘g‘ri
javob
1.
A
11.
21.
2.
B
12.
22.
3.
C
13.
23.
4.
D
14.
24.
5.
15.
25.
6.
16.
26.
7.
17.
27.
8.
18.
28.
9.
19.
29.
10.
20.
30.
Topshiriqning ikkinchi qismida berilgan mavzu yuzasidan individual tarzda 30 ta
test savoli tuziladi. Topshiriq baholanayotganda tuzilgan test savollarining
murakkablik darajasi va mantiqiy izchilligiga e’tibor beriladi.
№9
5-TOPSHIRIQ
da Vatanimiz tarixida muhim o‘rin tutgan 5 ta tarixiy shaxs
haqida yozma javob tayyorlanadi.
Mazkur tarixiy shaxslar haqida ma’lumot
yozayotganda ularning yashagan davri, hayot yo‘li (biografiyasi), ijodiy merosi,
Vatanimiz tarixi va qolaversa umuminsoniyat tarixida tutgan o‘rniga batafsil, holisona
baho berish lozim bo‘ladi.
Topshiriqlar bo‘yicha baholar taqsimoti
№
Topshiriqlar
Ajratilgan baho
1.
1-topshiriq (Mavzu konspekti)
5
2.
2-topshiriq
(tarixiy tushunchalar izohi)
5
3.
3-topshiriq (sulolalar haqida ma’lumot)
5
4.
4-topshiriq (Test topshiriqlari)
5
5.
5-topshiriq (tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati
)
5
14-17 – “3” baho
18-21 – “4” baho
22-25 – “5” baho
5 ta topshiriqdan jami 13 va undan past natija qoniqarsiz hisoblanib, yakuniy
nazorat (imtixon)ga qo‘yilmaydi.
1-TOPSHIRIQ.
Quyidagi mavzu va uning rejalariga yozma javob bering
MAVZU: OʻZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN IJTIMOIY
ISLOHOTLAR VA IJTIMOIY BARQARORLIKNING
TA’MINLANISHI.
Reja:
1.
Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi
2.
Oʻzbekistinda ta’lim va soʻgʻliqni saqlash tizimining rivojlanishi
3.
Milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi
Адабиётлар
.
№9
1.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., “Oʻzbekiston”, 2016.
2.
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт
йўли. – Т., “Ўзбекистон”, 1992.
3.
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат
, мафкура. Асарлар, 1-жилд. – Т., “Ўзбекистон”, 1996.
4.
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш
остонасида. – Т., “Ўзбекистон”, 2011.
5.
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги
йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. –Т.,
“Ўзбекистон”, 2015.
6.
Баркамол авлод орзуси. – Т., ЎМЭ, 2000.
7.
Мустақиллик: Изоҳли илмий – оммабоп луғат // Р. Рўзиев ва
Қ. Хоназаров умумий таҳририда. Тўлдирилган учинчи
нашри. – Т., “Шарқ”, 2006.
8.
Ўзбекистон тарихининг муҳим саналари (энг қадимги
даврлардан бугунги кунгача) / Қ. Ражабов [ва бошқ.]; масъул
муҳаррир: Р. Абдуллаев. – Тўлдирилган ва қайта ишланган
бешинчи нашри. – Т., “Oʻzbekiston”, 2012. –Б. 275-439.
9.
Joʻrayеv N. Oʻzbеkistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil
Oʻzbеkiston tarixi. – Toʻldirilgan, qayta nashr. – T., “Gʻafur Gʻulom”,
2009.
1.
Qodirov B., Matyaqubov X. Oʻzbekiston tarixidan mavzular boʻyicha
izohli lugʻat. – T., 2015. –B. 157-168.
10.
www.manaviyat.gov.uz
. - Oʻzbekiston Respublikasi ma’naviyat targʻibot
markazi.
11.
www.natlib.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasi Alisher Navoiy Milliy
kurubxonasi.
12.
www.uza.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi.
13.
www.kamolot.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar harakati.
14.
www.minzdrav.uz
- Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
portali.
1.Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning
mustahkamlanishi.
Rejani yoritishda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan
taraqqiyotning besh tamoyilidan biri – “Oʻtish davrida aholini kuchli ijtimoiy
himoyalash” deb belgilanganligi, Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ijtimoiy
islohotlarning asl maqsadi insonlarga munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratib
berishga qaratilganligini nazarda tutish lozim.
Ana shu maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun aholi daromadlari darajasini
saqlash, k
am ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash, maishiy xizmat, millatlararo
№9
totuvlikni ta’minlanish borasida amalga oshirilgan ishlarni yoritib bering.
Mustaqillik yillarida yillarning nomlanishi (
1997-yil –„Inson manfaatlari yili“,
1998-yil – „Oila yili“, 1999-yil – „Ayollar yili“, 2000-yil – „Sogʻlom avlod yili“,
2001-yil –„Onalar va bolalar yili“, 2002-yil – „Qariyalarni qadrlash yili“, 2003-yil –
„Obod mahalla yili“, 2004-yil – „Mehr va muruvvat yili“, 2005-yil – „Sihat-salomatlik
yili“, 2006-yil – „Homiylar va shifokorlar yili“, 2007-yil – „Ijtimoiy himoya yili“,
2008-yil – „Yoshlar yili“, 2009-yil – „Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili“, 2010-yil
– „Barkamol avlod yili“, 2011-yil – „Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili“, 2012-
yil – „Mustahkam oila yili“, 2013-yil – “Obod turmush yili”, 2014-yil – “Sogʻlom
bola yili”, 2015-yil – “Keksalarni e’zozlash yili”, 2016-yil – “Sogʻlom ona va bola
yili”
) va be
lgilangan soha boʻyicha yil davomida hukumatimiz tomonidan ishlab
chiqilgan ijtimoiy davlat dasturlarining ijrosi samaralarini hayotiy misollarda
koʻrsatib bering.
Oʻzbekistonda nogironlar, yolgʻiz onalar, yetim bolalar, keksalar,
kambagʻallarga davlatimiz alohida e’tibor berayotganligini, bu esa davlatimizning
ijtimoiy negizini, uning barqarorligini ta’minlashda muhim kafolat ekanligini asoslab
bering.
2.Oʻzbekistinda ta’lim va soʻgʻliqni saqlash tizimining rivojlanishi.
Ta’lim barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu boisdan
ham mustaqil Oʻzbekistonda ta’limni muhim va dolzarb soha sifatida
rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi, undan koʻzlangan maqsad, istiqlol
yillarida mazkur xujjatlarning ijrosi borasida amalga oshirilgan ishlarni yoriting.
Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan
„Ulug‘bek“, „Umid“, Respublika bolalar
fondi,
„Kamolot“, „Sogʻlom avlod uchun“, „Iste’dod“ jamg‘armalari, ta’limda xalqaro
hamkorlik masalalariga e’tibor qarating.
Aholi salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish Oʻzbekjstonda amalga oshirilayotgan
kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizda aholi
salomatligini saqlash borasida qaysi tamoil ustuvor qilib belgilab qoʻyilgan?
Ushbu
tamoil asosida mamlakatimiz parlamenti tomonidan sohaga oid qanday qonunlar qabul
qilingan? Mustaqillik yillarida hukumatimiz qarori va buyruqlari asosida
respublikamiz poytaxti va viloyatlarida qanday ishlar amalga oshirildi? Aholi tibbiy
savodxonligi va salomatligini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan meditsina oliy va
oʻrta maxsus oʻquv yirtlari, zamonaviy poliklinika-tibbiyot, farmasevtika
muassasalarining foaliyatini oʻzinggiz yashayotgan hudud misolida holisona
oʻrganing va ularga baho bering.
№9
3.Milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash,
mamlakatning hududiy butunligini saqlash masalalari davlatimizning diqqat markazida
turdi. Xalqaro vaziyat, Ittifoq parchalangandan keyingi muhit, qo‘shni davlatlar
Afg‘oniston va Tojikiston)dagi notinchlik bu boradagi ishlarni kechiktirib
boʻlmasligini taqozo etardi.
1991-yil 6-sentabrda Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tuzilishi, 1992-yil 14-yanvarda
qabul qilingan
„Oʻzbekiston hududida joyiashgan harbiy qismlar va o‘quv
muassasalari to‘g‘risida“
gi Qarori asosida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil
etilishi, 1992-yil 2-iyunda „Mudofaa to‘g‘risida“ Qonunning qabul qilinishi, 1993-
yildan 14-yanvarni – Yatan himoyachilari kuni
deb e’lon qilinishining
mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini yoriting.
Ogohlik – davr talabi. Ushbu soʻzlarning naqadar dolzarb ekanligini bugungi
xalqaro maydonda sodir boʻlayotgan voqealar, ularning taraqqiyot sari ildam
borayotgan davlatimiz, xalqimizga xavfini oʻtgan yillarda mamlakatimizda sodir
etilgan diniy-ekstremistik ruhdagi terroristik harakatlar misolida tushuntirib oʻting.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston davlat mustaqilligining mustahkamlanishi,
Vatan xavfsizligining ta’minlanishi, Oʻzbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi
olib borayotgan qat’iyatli siyosati davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini
yanada oshirganligini asoslab bering.
2-TOPShIRIQ.
Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh bering
Milliy davlat chegaralanishi. Oʻzbekiston SSR. Ateizm, Byurokratiya,
Kompartiya, Jamoalashtirish, Industrlashtirish, Yer-suv islohotlari. «Qoʻshchi»
uyushmasi. Ikkinchi jahon urushi, “Inogʻomovchilik”, Kommunizm, Sotsializm,
Quloqlashtirish, Repressiya, Totalitarizm, “Turgʻunlik yillari”. “Xujum” harakati,
Shovinizm, “Qosimovchilik”, “Qizil imperiya”. Paxta yakkahokimligi. “Orol
muammosi”
3-TOPShIRIQ.
№9
Quyidagi davlatlar haqida ma’lumot bering.
1.Temuriylar davlati
2.Buxoro Xonligi
3.Xiva xonligi
4.Qo‘qon xonligi
5.Turkiston General-gubernatorligi
4-TOPShIRIQ.
Quyidagi TEST larni yeching:
1. Qachon G’arbiy Turk hoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga
ko’chirgan?
A) VII asrda
B) VII asr birinchi choragida
C) VIII asrning birinchi choragida
D) VII asr ikkinchi choragida
2.Ilk o’rta asrlarda aholining mutloqo yersiz qatlamini toping
A) kashovarzlar B) ozodkorlar
C) kadivarlar D) chorikorlar
3.«Pandus» ning ma’nosini tushuntiring.
A) qal’a atrofidagi xandaq ustiga
o’rnatiladigan osma ko’prik
B) qal’aga kiradigan yashirin yer osti yo’li
C) qasrga olib chiqadigan ko’tarma yo’l
D) chig’irning dastlabki shakli
4.III asrda Xorazm davlatining dastlabki
poytaxtini aniqlang.
A) Kat B) Alfir
C) Tuproqqal’a D) Qo’yqirilganqal’a
5.Tuproqqal’a Shahar xarobasi hozirgi paytda qaysi hududda joylashgan?
A) Xorazmning Ellikqal’a tumanida
B) Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumanida
C) Xorazmning Pitnak tumanida
D) Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida
6.Gurumbat kim?
A) xioniylar shohi
B) Afrig’ning valiahdi
C) kidariylar hukmdori
№9
D) Eron sosoniylarining elchisi
7.Xioniylar Sug’dga qachon va kim
boshchiligida bostirib kirgan edi?
A) 351 yili Xion boshchiligida
B) 353 yili Kunxa boshchiligida
C) 353 yili Gurumbat boshchiligida
D) 356 yili Kidar boshchiligida
8.IV asrning oxirgi choragida O’rta Osiyoda
qaysi sulola hukmron edi?
A) afrig’iylar B) eftaliylar
C) xioniylar D) toxarlar
9.Toxarlar kimlarning avlodlari edilar?
A) sosoniylarning B) kushonlarning
C) sug’diylarning D) xorazmliklarning
10.IV asrning 70-yillarida O’rta Osiyoda
qanday jarayon yuz berdi?
A) Sosoniylar istilosi bo’ldi
B) Xioniylar hukmronligi o’rnatildi
C) Afrig’iylar sulolasi hokimiyatga keldi
D) Dehqonlar tabaqasi shakllandi
11.Ilk o’rta asrlarda Sug’d ixshiddlari davlatida
viloyat hukmdorlarining barchasi qaysi
marosimda ishtirok etardi?
A) har yili barcha fuqarolar qatnashadigan
hashar ishlarida
B) har yili bir marotaba o’tkaziladigan sug’d
polvonlari marosimida
C) har yili ajdodlar ruhi xotirasi
ibodatxonasida o’tkaziladigan xotira
marosimida
D) har yili keng miqyosda nishonlanadigan
Navruz bayrami tantanalarida
12.Pero’zning ozod qilinishi evaziga
eftaliylarga garovga berilgan
shahzodani aniqlang.
A) Qubod B) Anushervon
C) Pero’z D) Shopur II
№9
13.Nima sababdan kidariylar O’rta Osiyoni
tark etib, Shimoliy Hindistonga chekinadilar?
A) Bunga ularning eftallar bilan
to’qnashuvi sabab bo’lgan edi
B) Bunga ularning sosoniylardan
yengilishi sabab bo’lgan edi
C) Xioniylar bilan tuzilgan sulh
D) Xitoyning tinimsiz hujumlari
14.V asrning o’rtalarida Balx shahrining
maqomini belgilang.
A) u Kidariylar davlatining poytaxti edi
B) Xioniylar davlatining chegara shahri edi
C) Sosoniylar tasarrufidagi Shahar edi
D) Eftaliylar davlatining poytaxti edi
15.Sug’dda xioniylar hukmronligining
barham topishiga sabab bo’lgan voqeani
aniqlang.
A) Eron sosoniylari bilan bo’lgan to’qnashuv
B) o’zaro ichki kurashlar
C) eftaliylarning hujumi
D) kidariylarning yurishlari
16.«Eftal» etnik atamasi «xetal» shaklida
qaysi manbada ilk bor uchraydi?
A) IV asr xitoy manbalarida
B) V asr arman manbalarida
C) VI asr vizantiya manbalarida
D) V asr eron manbalarida
17.V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning
boshlarida O’rta Osiyo, Eron, Sharqiy
Turkiston va Shimoliy Hindiston
yerlarini birlashtirib, yangi qudratli
davlatga asos solgan sulolani toping.
A) kidariylar B) sosoniylar
C) eftaliylar D) xioniylar
18.Sosoniylar shohi Kubodning hukmronlik
davrini toping.
A) 531-579 y.y. B) 486-533 y.y.
C) 488-531 y.y. D) 488-530 y.y.
19.531-579 yillarda hukmronlik qilgan
№9
sosoniylar shohini aniqlang.
A) Qubod B) Anushervon
C) Pero’z D) Shopur II
20.Eftallar davlatida rivoj topgan
dehqonchilik va bog’dorchilik
markazlarini aniqlang
A) Naxshab va Toshkent
B) Qashqadaryo va Zarafshon vodiylari
C) Tohariston va Sug’d
D) Yettisuv va Sharqiy Turkiston
21.Ilk O’rta asrlarda Toshkent vohasi va
Janubiy Qozog’iston yerlarini suv bilan
ta’minlagan sug’orish tarmoqlarini
aniqlang.
A) Sherobod va Surxon B) Zarafshon va Shohrud
C) Ko’xak va Darg’om D) Zog’ariq va Bo’zsuv
22.Eftallar davrida qaysi hududlarda
alohida-alohida dehqonchilik vohalari
shakllangan?
1) Poykand 2) Chag’oniyon 3) Termiz
4) Vardona 5) Samarqand 6) Buxoro
7) Kesh 8) Naxshab 9) Toshkent
A) 2,5,6,7,8,9 B) 1,3,5,7,8,9
C) 1,4,5,6,7,8 D) 3,4,6,7,8,9
23.Ipak yo’li savdosida eftaliylarning
sosoniy savdogarlar bilan raqobatda
vositachi kimlar bo’lgan?
A) baqtriyaliklar B) parfiyaliklar
C) sug’diylar D) xorazmiylar
24.Eftaliylar xati qaysi yozuv asosida
paydo bo’lgan?
A) Arab yozuvi B) Eron yozuvi
C) Baqtriya yozuvi D) Yunon yozuvi
25.Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyodan Xitoyga
keltirilib, imperatorlar saroyini
bezashda ishlatilgan ashyoni toping.
A) marmar B) olmos
C) rangli shisha D) ganch
№9
26.Quyidagi xalqlardan qaysi biri
eftalitlar davlatini bosib oldi?
A) kushonlar B) toxarlar
C) yuechjilar D) turklar
27.Turk hoqonligi qachon tashkil topgan?
A) 552 yilda B) 555 yilda
C) 557 yilda D) 559 yilda
28.Turkiylarning g’arbga tomon yurishlariga
boshchilik qilgan hoqonni aniqlang.
A) Asanshod B) Bumin
C) Istemi D) Tuu
29.«Yabg’u hoqon» unvoniga sazovor bo’lgan
hukmdorni aniqlang.
A) Asanshod B) Bumin
C) Istemi D) Tuu
30.Qanday tarixiy vaziyat sosoniylarning
eftalitlardan Tohariston va Chag’oniyonni
tortib olishlariga imkon yaratdi?
A) o’zaro qabilaviy urushlar natijasida
eftalitlar davlatining zaiflashuvi
B) Tohariston va Chag’oniyon aholisining
sosoniylar bilan dindosh bo’lganligi
C) turkiylarning eftalitlarga tazyiqi
oqibatida yuzaga kelgan vaziyat
D) Xitoyning sosoniylarga ko’rsatgan
yordami
Quyudagi mavzu bo’yicha 30 ta test savollari tuzing.
MAVZU
: Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot.
5-TOPShIRIQ.
Quyidagi tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot bering.
1.Ismoil Gaspirali
2.Behbudiy
3.Abdulla Avloniy
4.Munavvar Qori
5.Fitrat
№9
Do'stlaringiz bilan baham: |