O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Mexmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi
208-guruh talabasi
XOLMO’MINOV JAMSHIDNINGning
“O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI”
fanidan tayyorlagan
MAVZU: Mehnat bozori va bandlik
Termiz 2020
Reja:
Kirish
1. Bozor tushunchasi, uning funktsiya (vazifa)lari va turlari tasnifi.
2. Mehnat bozori tushunchasi, uning shakllanishi va mehnat bozorini tartibga solish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mehnat bozorida mehnat sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati, mehnat xizmati sotiladi, chunki mehnat kishilarning ma’lum maqsadga yo’naltirilgan faoliyati jarayoni bo’lib, unda ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari qo’shilishi natijasida kishilarning ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan mahsulot yaratiladi va xizmat ko’rsatiladi. Ishchi kuchi esa insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, har bir mehnat jarayonida ishga solinadi.
Mehnat bozori-bozor iqtisodiyotidagi ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy kismi xisoblanadi, jamiyatda mexnat bozori yaxshi faoliyat kursatmas ekan, bozor iqtisodiyoti tizimi xam uzining ijobiy samarasini bermaydi.
Mehnat bozorini shakllantirish va uning faoliyatini rivojlantirish uchun, avvalo, oldi-sotdi munosabatlarini asosini tashkil kiluvchi bozor obyektini chukur anglash lozim.
Mehnat bozorida insonning mexnat kilish layokati tovar shaklida namoyon buladi va yollanma ishlamokchi bulgan kishilar tomonidan taklif kilinadi. Bu layokat insondagi turli kirralarni, kishining ma’naviy va jismoniy rivojlanish darajasi, malakasi, kobiliyati, iktidori, mexnatsevarligi, ruxiy xolati va boshkalarni kamrab oladi. Ish beruvchi xodimning sarf kilgan mexnatga layokati baxosini (ish xakini) tulab boradi.
Mehnat bozori insonning mexnatga layokatini baxolovchi, mexnat layokatini yagona baxosini shakllantiruvchi va kengrok ma’noda, insonning uziga mexnat layokatini tashuvchi sifatida baxo beruvchi yagona bozor shaklidir.
Bozor tushunchasi, uning funktsiya (vazifa)lari va turlari tasnifi.
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Umuman olganda, bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi: 1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o’z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo’yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste’mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste’mol qondiriladi. 2.Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi. Qiymat ish kuchi va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg’i va hokazo) bo’ladi, bozorda sotilgan, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni tovar o’zining pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul shakliga kiradi. 3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi. Korxonalar bozordan o’zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar, xom ashe, yoqilg’i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi) bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste’moli esa ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi. 4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi. 5.Mamlakatlar, xalqlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish funktsiyasi. Bu vazifani davlatlararo yoki jahon bozori bajaradi. Bozor iqtisodiy hamkorlikning kengayib borishini talab qiladi.
Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir. Shunga ko’ra, u xilma-xil turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |