Ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban uni ulg'ayishiga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon — e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir. I.Karimov Amir Temur bobokolonimizning ma'naviy kamoloti haqida so'z ochishdan oldin uning «Temur tuzuklari» da keltirilgan quyudagi fikrlarini aytish joizdir: - Kimki biror sahroni obod qilsa, yoki hovuz qursa, yo biron bog' ko'kartirsa, yohud biror xarob bo'lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yil undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili (oliq-soliq) qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig'ilsin. - Ulamo bilan suhbatda bo'ldim va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpindim. Ularning xizmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini o'tindim.
Do'stlaringiz bilan baham: |