3– laboratoriya ishi



Download 85,18 Kb.
bet1/3
Sana24.11.2022
Hajmi85,18 Kb.
#871935
  1   2   3

3– LABORATORIYA ISHI
MAVZU: MINORALI KRANNI TUZILISHINI OʻRGANISH



Ishning maqsadi: Minorali kranlar tuzilishi, ishlashi, asosiy mexanizmlarning ishlash tartibini oʻrganish.
Ish jihoz va qurollari. Minorali kran laboratoriya modeli, jazval, sekundomer yoki soat.
Ishning bajarishda xavfsizlnk texnikasi.
Quyidagi ishlar oʻqituvchi yoki ma’sul shaxsi ruxsatisiz laboratoriya modelini manba’ga ulash va ishlatish.
Koʻtarish va tushirish mexanizmi va yuk tagida turish. Ishlayotgan mexanizm va detallarga qoʻl tekkazish. Laboratoriya modelini ishchi holatida oʻlchov ishlarini bajarishi.


Nazariy ma’lumot
Minorali kranlar sanoat va shahar qurilishida foydalaniladigan asosiy yuklash-tushirish qurilmasi hisoblanadi. Ular asosiy qurilish materiallari, detal va konstruktsiyalarni yuklash, tushirish, siljitish va oʻrnatishda hamda texnologik materiallarni transportlashda ishlatiladi.
Releda harakatlanuvchi kranlar baza modellarining asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: quloch L (kran burilish qismining aylanish oʻqidan ilgakning markazgacha boʻlgan masofa), yuk koʻtaruvchanlik T (belgilangan quloch uchun moʻljallangan yukning yoʻl qoʻyilgan maksimal massasi), yuk momenti M (yuk koʻtaruvchanlikning tegishli qulochga koʻpaytmasi), ilgakning koʻtarilish balandligi N va tushish chuqurligi h (kran turgan joyning sathidan eng yuqori va eng pastki ish vaziyatida turgan ilgak markazigacha boʻlgam masofa), koleya K (rels oʻqlari orasidagi masofa), baza V (gʻildirak oʻqlari yoki aravachalarining oʻrtasidagi masofa), ketingi gabarit (kran burilish qismining eng katta radiusi), yuk koʻtarish va tushirish tezligi Vkt, yukni qoʻndirish va yerdan uzib olish tezligi Vku, qulochni oʻzgartirish tezligi Vt (yuk aravachasi ishlagan paytda) va koʻtariluvchi strelali kranlardan yukning gorizontal boʻylab harakatlanish tezligi Vg, kran burilish qismining aylanish chastotasi nb kranning umumiy massasi m, ish unumdorligi va boshqalar.
Minorali kranlar yuk momentiga, oʻrnatish usuliga, minorasini turiga va ilgak qulochini oʻzgartirish usuliga qarab turlarga ajratiladi.
Yuk momentiga qarab – Davlat standartiga muvofiq quyidagicha turlarga boʻlinadi: 25, 60,100, 160, 250, 400, 600 va 1000 t.m. Shu guruhlarga mos holda kranlarni belgilanishi KB1, KB2 va hokazo boʻladi.
Oʻrnatish usuliga qarab, minorali kranlar Koʻchma, qoʻgʻalmas (statsionar) va oʻzi koʻtariladigan turlarga boʻlinadi. Bu kranlar Davlat standarti boʻyicha yuk koʻtaruvchanligi: eng katta qulochda 3,2 t dan 16 t gacha, eng yuqori koʻtarish 5,0 t dan 50,0 t gacha boʻladi.
Qoʻllanilayotgan minorasiga Koʻra: minorasi buriladigan va burilmaydigan xillarga boʻlish mumkin.
Ilgak qulochini oʻzgartirish usuliga Koʻra: aravachani strela boʻylab xarakatlantirib, strelani koʻtarib-tushirish yoʻli bilan ilgak qulochini oʻzgartiradigan turlarga boʻlinadi.
Laboratoriyadagi modeli koʻchma, minorasi buriladigan va ilgak qulochini strelani koʻtarib tushirish yoʻli bilan» oʻzgartiradigan minorali kranlar turiga kiradi.
Minorali kran laboratoriya modeli minorasi quvursimon (trubasimon) 14 boʻlib, buriluvchi platforomaga 2 mahkamlab oʻrnatilgan, shuningdek uning asosiy qismlariga harakatlantirish mexanizmi 6, minora 14, strela 12, ilgak osmasi 15, tayanch – burilish qurilmasi 3, ramasi 4 va strela polispasta 1 kiradi.





Download 85,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish