5-sinf test
1. mil. avv. 100-40-ming yilliklarda yashagan odam nima deb atalgan.
a) kramanyon b) neandertal c) sinantrop d) arxantrop
2. qaysi odamlar suyakdan sanchqi yasashni o’rgangan?
a) kramanyon b) neandertal c) sinantrop d) arxantrop
3. Qadimgi Bobil hozirgi qaysi davlat hududida bo’lgan?
a) Afina b) Turkiya c) Iroq d) Suriya
4. Yevropada dars mashg’ulotlarini jadval asosida tashkil etish dastlab nechanchi asrdan boshlangan?
a) XVII asrdan b) XVI asrdan c) XVIII asrdan d) XV asrdan
5. “Jaloliddin Manguberdi” ordeni qachon ta’sis etildi?
a) 1999-yil b) 2000-yil c) 1998-yil d) 2001-yil
6. 2009-yilda “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlangan shahar?
a) Samarqand b) Buxoro c) Toshkent d) Qarshi
7. ………….- o’z umrini yashab bo’lgan, eskirgan diniy qoidalarni saqlab qolish uchun kurashmoqdir.
a) ekstremizm b) diniy aqidaparastlik c) terrorizm d) to’g’ri javob yo’q
8. Mixxat yozuvini kimlar kashf etgan?
a) shumerlar b) misrliklar c) finikiyaliklar d) mayyalar
9. Mil. avv. 753-yilda asos solingan davlat?
a) Sparta b) Ossuriya c) Rim d) Bobil
10. Hozirgi Livan va Suriya davlatlari hududining bir qismida mavjud bo’lgan qadimgi davlat?
a) Ossuriya b) Misr c) Finikiya d) Bobil
11. “Shayx ur-rais” deb ulug’langan buyuk allomamiz?
a) Farg’omiy b) Beruniy c) Xorazmiy d) Ibn Sino
12. Ichan qal’a majmuasi nechanchi yilda muzeyga aylantirildi?
a) 1961-yil b) 1990-yil c) 1962-yl d) 1991-yil
13. Xalqaro bolalar tashkiloti hisoblangan YUNISEFga hozirda nechta davlat a’zo?
a) 198 ta b) 130 ta c) 140 dan ortiq d) 198 tadan ortiq
14. 1997-yilda Respublikamizda qanday jamg’arma tuzildi?
a) Umid b) Navoiy c) Beruniy d) Iste’dod
15. Mil. avv. III asrda Rodos shahrida bunyod etilgan yetti mo’jizaning biri?
a) Artemida ibodatxonasi b) Gelios haykali c) Galikarnas maqbarasi d) Semiramida osma bog’lari
16. Arxeologlar qaysi shahardan shohlar saroyi xonalaridan birida boshiga toj kiygan va qo’lida burgut ushlagan podsho haykalini topganlar?
a) Ko’zaliqirdan b) Afrosiyobdan c) Baqtriyadan d) Tuproqqal’adan
17. Morze alifbosiga ko’ra tire va uch nuqta qaysi harfni ifodalagan?
a) B harfini b) A harfini c) V harfini d) to’g’ri javob yo’q
18. 865-yilda Misrda vafot etgan buyuk allomamiz nomi to’gri ko’rsatilgan qatorni toping?
a) al-Farg’oniy b) al-Xorazmiy c) Ibn Sino d) Beruniy
19.2000-yilda qaysi bobomiz sharafiga Belgiya davlatida haykal qo’yilgan?
a) al-Farg’oniy b) al-Xorazmiy c) Ibn Sino d) Beruniy
20. Qarshi shahri nechanchi asrdan boshlab Qarshi deb atala boshlagan?
a) XV asrdan b) IX asrdan c) XII asrdan d) XIV asrdan
21. I jahon urushiga AQSh nechanchi yildan qo’shilgan?
a) 1914 yildan b) 1917-yildan c) 1915-yildan d) 1916-yildan
22. Zardushtiylik dininig muqaddas kitobi “Avesto”ning 2700 yilligi yurtimizda nechanchi yilda nishonlandi?
a) 1999-yilda b) 2000-yilda c) 1998-yilda d) 2001-yilda
23. Kolizey teatri qaysi shaharda qurilgan?
a) Afinada b) Misrda c) Rimda d) Spartada
24. Tarixchi Gerodotning yozishicha, Semiramida osma bog’i nechanchi asrda bunyod etilgan?
a) mil. avv. VIII asrda b) mil.avv. VII asrda c) mil. avv. VI asrda d) mil. avv. V asrda
25. 353-yilda vafot etgan hukmdor Mavsol xotirasi sharafiga bunyod etilgan inshoat?
a) Artemida ibodatxonasi b) Gelios haykali c) Galikarnas maqbarasi d) Semiramida osma bog’lari
26. “Olam cheksizdir. Olam son-sanoqsiz yulduzlardan iborat. Ularning har biri yerdan ancha uzoqda joylashgan Quyoshdir”-deb fikr bildirgan olim?
a) Galileo Galiley b) Jardano Bruno c) Nikolay Kopernik d) M. Ulug’bek
27. 2000-yilda Toshkentda qaysi yodgorlik majmui bunyod etildi?
a) “Shahidlar xotirasi” b) “Qatag’on qurbonlari xotirasi” c) “Motamsaro ona” d) “Ezgulik manumenti”
28. Jaloliddin Manguberdi mo’g’ullarga qarshi qaysi jangda barcha lashkarini otlaridan tushirib dushmanni kamondan o’qqa tutish va keyin yalpi hujumga o’tish usulini qo’lladi?
a) Valiyon jangida b) Sind jangida c) Xorazm uchun bo’lgan jangda d) Parvon jangida
29. Pyotr I 1717-yilda qaysi xonlikka 10 mingdan ortiq harbiylar va turli mutaxassislardan iborat ekspeditsiyani yubordi?
a) Qo’qon xonligiga b) Buxoro xonligiga c) Xiva xonligiga d) Toshkent bekligiga
30. II jahon urushida qancha odam ishtirok etgan?
a) 150 mlndan ortiq b) 60 mlndan ortiq c) 30 mlndan ortiq d) 90 mlndan ortiq
31. Cherkov ruhoniylari ta’qibiga uchragan olim kim edi?
a) Galileo Galiley b) Jardano Bruno c) Nikolay Kopernik d) M. Ulug’bek
32. “Osmon jismlarining aylanishi haqida” kitobi muallifi?
a) Galileo Galiley b) Jardano Bruno c) Nikolay Kopernik d) M. Ulug’bek
33. qoyadan ishlangan sfinkslarning balandligi qancha bo’lgan?
a) 12 metr b) 20 metr c) 16 metr d) 22 metr
34. Bobil Ossuriya davlatini nechanchi yilda tor-mor etdi?
a) mil. avv. 612-yilda b) mil.avv. 759-yilda c) mil.avv. 753-yilda d) mil.avv. 615-yilda
35. Bilim va donolik ma’budasi?
a) Artemida b) Afina c) Anaxita d) Afrodita
36. Biror xabarni uzoq masofaga yetkazishda qo’llanilgan yozuv turi?
a) Buyumli yozuv b) Rasmli yozuv c) So’z yozuvi d) Eslatuvchi belgilar
37. Buyuk Ipak yo’li nechanchi asrda ochilgan?
a) mil.avv. I asrda b) mil.avv. II asrda c) mil.avv. III asrda d) milodiy I asrda
38. “La’l yo’li” qayerdan boshlangan?
a) Pomir tog’idan b) O’rta yer dengizidan c) Xitoydan d) Sian shahridan
39. BMT bosh kotibi nechanchi yilda Orolbo’yiga tashrif buyurdi?
a) 2000-yilda b) 2005-yilda c) 2008-yilda d) 2010-yilda
40. O’zbekiston g’alla mustaqilligiga nechanchi yilda erishdi?
a) 2000-yilda b) 2003-yilda c) 1995-yilda d) 1998-yilda
41. O’zbekiston hududida ilk davlatlar qachon vujudga keldi?
a) mil.avv V asrda b) mil.avv IX asrda c) mil.avv. VII asrda d) mil.avv. VI asrda
42. Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi, Quyosh va Oy tutilishi vaqtini oldindan hisoblab chiqqan xalq?
a) Inklar b) Misrliklar c) Mayyalar d) Kritliklar
43. Iplardan mato to’quvchi texnikani kim kashf etdi?
a) Edmund Kartrayt b) Jon Key c) Jeyms Uatt d) Robert Fulton
44. Manchester va Liverpul shaharlari orasidagi temir yo’l nechanchi yil qurildi?
a) 1825-yil b) 1807-yil c) 1829-yil d) 1885-yil
45. I jahon urushida qancha odam qatnashgan?
a) 150 mlndan ortiq b) 60 mlndan ortiq c) 30 mlndan ortiq d) 90 mlndan ortiq
46. Aka-uka Krill va Mifodiylar qaysi alifbo asosida krill alifbosini yaratgan?
a) yunon alifbosi b) finikiya alifbosi c) slavyan alifbosi d) arab alifbosi
47. Gelios haykalining balandligi qancha bo’lgan?
a) 35 metr b) 7 metr c) 12 metr d) 77 metr
48. Hosildorlik, ov va Oy ma’budasi?
a) Artemida b) Afina c) Anaxita d) Afrodita
49. Mil.avv. 40-12 ming yilliklar oralig’ida yashagan odam suyaklari qoldiqlari qaysi davlat hududidan topilgan?
a) Germaniyadan b) Indoneziyadan c) Fransiyadan d) Xitoydan
50. “Uzoqdan ko’rinib turuvchi shahar” ma’nosini anglatuvchi shahar nomi?
a) Choch b) Naxshab c) Binkat d) Qarshi