Hokimiyatning bo’linishi – demokratik huquqiy davlating zaruriy shartidir.Bu prinsipning qo’llanilishi hokimayatning suiste’mol qilinishiga to’siq qo’yadi,fuqarolarning mansabdor shaxslarning tazyiqidan himoya qiladi,davlat idoralari faoliyatining samarali bo’lishiga shart-sharoit yaratadi.Hokimiyatning taqsimlanishi nazariyasining yaratilishi XVII-XVIII asrdagi borjua inqilobilari davriga to’g’ri keladi.Davlat organlari faoliyatining(vakolatlari) chegaralanishi,g’oyasi antik davr donishmadlari:Platon,Aristotil,p Polibey,Likurdan va boshqalar va boshqalar tomonidan ifoda etilgan.Hokimiyatning taqsimlanish nazariyasi ,,klasski’’ shaklining an’anaviy asoschilari J.Lokk va Shart Lui Montekiskyolardir.Hokimiyatning qonun chiqaruvchi,ijro etuvchi va federal turlarga bo’linishi.Lokkning fikricha inson huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biridir.Bunda ,,barcha qonun chiqaruvchi hokimiyatga itoat etadi ,chunki u qonunlarni o’rnata oladidigan eng oliy idoradir’’.Lokk sud hokimiyatini alohida etirof etmagan chunki sababi uni ijroiy hokimiyatning tarkibiy qismi deb hisoblagan.Buyuk oxiri tarixchi va faylasuf Sharl Monteskoy ,, hokimiyatning taqsimlanishi’’deb nomlangan bir butun tugal ta’minoti yaratgan .Uning xulosasiga ko’ra adolatli ko’rilgan davlatda hokimiyat yagana emas, balki aksincha,bir-biriga tobe bo’lmagan 3ta hokimiyat- qonun chiqaruvchi ,ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’lish shart.
O’z o’tmishdoshlar singari Monteskyo ham boshqaruvning samarali bo’lishi uchun davlat faoliyati sahasiga odilona ,,mehnat taqsimoti’’ zarur deb takidlagan. U 3 ta hokimiyatning har biri o’z faoliyatining xususiyatiga muvofiq, alohida mustaqil organ tomonidan amalga oshirgani maqul degan.
Bu o’rinda hokimiyatlar mustaqilligi va ularni amalga oshiruvchi organlarning mustaqilligi, bir-birining faoliyatiga aralashmasligi o’ta muhimdir . Monteskiyo ta’limoti alohida o’rin tutadigan g’oya – hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning “o’zaro bir-birini turish va qarama-qarshi ta’sir etish sistemasi” haqidagi g’oyadir. Masalan: qonun doirasida ishlashi lozim bo’lgan ijro etuvchi hokimiyat, ayni paytda qonun chiqaruvchi kengashining faolligini chegaralab turishi talab etiladi, aks holda parlament o’zining mutlaq hokimiyatini o’rganishi mumkin. Shu sababli ham ijro hokimiyatining boshlig’I qonunlarni imzolashda “VETO” (ya’ni vaqtincha rad etish) huquqidan foydalanadi, qonunchilik tashabbusiga erga bo’ladi.
O’z navbatida qonun chiqaruvchi organ qonunlarning ijro etuvchi idora tomonidan qanday bajarishayotganini nazorat qilish vakolatlariga ega, hukumat esa parlamentga hisob berishga majbur. Hokimiyatlarning uzviy aloqadorligini tan olish bilan birga, Lokk qonun chiqaruvchi hokimiyat ijro etuvchi hokimiyatdan ustun turishnu ta’kidlaydi. Monteskiyo esa ularning to’la tengligi, mustaqilligi hatto, alohidaligini yoqlab chiqadi. Bundan hokimiyatlar mutloqo cheklanmagan degan ma’no kelib chiqmaydi. Aksincha hech bir hokimiyat idorasi boshqasining vakolatlari doirasiga aralashmaydi. Har bir hokimiyat o’z himoyasi nuqtai nazaridan o’zgasini nazorat qiladi, cheklab turadi, vakolatlaridan chetga chiqishga yo’l qo’ymaydi. Buni ta’minlashning vsitalari, (mexanizmi) vujudga keltiriladi. Monteskyoning sxemasi “3 hokimiyat” orasida biring ustun bo’lishini inkor etadi. Keyinchalik Monteskyoning qarashlari burjuaziyaning mafkurachilari tomonidan tanqidga uchradi. Xususan, buyuk oxiri olimi J.J.Russo ajralmas, yagona va bo’linmas, “ Xalq suvereniteti” pozitsiyasida turib MOnteskyoning taqsimlanishi nazariyasini tanqid qiladi. Russo siyosiy dasturining asosida davlat hayotini “aql hukmronligi” va Xalq suverenitetini ta’minlovchi “ijtimoiy shartnoma” vositasi bilan demokratiya tashkil etish yotadi. Russo davlat funksiyalari taqsimlanishini tan olgan. Unng fikricha, qonun chiqaruvchi hokimiyat – suveren xalq idorasi bo’lganligi sababli u (qonun chiqaruvchgii) barchaga ta’lluqli hisoblangan umumiya harakterdagi masalalarni tartibga solishi mumkn. Ijroiya hokimiyat suveren xalq qarori bilan o’rnatilganligi bois u xalqning ishonchli tayanchi va xizmatkori sifatida maydonga chiqadi. Barcha davlat organlarining tengligiga oliy qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalqning o’zi bevosita majlislarda amalga oshiradi. Bu ikki yondashuv elementar birlashtirish birinchi marta AQSHning 1787-yildagi Konstitutsiyasida o’zining qonuniy ifodasini topgan. Konstitutsiya mualliflari “biz qo’shma shtatlarning xalqi” degan so’zlar uning suverenitetini bayon etgan.
Davlat organlari (Kongress,Prezident va unga itoat qiluvchi ministirlar,sudlar)ning vakolatlarini bo’lib berish orqali esa “tiyib turish vaqarshi ta’sir etish sistemasi” bilan to’ldirilgan hokimiyatlar taqsimlanishi joriy qilgan.AQSH Konstitutsiyasiga binoan,qonun chiqaruvchi hokimiyat Vakilar palatasi va Senatdan iborat Kongressga tegishli.Ijro etuvchi hokimiyat saylashga vakil qilingan kishilar tomonidan saylanadi.Prezident bir vaqtning o’zida ham davlat boshlig’I ,ham hukumat boshlig’I hisoblanadi.U qonunlarga itoat etishi shart,ammo kongressga hisobot bermaydi. AQSHning Oliy sudi nafaqat odil sudlovni amalga oshirish vakolatlariga,balki konstitutsiyaviy nazorat huquqiga ham ega.Oliy sud Prezident va Kongress aktlarini yuridik kuchga ega emas deb topish imkoniyatiga ega.Jiddiy siyosiy inqirozlar davrida esa AQSH Oliy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasida arbitrlik rolini bajaradi.
Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi – davlat tuzilmalarning samarali faoliyat qilmay,umuman qonunchilik ta’minlanishining garovidir.Biroq hokimiyatlar taqsimlanishini mutloqlashtirish kerak emas,chunki hokimiyatlarni o’zaro qovushtirish,ular faoliyatini uyg’unlashtirish lozim bo’ladi.Buning uchun hokimiyatlarning mavqeyini konstitutsiyaviy belgilash,chegaralash talab qilinadi.
Hokimiyatning uchala shaxobchasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar.Ularni boshqa hech bir davlat organi hokimiyatga da’vogarlik qilolmaydi.Bizning mamlakatimizga kelsak,O’zbekiston huquqiy davlatchilikka o’z yo’li bilan boradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb yozadi “Barqaror bozor iqtisodiyoti ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchkli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish provard maqsad bo’lib qolishi kerak. … Siyosiy sohadagi muhim vazifalardan biri – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish yo’li asosida Milliy davlat ahillikni barpo etishdi”
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida (1992-yilgi) hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi o’z qonuniy ifodasini topgan. Bu Konstitutsiyaning 11-moddasida ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |