Hisoblash texnikasi
Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish
masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui;
texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan
shugʻullanadigan tarmogʻi. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq
hisoblari va boshqa yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni
mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash
masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik
lineyka, B.Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga oʻxshash hisoblash qurilmalari 17-
asrdayoqmaʼlum edi. 18— 19-asrlardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki
boʻldi. 1833-yilda ingliz olimi Ch.Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan
katta arifmometr — "analitik mashina" loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100 yil dan
keyingina muhanlislar diqqatini oʻziga jalb qildi. 1944-yil AK,Sh da elektromagnit releda
ishlaydigan "MARK-1" dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. 20-
asr 40-yillarida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi
taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib
borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. 1950-yilda Ukraina Fanlar
akademiyasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM "MESM" (kichik elektron
hisoblash mashinasi) qurildi. 1953-yilda S.A.Lebedev rahbarligida Aniq mexanika va hisoblash
texnikasi intida "BESM" (tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Elektron
texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasi ning tez takomilla-shishiga sabab boʻldi.
Dastlabki EHM lari lampali boʻlgan, keyinchalik ular yarimoʻtkazgichlardan tayyorlana boshladi.
Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi (qarang
Kiber-netika
).
Axborotlarni qayta ishlash tizimlarida, kemalar, samolyotlar, kosmik obʼyektlar va boshqalarning
koordinatlarini tez va aniq belgilashda, kutubxonalardagi jarayonlarni va bibliografik ishlarni
mexanizatsiyalashda, bank, omonat kassalar va boshqa moliya muassasalarining ishlarni
markazlashtirishda Hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda Hisoblash texnikasiga doir ilmiy tadqiqot ishlari Kibernetika instituti,
Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent texnika universitetida olib boriladi.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Hisobl
ash_texnikasi&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Hisoblash_texnikasi&oldid=2
841476
" dan olindi
Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |