KINEMATIKA
1. Havo shari Yerga nisbatan qandaydir balandlikka ko’tarildi va shamol havo sharini 600 m masofaga gorizontal ravishda uchirib ketdi. Agar havo sharining ko’chishi 1 km bo’lsa, havo shari qanday balandlikka ko’tarilgan (m)? harakat to’g’ri chiziqli deb hisoblansin.
A) 600. B) 800. C) 1400. D) 1000. E) 1600.
2. Koptok 3m balandlikdan tashlandi va yerga tushib qaytayotganda 70sm balandlikda ushlab olindi. Koptokning yo’li va ko’chishini toping?
A)3,07m;2,03m B)3m;70sm C) 3,7m; 0,7m D) 3m; 2,3m. E) 3,7m; 2,3m.
3. Uzunligi 120m bo’lgan poyezd unga parallel ravishda 9km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan velosipedchini 6s da quvib o’tgan bo’lsa, poyezd qanday tezlik (m/s) bilan harakatlangan.
A) 20. B) 22. C) 25. D) 22,5. E) 24.
4. Moddiy nuqtalarning harakat tenglamalari x1=0,6+4t va x2=0,5+0,4t bo’lsa, ular vaqtning qanday momentida uchrashadilar.
A)4. B) 5. C) 6. D) 9. E) ular uchrashmaydi.
5. Toshkentdan Samarqandga 63 km/soat tezlik va 10 min interval bilan ikki poyezd yo’lga chiqdi. Ularga qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan poyezd bu poyezdlarni 5min farq bilan uchratgan bo’lsa, qarama-qarshi harakatlanayotgan poyezd tezligi (m/s) qanday bo’lgan?
A) 18,5. B) 16. C) 16,5. D) 17,5. E) 18.
6. Jism bir vaqtda ikki tekis harakatda ishtirok etmoqda. Har bir harakat tezligi 3m/s. harakat tezlik vektorlari orasidagi burchak 600 ga teng bo’lsa, jismning natijaviy tezligi (m/s) qanday?
A) 3√3. B) 6. C) 1,5. D) 3. E) 0.
7. Harakat tezligining ikki tashkil etuvchisi orasidagi burchak 450, qiymati esa 4 va 6 m/s ga teng. Bu harakatning natijaviy tezligi (m/s) qanday?
A)7,7. B) 9,3. C) 8,7. D) 12,8. E) 14.
8. Metro eskalatori odamni 45s da yuqoriga olib chiqadi. Agar askalator va odam bir vaqtda harakatlansa, 15s da yuqoriga ko’tariladi. Harakatsiz eskalatorda odam qancha vaqtda ko’tariladi?
A) 30. B) 22,5. C) 60. D) 15,5. E) 25.
9. Jismning harakat tenglamasi S=30t-0,2t2 (m) ko’rinishga ega. Jism vaqtning qanday momentida (s) to’xtaydi?
A) 6. B) 30. C)50. D) 60. E) 75.
10. Rasmda ko’rsatilgan grafikdan foydalanib, 4 s dagi ko’chishlar farqini toping (m).
A) 20. B) 30. C) 40. D) 60. E) 80.
11. Birinchi yo’ldan 360 m uzunlikdagi
yuk poyezdi 54 km/soat tezlik bilan, ikkinchi yo’ldan shu yo’nalishda 140m uzunlikdagi 90 km/soat tezlikda yo’lovchi poyezdi harakatlanmoqda. Necha ssekunddan so’ng ikkinchi poyezd birinchi poyezdni quvib o’tadi?
A) 50. B) 22. C) 15. D) 12,5. E)10.
12. Liftning tezlik grafigidan foydalanib, ko’tarilish balandligini toping (m)?
A) 70. B) 56. C) 60. D) 64. E) 68.
13. Mashina dovonga ko’tarilishda 15 m/s tezlik bilan tushishda esa 20 m/s tezlik bilan harakat qildi. Agar tushish masofasi
ko’tarilishga qaraganda 2 marta uzun bo’lsa, mashinaning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini (m/s) toping?
A) 15. B) 16. C) 17,5. D) 18. E) 20.
14. Yo’lning vaqtga bog’lanish grafigidan A nuqtaga o’tkazilgan urinma ko’rsatilgan. Agar tgα=3 bo’lsa, A nuqtadagi jismning tezligini (m/s) toping.
A) 1/3. B) 2√2. C) 3. D) 4. E) 9.
15. Avtomobil yo’lning 1/3 qismini υ1 tezlik
bilan, qolgan qismini υ2=50 km/soat tezlik bilan o’tdi. Agar avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha
tezligi υo’rt=37.5 km/soat bo’lsa, υ1 tezlik (km/soat) qanday bo’lgan?
A) 7,5. B) 30. C) 20. D) 27. E) 25.
16. G’ildirak ishqalanishsiz 2 m/s tezlik bilan aylanmoqda. G’ildirakning A, B va C nuqtalarining yo’lga nisbatan tezliklari (m/s) qanday?
17. Jism boshlang’ich tezliksiz harakat qilib, birinchi sekundda 3 m yo’l bosib o’tdi. Jismning ikkinchi sekundda qanday masofani bosib o’tishini (m) aniqlang?
A) 3. B) 6. C) 18. D) 12. E) 9
18. Moddiy nuqta tezligining o’zgarish tenglamasi υ=4t (m/s) ko’rinishga ega. U harakatning beshinchi sekundida qanday masofani (m) bosib o’tadi?
A) 32. B) 4. C) 16. D) 18. E) 50.
19. Erkin tushayotgan jism n – sekundda qanday masofani bosib o’tadi? g = 10 m/s2.
A) 10n-1. B) 5(2n-1). C) 5(n-1). D) 5n-1. E) 10(2n-1).
20. Jism, qandaydir balandlikdan erkin tushmoqda, balandlikning 1/4 qismi oxiridagi tezligi υ ga teng bo’lsa, yo’lning oxiridagi jism tezligi qanday bo’ladi?
A) 8υ. B) 4υ. C) 3υ. D) 2υ. E) 1,5υ.
21. Jism 35 m balandlikdan erkin tushmoqda. Qanday balandlikda (m) uning tezligi 20 m/s ga teng bo’ladi?
A) 20. B) 25. C) 15. D) 10. E) 5.
22. 500 m balandlikda uchayotgan samolyotdan tashlangan jism, otilish nuqtasidan 1000 m uzoqlikka borib tushgan bo’lsa, samolyotning tezligi qanday bo’lgan?
A) 120. B) 100. C) 150. D) 200. E) 250.
23. Vintovkadan o’q gorizontga 300 burchak ostida, 600 m/s boshlang’ich tezlik bilan otildi. O’qning harakat boshlagandan 40 s dan so’ng tezligi (m/s) qanday bo’lgan? Havoning qarshiligini xisobga olmang. g =10 m/s2.
A) 530. B) 553. C) 588. D) 600. E) 610.
24. Jism, gorizontga nisbatan 600 burchak ostida harakatlanib, 300 m balandlikka ko’tarildi. Jismning harakatidagi gorizontal ko’chishi (m) qanday bo’lgan?
A) 70. B) 140. C) 173. D) 280. E) 346.
25. Gorizontga burchak ostida otilgan jism 10 s uchgan bo’lsa, uning maksimal ko’tarilish balandligini (m) toping?
A) 100. B) 225. C) 125. D) 500. E) 400.
26. 80 m balandlikdan 15 m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligini (m) toping.
A) 80. B) 40. C)45. D) 60. E) 30.
27. Jism 4 m balandlikdan gorizontal otildi. Agar uning uchish uzoqligi 4 m bo’lsa, yerga urilishdagi tezligini (m/s) toping.
A) 10. B) 8. C) 4. D) 15. E) 20.
28. Radiusi 2 m bo’lgan aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan moddiy nuqta 3,14 s ichida aylananing yarmini bosib o’tgan bo’lsa, moddiy nuqtaning chiziqli tezligini (m/s) toping.
A) 2. B) 3,14. C) 4. D) 6. E) 6,28.
29. Jism tinch xolatdan boshlab a tezlanish bilan t vaqt, keyin harakatini 2a tezlanish bilan 2t vaqt davomida, so’ngra t vaqt a tezlanish bilan harakat qilgan bo’lsa, jismning harakati davomidagi o’rtacha tezligi qanday bo’lgan?
A) 2at. B) 1,5at. C) 3,5at. D) 3at. E) 2,5at.
30. Nyutonning ikkinchi qonuni ifodasini ko`rsating.
A) F=ma B)F=kx C)F=mg D) F= E) F=BIL
1.B 11.A 21.C
2.E 12.D 22.B
3.D 13.D 23.A
4.E 14.C 24.C
5.D 15.E 25.B
6.A 16.B 26.D
7.B 17.E 27.A
8.B 18.D 28.A
9.E 19.B 29.В
10.A 20.D 30.A
Do'stlaringiz bilan baham: |