Hayot faoliyati xavfsizligidan 8-seminar mashĝuloti
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar:
1. Kuchlanish ostida bolgan otkazgichlarni qol etmaydigan qilib bajarish;
2. Elektr tarmoqlari otkazgichlarini ayrim joylashtirish;
3. Elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bolishiga qarshi chora-tadbirlarni belgilash:
a) kam kuchlanishga ega bolgan elektr manbalaridan foydalanish;
b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan taminlash;
v) potensiallarini tenglashtirish;
g) yerga ulab muhofazalash;
d) nol simiga ulab muhofazalash;
e) muhofaza ochirish qurilmalaridan foydalanish;
4. Maxsus elektr muhofazalash sistemalaridan foydalanish;
5. Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora- tadbirlarini qollash.
Kuchlanish ostida bolgan elektr otkazgichlarini qol etmaydigan qilib bajarishda tok otkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan taminlash, ularni boy etmaydigan balandliklarga ornatish, shuningdek, otkazgichlarni tosiq vositalari bilan taminlash kiradi.
Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirishda - elektr tarmoqlarini ozaro transformator yordamida tarmoqlarga bolib yuborish tushuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza izolyasiyasi qarshiligiga ega boladi, shuning bilan otkazgichlarining erga nisbatan sigimi kichkina bolganligidan xavfsizlikni taminlashda muhim rol oynaydi.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi va uning turlari
Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bolishi xavfi bolsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qatiy nazar, uning korpusini yerga ulab qoyiladi va bu elektr qurilmalarini yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.
Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bolsa uni yerga otkazib yuborishdan iborat.
Elektr qurilmalarni yerga ulab muhofaza qilishning asosiy hususiyati, qurilma korpusiga otib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bolmasligini taminlashdan iborat.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, yerga qoqilgan va elektr tokini yerga otkazib yuborish uchun moljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall otkazgich tushuniladi. Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil boladi: bir joyga yigilgan va kontur boyicha joylashtirilgan.
Nolga ulab muhofaza qilish
Elektr qurilmalarining tok otmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qoyish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.
Muhofazalovchi nol simi elektr manbai galtagining neytral qismlarini mustahkam erga ulash bilan boshlanib uch faza bilan birlikda tortinchi nol sim tariqasida butun tarmoq boylab tortib boriladi va iloji boricha koproq (malum masofalarda) yerga ulab boriladi.
Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi yerga ulab muhofaza qilishniki bilan bir xil, yani elektr asbobi korpusiga otib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash prinsipini korpusga otib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa tutashuv hosil qilish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi. Buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun ornatilgan saqlovchi-eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni ochirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini uzib qoyiladi. Bunday vazifani bajaruvchi, saqlovchi-eruvchi qurilmalar yoki avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining malum miqdorda oshishiga moljallab ornatib qoyiladi.
Saqlovchi qurilmalar yordamida korpusiga tok otkazib yuborayotgan (buzilgan) elektr qurilmasini saqlovchi-eruvchi qurilmalar ornatilganda ochirish 5-7 s, avtomatlar yordamida esa 1-2 s davomida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari nolga ulangan qismlar erga qoyilgan bolganligi sababli saqlovchi-eruvchi qurilmalar elektr qurilmasini ochirguniga qadar ularni erga ulab muhofaza qilish sistemasi sifatida kishilarni elektr toki xavfidan saqlab turadi.
Boshqacha aytganda, nolga ulangan elektr sistemasida erga ulanganligi sababli kuchlanish xavfsiz darajaga tushib qolgan boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |