Qidir
Harbiy unvonlar
Harbiy unvonlar
—
qurolli kuchlarning
har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli
shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, oʻtagan xizmati muddati, qaysi
qoʻshin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, koʻrsatgan xizmatlariga koʻra
beriladigan unvon. Harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlaridagi mavqelarini
belgilaydi.
[1]
Oʻzbekiston Respublikasi
"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"
qonuni va
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2000
-yil 16-maydagi
"Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlar shtat tuzilishini takomillashtirish haqida"
gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi
unvonlar tabaqalanishi tasdiqlangan.
[2]
Yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega boʻlgan harbiy xizmatchi va
harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishli „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ soʻzlari
qoʻshiladi.
Ofitserlar Harbiy unvonida mavjud boʻlgan „kichik leytenant“, shartnoma-kontrakt asosida
xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarda mavjud boʻlgan „praporshchik“ unvonlari bekor qilindi.
„Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“gi qonunda harbiy unvonlar koʻrsatilgan
boʻlib, ushbu qonunning 9-moddasiga koʻra, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar
oddiy
askarlar
,
serjantlar
va
ofitserlar
tarkibiga boʻlinadi.
Ofitserlar tarkibi
kichik ofitserlar
,
katta ofitserlar
va
generallar
tarkibiga boʻlinadi.
Oʻzbekistonda harbiy unvonlar
Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli
Kuchlardagi harbiy unvonlar qoʻshin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi.
Qurolli Kuchlarda quyidagi
harbiy unvonlar joriy etiladi:
Qoʻshin unvonlari Kema tarkibidagi unvonlar
I. ODDIY ASKARLAR TARKIBI
Oddiy askar
Matros
II. SERJANTLAR TARKIBI
Kichik serjant
2-darajadagi starshina
Serjant
1- darajadagi starshina
Katta serjant
Bosh starshina
III. OFITSERLAR TARKIB
I
KICHIK OFITSERLAR TARKIBI
Leytenant
bosh starshina
Katta leytenant
Kema bosh starshinasi
Kapitan
Michman
—
Bosh Michman
KATTA OFITSERLAR TARKIBI
Mayor
3-darajadagi kapitan
Podpolkovnik
2-darajadagi kapitan
Polkovnik
1- darajadagi kapitan
GENERALLAR TARKIBI
General-mayor
General-leytenant
General-polkovnik
Armiya generali
Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali boʻlib, bu unvon (urush davrida) Oʻzbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoniga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi
mudofaa vaziriga beriladi.
Harbiy sohaning yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi ixtisosligiga ega boʻlgan harbiy xizmatchi va
harbiy xizmatga majbur fuqaroning harbiy unvoniga tegishlicha „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“
soʻzlari qoʻshiladi.
Rezervdagi, zaxiradagi yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishlicha „rezervdagi“,
„zaxiradagi“ yoki „isteʼfodagi“ degan soʻzlar qoʻshiladi.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek, harbiy unvonini pasaytirish
hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiisteʼmol qilganlik, zimmasiga qonunlar va
harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda
bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
Oliy Bosh
qoʻmondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy
unvondan ular ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan
mahrum qilish mumkin.
1.
Oʻzbekiston Pespublikasining orden va medallari.Harbiy unvonlar va farqlash belgilari. (https://we
b.archive.org/web/20130928041153/http://eduportal.uz/ebooks/kasbhunar/chyot/70.html)
,
archived from
the original (http://eduportal.uz/ebooks/kasbhunar/chyot/70.html)
on 2013-09-
28,
https://web.archive.org/web/20130928041153/http://eduportal.uz/ebooks/kasbhunar/chyot/70
.html
, qaraldi: 2013-09-26
2.
Harbiy unvonlar haqida qayerdan maʼlumot topsam boʻladi? (https://web.archive.org/web/201309
27134759/http://www.tashabbus.uz/harbiy-unvonlar-haqida-qayerdan-malumot-topsam-
boladi/)
, archived from
the original (http://www.tashabbus.uz/harbiy-unvonlar-haqida-qayerdan-
malumot-topsam-boladi/)
on 2013-09-27,
https://web.archive.org/web/20130927134759/http://www.tashabbus.uz/harbiy-unvonlar-haqida-
qayerdan-malumot-topsam-boladi/
, qaraldi: 2013-09-26
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Harbiy ish
haqidagi ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/ind
ex.php?title=Harbiy_unvonlar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 1 oy avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Harbiy_unvonlar&oldid=25323
53
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |