«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar
kimlarga beriladi?
Prezident qaroriga asosan yurtimizda «Har bir oila — tadbirkor» dasturi amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi tomonidan mazkur dastur doirasida kreditlarni ajratish tartibi to'g'risidagi
nizom ro'yxatdan o'tkazildi. Quyida «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida kredit
ajratish tartibi haqida tushuncha beramiz.
Qanday maqsadlarda beriladi?
Nizomga muvofiq dastur doirasida imtiyozli kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni
yo'lga qo'yish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.
Qanday maqsadlar uchun olib bo'lmaydi?
Kreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilikni amalga oshirish;
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag'larini shakllantirish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
ma'muriy xarajatlarni to'lash, jumladan xizmat avtomobillari ta'minoti;
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to'lov maqsadlari uchun
ajratilmaydi.
Kimlarga beriladi?
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan jismoniy shaxslar;
kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar,
kichik korxonalar;
dehqon va fermer xo'jaliklari;
oilaviy tadbirkorlar.
Qancha miqdorda beriladi?
eng kam ish haqining 150 baravaridan – 1000 baravarigacha miqdorda.
Foizi
Kreditlarning foiz stavkasi yillik 7 foiz miqdorida belgilanadi. Bunda kredit liniyasi 3 foizni,
bank marjasi 4 foizni tashkil etadi.
Muddati qancha?
Mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ajratiladi.
Kreditlar amalga oshiriladigan loyihaning biznes-rejasiga muvofiq o'zini o'zi qoplash
jihatlaridan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi
mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil
asoslantirilishi kerak.
Qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Kredit olish uchun qarz oluvchi — jismoniy shaxslar kredit olish uchun bankka quyidagi
hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
pasport nusxasi;
jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta'minoti sifatida sektorlar rahbarlari va
mahalla fuqarolar yig'ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan
imtiyozli kreditlash bo'yicha tavsiyanoma.
2. Kredit olish uchun qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik sub’ektlari kredit olish uchun
bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
biznes-reja;
tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-
son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari,
moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl), (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar
hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat
yuritayotgan dehqon xo'jaliklari bundan mustasno);
ta'minot turlaridan biri (uchinchi shaxs kafilligi, sug'urta polisi, mol-mulk, Tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasining kafilligi).
Tijorat banklari qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik sub’ektlariga yuqorida nazarda tutilgan
ta'minot turlarini talab qilmasdan eng kam ish haqining 150 baravarigacha bo'lgan
miqdorda blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga ega.
Ko'proq mablag' kerakmi?
Tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish o'rinlari yaratish imkoniyati
mavjud loyihalarga dastur doirasidagi resurslar hisobidan eng kam ish haqining 1000
baravaridan ortiq miqdorda yillik 7 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratilishi mumkin.
Samarali loyihalar tegishli hududiy ishchi guruhlar tomonidan tanlab olinadi va ushbu
loyihaning haqiqatda mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati qayd
etilgan holda imtiyozli kreditlashga xulosa tayyorlanadi va xulosa ishchi guruhlarning
barcha a'zolari tomonidan imzolanadi.
Kredit necha kunda beriladi?
Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat banki tomonidan uch ish
kunidan oshmagan muddatda ushbu ariza bo'yicha asoslantirilgan qaror qabul qilinadi.
Tijorat banki kredit berishni rad etgan taqdirda, bank qarz oluvchiga hamda tavsifnoma
bergan tegishli sektorlar rahbarlariga va mahalla fuqarolar yig'iniga bu haqda keyingi ish
kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda asoslantirilgan ma'lumot taqdim etadi.
Kredit naqd pul shaklida beriladimi?
Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvarag'i ochish va uning to'lov
topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul o'tkazish
yo'li bilan beriladi.
Jismoniy shaxslarga loyihaning o'ziga xos jihatlari tovarni pul o'tkazish yo'li bilan sotib
olish imkoniyati bo'lmagan holda mikrokreditning bir qismi naqd pulda berilishi mumkin.
Kredit qanday qaytariladi?
Qarz oluvchi kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik
kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvarag'idan pul o'tkazib berish yo'li bilan
to'lashi mumkin.
Manba: Adliya vazirligining “Huquqiy axborot kanali”.
O'zA