Hammamizga malumki insoniyat paydo bòlgan davrdan hozirgacha hayotimizda turli òzgarishlar sodir bòlmoqda. Ular bevosita hayotimizga yangi ruh kiritmoqda



Download 10,46 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi10,46 Kb.
#614477
Bog'liq
maqola


Renessans
Hammamizga malumki insoniyat paydo bòlgan davrdan hozirgacha hayotimizda turli òzgarishlar sodir bòlmoqda. Ular bevosita hayotimizga yangi ruh kiritmoqda. Insonlar rivojlanib borgani sari, yashash tarzi ham òzgara boshladi. Buni qadimgi davrlarda sivilizatsiyadan ( lotincha cuvilis-fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun) kòrishimiz mumkin. Bu atama 2 xil manoda qòllanilgan: 1) keng ma'noda ongli mavjudotlar borligining shakli, 2) boshqa bir manosi esa madaniyat sòziga sinonim sifatida ham qòllanilgan. Tarixda sivilizatsiya rivojlangan davlatlarda iqtisodiy va ijtimoiy hayot tuzumi boshqa davlatlarga nisbatan yaxshi tashkil etilgan. Bu atama oradan asrlar òtib òz òrnini boshqa bir sòzga ya'ni yangi atama Renessansga bòshatdi. Renessans- bu insoniyatning ma'naviy va ģoyaviy taraqqiyotidagi uyģonish, kòtarilish davri hisoblanadi. Renessans Yevropaning qator mamlakatlarida 14-16 asrlarda paydo bòlgan. Insoniyat tòģrisidagi qarashlar Renessans davrida yanada yuksaklikka kòtarila boshlangan.
Bu atama dastlab Italiyadagi ma'daniy-ma'naviy yuksalishga nisbatan qòllanilgan, chunki uni òrta asr turģun, òzgarmas hayotidagi davrga òtish deb baholangan. Italiyaliklar bu davrni "Chinkvechento" deb atashgan. Bu davrda barcha sohalar singari adabiyotda ham yuksalish sezilgan. Bunga misol qilib shoir Gvido Gvinitsellining ijodidagi òzgarishlarda sezishimiz mumkin. U antik davr adabiyotini chuqur òrgangan holda, ularning ijodiy tajribasidan foydalandi. Renessansning asosini tafakkur va ilm-fanga bòlgan insonlarning fikrini òzgarijida, inson qadrini uluģlashda ( Gumanizm- lotincha humanus- insoniy), madaniyatni yuksaltirishda, adabiyit va san'at yangi bosqichining shakllanishida kòrishimiz mumkin. Keyinchalik buyuk olim va yozuvchilar buni Yevropaning qator mamlakatlarida davom ettirishdi. Ammo, Renessans ya'ni Uyģonish davri faqat Yevropada sodir bòlmagan. Balki, Osiyo mamlakatlarida yani Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyadan ham oldinroq ( 9- 12 asrlarda) sodir bòlgan. Bu tarixda " Sharq Uyģonish" davri nomi bilan tarixda qolgan. Sharq Uyģonish davri Yevropa singari kòplab uluģ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur shoir-u ulamolarni dunyo hamjamiyatiga yetishtirib bergan. Ular ilm-fan va insoniyat taraqqiyotida òz asarlari va hayot yòllari bilan muhim iz qoldirganlar. Bu davrda har bir sohada sezilarli darajada rivojlanish bòlgan. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Unar Xayyom, Mirzo Uluģbek kabi olimlar turli kashfiyotlar qildilar va kòplab asarlar yozdilar. Ularning asarlari dunyo ilm-fanida rivojlanishning yangi bosqichini boshlab berdi. Ulardan biri Muhammad ibn Muso al Xorazmiy yangi sòz "algebra" atamasini fanga kiritdi va bu orqali dunyo ilm-fanida yangi fan vujudga keldi. U òzining " Aljabr val muqobala" kitobining muqaddimasida quyidagi sòzlarni qoldirgan: " Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini òz ichiga oluvchi "Aljabr val muqobala hisobini ta'lik qildim, chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, savdoda va shunga òxshash turli ishlarda kishilar uchu bu zarurdir". Bu bilan Xorazmiy òzigacha bòlgan tarixni òrganib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi. Fan tarixchisi Adam Mets sòzi bilan aytganda "Musulmon renessans" ini Xorazmiy nomi va ilmiy jasoratisiz tasavvur qilib bòlmaydi. Eng yaxshi, òzining yuksak darajasiga erishgan sohalardan yana biri she'riyat va adabiyotdir. Bu davrda Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy va Alisher Navoiy kabi bayuk ijodkorlar yetishib chiqqan va òlmaslar asarlar yaratganlar. Bu asarlar hozirgacha kitobxondalarning sevimli asarlari hisoblanadi. Ular yaratgan asarlar sarguzashtlarga boyligi va mukammal insonlar tasvirlanganligi hamda umumbashariy ģoyalar asosida yozilganligi uchun doimo insonlar qalbidan joy oladi. Bunday asarlarga " Ming bir kecha", "Kalila va Dimna", va "Xamsa" ni misol qilishimiz mumkin.Bu davrda buyuk yozuvchilar òz sohalariga yangilik kiritganlar. Ular adabiyotda janrlarga òzgartirishlar kiritganlar yoki òzlari yashap kelayotgan davrgacha bishqalar ijodida takrorlanmaydigan ishlarni qilishgan. Misol qilip Alisher Navoiyni aytishimiz mumkin, uning davrigacha ham kòplab yozuvchilar beshtalik asarlar yozishgan lekin u òz asarlarini yani dostonlarini yozdi va bitta nom ostiga birlashtirdi va u òz asarini turkiy tilda òz ona tilisida yozdi. Uning "Xamsa"sida yangi ģoyalar va yangicha ruhni his qilishimiz mumkin. Bu asar Alisher Navoiyning shoh asari hisoblanadi. Alisher Navoiy ģarbda chiģatoy adabiyotining vakili deb qaraladi, sharqda esa " nizomi millati va din" ( din va millatning ramzi) unvoni bilan uluģlanadi. Uning asarlari oddiy xalq orasida ham tez mashhurlikka erishgan chunki ular fors tilida emas balki turkiy tilda yozilgani sabab bòlgan. U turkiy tilni shunday yuksaklarga kòtaradiki, forsning mashhur yozuvchilari ham bunga tan berishadi. A. Navoiy " Xamsa" ning kirish qismida shunday yozadi:
"Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq".
A Navoi mana shu misralar orqali ham òzidan oldinga buyuk shoirlar qilmagan ishni qilganligi va buning mashaqqatlari borligini bilishimiz mumkin.
Sharq Uyģonish davri keng kòlamli hisoblanadi, ta'lim va tarbiya, madrasalar hayoti, kutubxonalar, olimlar fikri nihoyatda qadrlangan. Sharq Uyģonish davri yutuqlari Ğarbiy Yevropa Uyģonishiga òz ta'sirini òtkazmasdan qolmadi. Buning sababi renessans bizda bir necha asr oldin boshlanganligidadir. Yevropalik yozuvchi Uiliam Shekspir òz asarlarini yozayotgan vaqtda A. Navoiyning Xamsasi dunyo bòylab sayohat qilmoqda edi.Xamsaning har bir dostonida òziga xos ma'no va yangi sòzlar qòllangan. A. Navoiy dunyo adabiyoti eng kòp sòz qòllashi bòyicha birinchi òrinda turadi. Buyuk bobomiz faqat turkiy tilda emas boshqa tillarda ijod qilganliklari uchun ham jami 1 mln 378 ming 660 ta betakror sòz ishlatganlar. Shekspir esa salkam 20 mingta sòzdan foydalangan. Sharq Uyģonish davri Ğarbga qaraganda yuksakroq rivojlangan. Sharqda yozigan kòplab asarlar lotin va ispan tillariga bir necha marotaba tarjima qilingan. Ular Ibn Sinoning " Tib qonunlari", Forobiyning " Ilmlar tasnifi" va Abu Rayhon Beruniyning asarlaridir. Bu asarlardan Yevropada hozirgacha darslik sifatida foydalaniladi.
Renessans har bir mamlakatda, òzidan keyingi davrlarda sodir bòlgan òzgarishlarga zamin yaratdi va tarixda yangi bir sahifa ochdi.
Download 10,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish