Oraliq nazorat
18-bilet
HAMIDOVA PARVINA NEMAT QIZI
Yaponiyaning aholisi va davlat tuzumi.
Yaponiyaning xo`jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari.
Javoblar:
Yaponiya-(yaponcha Nippon,Nihon) Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol bo`lib, shimoli sharqdan janubi g`arbga qariyb 9.13 ming km ga cho`zilgan. Eng yirik orollari: Hokkaydo,Honshu, Sekoku VA Kyusho. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi sharqdan Tinch okeani, G`arbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan o`raglan. Maydon 377,8 ming km.kv . aholisi 127,8 mln kishi. Poytaxti- Tokio shahri. Aholisining soni bo`yicha jahon mamlakatlari orasida 11-o`rinda turadi. Yaponiya keying o`n yillar davomida aholi tabiiy o`sishining xarakteri keskin darajada o`zgardi. Aholi ko`payishining ikkinchi tipidan birinchi tipiga o`tgan Osiyodagi birinchi davlat bo`ldi. Hozirgi vaqtda har 1000 kishiga tug`ilish 10 kishiga o`lim 7 kishiga to`g`ri kelmoqda. Shu bilan birga aholisi o`rtacha 80 yoshdan ortiqroq umrko`rmoqda.
Milliy tarkibiga ko`ra nihoyatda bir xil. U tipni bir millatli mamlakat bo`lib,yaponlar aholisining 98 %ga ko`proqni tashkil etmoqda. Yapon tili juda o`ziga xos bo`lib, jahondagi til oilalardan birortasiga kirmaydi. Aholining o`rtacha zichligi 334 kishi to`g`ri keladi.
Yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 90 % dank o`prog`I shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri Tokiyoda 9 mln dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mamlakatda yirik aglomeratsiya shakllangan.
Hozirgi vaqtda aholisi 50 ming kishidan ortiq bo`lgan aholi zich yashaydigan hamda odamlarning ko`pchiligi shaharlarga xos mehnatda band bo`lgan aholi rayonlari shaharlar deb ataladigan bo`ldi.
Ikki asosiy din sintoizm va buddizm mavjud.
Jami iqtisodiy faol ish bilan band aholining 27 %i sanoatda, 22 foizi savdoda, 12,6 foizi qishloq xo`jaligida ishlaydi.
Yaponiya- konstitutsion monarxiya davlatdir. Amaldagi konstitutsiyasi 1947-yil 3-mayda kuchga kirgan. Yaponiyaning konstitutsiyasiga ko`ra imperator “Davlat va millat birligining ramzidir” hisoblanadi. U parlament tavsiyasiga ko`ra, Oliy sud raisi va a`zolarini tayinlaydi, shuningdek, hukumat a`zolarini vazirlariga tayinlaydi,iste`folarini qabul qiladi,parlamentni chaqiradi. Oliy hokimiyat organi 2 palatali parlament , 20 yoshga to`lganlar saylov huquqi beriladi. Konstitutsiyasiga ko`ra parlament hukumat faoliyatini nazorat qilib turadi,xalqaro shartnomalarni tasdiqlaydi.
XX asrning 60-yillaridan boshlab Yaponiyaning “Iqtisodiy mo`jizasi” jahonni hayratga sola boshladi. Buning sababi II jahon urushida etilib atom bombasining dahshatlarini o`z boshidan o`tkazgan. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan bunday tez o`sishi ko`p omillarga bog`liq. Birinchidan, urush yillarida eskirgan va ishdan chiqqan zavod jihozlari butunlay yangilandi,ular fan-texnika inqilobining eng yangi yutuqlari asosida ishlangan jihozlar bilan almashtirildi. Yapon manapoliyalari chet el patentlarini sotib olib, sanoatga jahon ixtirolarini tadbiq etdilar,ularni muttasil takomillashtirilib bordilar. Shunday qilib hozir Yaponiya sanoati jihozlarining 2/3 qismi eng yangi texnikaga to`g`ri keladi.
70-80-yillardan boshlab sanoatda inqilobiy yo`l ustun turdi. Endilikda mamlakat yoqilg`I va xomashyo importiga bog`liq bo`lgan, energiya hamda metalni ko`p ishlatadigan ishlab chiqarishlarini tobora cheklab,fanni ko`p talab qiladigan eng yangi tarmoqlarga zo`r bermoqda. Yaponiya fanga sarflanadigan mablag` salmog`iga ko`ra iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning orasida birinchi o`rinda turadi. Ilmiy xodimlarning soniga ko`ra esa GFR, Buyuk Britaniya va Fransiyani birga qo`shib hisoblanganda ham ulardan ustun turadi.
Agar ilgari Yaponiyaning ramzi deb odatda Fudziyama muqaddas tog`I,sakura,geytlar,samuraylar hisoblangan bo`lsa,endilikda bunday ramz sharqiy dunda eng kata AES metallurgiya kombinatlari,supetankerlar,ko`priklar,tonnellar,temir yo`llarda yuradigan tezkor poyezdlar,eng zamonaviy avtomobillar “ Toyota”, “Xonda”, “Nissan”, “Sony”, “Mitsubishi” hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |