1, Hajmlari 3 martta farq qiluvchi (V1=3V2), zichliklari 1200 kg/m2 va 800 kg/m2 bo’lgan suyuqliklar aralashmasidan hosil bo’lgan suyuqlik zichligini toping?
2, 200 ayl/s tezlik bilan aylanayotgan gorizontal valga bir biridan 20 sm masofada ikkita yupqa disk qo’yilgan. Disklarga o’q otilganda hosil bo’lgan teshiklarning burchak siljishi 180 bo’lsa o’q tezligini toping.
3, Jism yuqoriga 30 m/s tezlik bilan otildi. Yerdan qanday balandlikda jismning potensial energiyasi kinetic energiyasidan 4 marta kata bo’ladi?
4, Traktor yuksiz prisepga 3 m/s2 tezlanish beradi. Yukli prisepga esa 1,2 m/s2 tezlanish beradi. Agar ikkala prisep ulansa, traktor ularga qanday tezlanish beradi?
5, Avtomobil qiyalikka chiqishda 12 m/s tezlik bilan, tushishda esa 26 m/s tezlik bilan harakatlandi. Agar chiqish yo’li tushish yo’lidan 3 martta uzun bo’lsa, avtomobilning yo’l mobaynidagi o’rtacha tezligini toping?
6, 3 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 6 kg massali jismga qanday o’zgarmas kuch ta’sir etsa, jism 8 s da 120 m yo’l bosib o’tadi.
7, Massasi 150 kg bo’lgan avtomobil egrilik radiusi qanday bo’lgan botiq va qavariq ko’priklardan o’tgandagi bosim kuchlarining farqi 270 N bo’ladi agar avtomobil tezligi 4 m/s bo’sa.
8, Avtomobil qiyalikka chiqishda 8 m/s tezlik bilan, tushishda esa 6 m/s tezlik bilan harakatlandi. Agar chiqish yo’li tushish yo’lidan 1.5 martta uzun bo’lsa, avtomobilning yo’l mobaynidagi o’rtacha tezligini toping?
9, Massasi 340 kg bo’lgan avtomobil egrilik radiusi 6 m bo’lgan botiq va qavariq ko’priklardan o’tgandagi bosim kuchlarining farqi 6375 N bo’lsa, avtomobil tezligini toping
10, Samalyot uchib ketishi uchun 100m/s tezlikka ega bo'lishi kerak. Agar yugurish yo'li 600m bo'lsa, samalyotning yugurish vaqti va tezlanishini toping? bunda samalyotning xarakatini tekis tezlanuvchan deb xisoblang
11, Muz ustida turgan 84 kg massali konkichi gorizantal yo’nalishda 4.2 kg massali toshni 7 m/s tezlik bilan otsa, u 12,25 sm masofaga ortga sirpanib boradi?. Agar konkilarni muzga ishqalanish koeffisenti qanchaga teng bo’lgan.
12, Massasi 51 kg bo’lan arava 8 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Arava ustiga 3 kg jism tashlangandan so’ng qanday kinetic energiya bilan harakatlanadi?
13, Uzunligi va balandligi 12 sm bo’lgan plitkadan qilingan zinanig yuqoriga gorizontal yo’nalishda tosh 9 m/s tezlik bilan otildi. Jism otilgan joyida nechta zina nariga borib tushadi?
14, 2.5 kg massali qo’zg’almay turgan jismga 5 kg massali jism markaziy elastic urilgandan so’ng 5 J kinetic energiya bilan harakat qildi. Birinchi jismni urilishdan oldingi va keying kinetic energiyalarini toping?
15, Qiyalik burchagi 600 bo’lgan qiya tekislikdan qo’yib yuborilgan jism, qiya tekislik oxirida 20 m/s tezlikka erishadi? Qiya tekislikning ishqalanish koeffisienti 0,42 bo’lsa, qiya tekislik uzunligi qancha bo’lgan?.
Do'stlaringiz bilan baham: |