Guruhdan ayrim narsalarni ajratib olish va narsalarni guruhlarga birlashtirish



Download 13,66 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi13,66 Kb.
#397649
Bog'liq
3 amaliy


Guruhdan ayrim narsalarni ajratib olish va narsalarni guruhlarga birlashtirish

Bir xil narsalardan guruhlai*1 tfeishda va guruhlarni ayrim narsalarga bo'lib tashlashda jamoa bo'lib bajariladigan o'yin mashqlari miqdor haqidagi tasawurni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bu mashqlar davomida bolalar har bir guruh (to'plam)ning ayrim narsalardan iborat ekanligini tushunishlari, guruh ichidan ayrim narsalarni ajratib olishni o'rganishlari, yaxlit to'plam bilan uning elementi o'rtasidagi nisbatni aniqlashlari kerak. Bolalarni

guruhlarga birlashtirilgan narsalarning umumiy belgilarini ko'ra bilishga va nomlarini ayta olishga, guruhni yaxlit bir butun narsa deb idrok etishga o'rgatish davom ettiriladi.

Yig'indidagi hamma narsalarning 2 umumiy belgisini ajratib ko'rsatish bilan birga, bolalar shu guruhdagi narsalarning faqat biror qismi uchungina umumiy bo'lgan belgilarni, ya'ni boshqa qismlarining belgisidan farq qiluvchi belgilarni ham ko'rishga o'rganadilar. Ular guruhni bir necha guruhga bo'ladilar, ya'ni
to'plamni to'plamchalarga ajratadilar. Masalan, guldastada ko'p gullar borligini, ularning ba'zilari qizil, ba'zilari esa oq ekanligini, qizil gullar kam, oq gullar ko'pligini aniqlaydilar. Bolalar ana shunday qilib to'plamlardagi sonlar bilan to'plamchalardagi sonlarni taqqoslashga, ular o'rtasidagi miqdoriy nisbatni aniqlashga tayyorlanadilar.

Birinchi mashg'ulotda bir-biriga aynan o'xshash (rangi, hajmi bir xil) o'yinchoqlar yig'indisi to'planadi. Guruhda nechta bola bo'lsa, o'shancha o'yinchoq olinadi. Birdaniga juda ko'p bir xil o'yinchoqlarning kutilmaganda paydo bo'lib qolishi kichkintoylarni quvontirib yuboradi. Pedagog (tarbiyachi) o'yinchoqlar (quyonchalar va boshqalar)ning ko'pligiga diqqatni jalb etib, awal bolalarga bittadan o'yinchoq beradi, so'ngra esa barcha o'yinchoqlarni ulardan


olib, yana bir joyga to'playdi. Bolalarning diqqati bir to'da narsa qanday qilib ayrim narsalarga bo'linishiga va ayrim narsalardan qanday qilib to'rdahosilqilinishigajalb etiladi. Bolalar o'yinchoqlarni navbati bilan tarqatadilar va yig'ib oladilar. Pedagog (tarbiyachi) ularning harakatini kuzatib turadi va to'dadan o'yinchoqlar olinsa to'da kichraya (kamayib) borishini, bolalarniig har biri unga o'z o'yinchog'ini qo'shganda esa kattalashib (ko'payib) borishini
ta'kidlaydi.

To'dadagi narsalar sonining asta-sekin kamaya va ko'paya borishini kichkintoylar yaxshi ko'ra bilishlari kerak. Pedagog (tarbiyachi) mashqlar davomida bolalarni ko'p, bitta, bittadan, bitta kam, hech narsa yo'q so'zlarini qo'llashga undaydi. Nechta? Nechtadan? deb savollar beradi. Bolalarning narsalar nomini ham, ularning miqdorini ham (bitta, ko'p) to'g'ri aytishlarini kuzatadi.


Ularning yig'indidagi barcha narsalar uchun umumiy bo'lgan belgilarni aytib berishlari muhim ahamiyatga ega.

(Quyonchalarni o'ynash mumkin, hamma quyonchalar oppoq, archalar yashil va shu kabilar). Pedagog (tarbiyachi) mashqni yana bir marta takrorlagach, o'yinchoqlarni almashtiradi. Materialning almashtirilishi bolalarning qiziqishini oshiradi va bilimlarini yakunlashga yordam beradi.

Ikkinchi mashg'ulot xuddi birinchi mashg'ulot ladi. Awal birinchi mashg'ulotda foydalanilgan o'yincnqrarnng biror turi ustida ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Bu narsa bolalarning tegishli lug'at boyligini boyitish (aktivlashtirish) imkonini beradi. Shundan so'ng o'yinchoq yoki buyumning yangi
turi olinadi. Ular endi aynan o'xshash bo'lmasligi, balki birbiridan farq qiluvchi belgilarga ham ega bo'lishi mumkin, masalan, sariq va havo rang kubiklar, sariq va havo rang mashinalar yoki qo'l chiroqlari, katta va kichik ayiqchalar va hokazo. O'yinchoqlar endi guruhlarga bo'linadi. Sariq tasmalar bitta vazachaga, havo rang tasmalar esa boshqa vazachalarga joylashtiriladi; katta qalamlar qutisi bir tokchaga, kichkinalari esa boshqa tokchaga qo'yiladi.

Pedagog (tarbiyachi) bolalarni guruhdagi hamma narsalar uchun umumiy (mushtarak) bo'lgan belgilarni, shuningdek, muayyan guruhgacha kiruvchi narsalar uchungina umumiy bo'lgan hamda yig'indidagi barcha narsalar uchun umumiy bo'lmagan belgilarni ayta bilishga o'rgatadi: ,,O'yinchoq mashinalar, ammo' m'an'a bu tokchada katta o'yinchoq mashinalar joylashgan, ana shu


tokchada esa kichik o'yinchoq mashinalar joylashgan. Katta va kichik o'yinchoq mashinalar ko'p", ,,Tasmalar ko'p. Tasmalar bilan mashinalarni bezatish mumkin. Ba'zi tasmalar yashil rangli, havo rangli. Havo rang va yashil tasmalar ko'p".
Download 13,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish