Guruh Abdurasulova Durdona vii-mavzu. Ilmiy tadqiqotlarni rasmiylashtirish



Download 19.62 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2021
Hajmi19.62 Kb.
  1   2

62-19 guruh Abdurasulova Durdona

VII-Mavzu. ILMIY TADQIQOTLARNI RASMIYLASHTIRISH

Mavzu bo’yicha savollar va topshiriqlar:

1.Ilmiy mavzuda bajariladigan kurs ishining mohiyati?

2.Kurs ishlarining topshiriqlarini tuzilishi va berilishi?

3.Kurs ishlarining bajarilish jarayonlari haqida?

4.Kurs ishlarining tarkibiy qismlari?

5.Kurs ishlarining rasmiylashtirishda qo’yilgan talablar ?

6.Bitiruv malakaviy ishlarini bajarish umumiy qoidalari?

7.Bitiruv ishlarining bajarilishdagi uslubiy ko’rsatmalar?

8.Bitiruv ishlarining tarkibiy qismlari?

9.Ilmiy mavzuda bajariladigan bitiruv malakaviy ishlarining bajarilishi?

10.Bitiruv ishlarning tushuntirish xatining rasmiylashtirilishi va uning himoya qilinishi?

Javobi

Talabalar o’zlarining tanlagan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha shu ta’lim yo’nalishlarining o’quv dasturi asosida tahsil davrida bir nechta kurs ishlari (loyihasi) bajaradilar.

Kurs ishini (loyihasini) bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda ishlab chiqarishda ishlashda tayyorlanadi. SHuning uchun ham kurs ishining (loyihasining) vazifalari talabalarning ma’lum kurs bo’yicha olgan bilimlarini kompleks har xil muammolarini yechishda qo’llashni hamda hozirgi ilmiy-texnik yutuqlardan foydalangan holda amaliy vazifalarni yechishni o’rgatadi.

Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihalari) tarmoqli ilmiy-texnik progress yoki shu tarmoqlarni, kafedralarda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot mavzularini hisobga olgan holda bajariladi. SHuning uchun kurs ishi mavzusi kafedra tomonidan beriladi va ularni tanlab olish talabalarning o’ziga havola etiladi.

Kurs ishini bajarish uchun beriladigan topshiriq, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan belgilangan shaklda, rahbarning ko’rsatilishi va kafedra mudirining tasdiqlanganligi bilan beriladi.

Kurs ishi talabalar tomonidan individual ravishda bajariladi, ayrim mavzularni esa ikki yoki uch talaba bajarishi ham mumkin.

Talabalikning birinchi kursidan har bir yo’nalish bo’yicha tahsil olayotgan talabalar, shu yo’nalish maxsus kafedralaridan bo’lajak malakaviy bitiruv ishlarining mavzusini aniqlab, so’ng boshqa kafedralarda bajariladigan kurs ishi mavzularini shunga boђlab olib borishsa maqsadga muvofiq bo’ladi1.

Kurs ishiga kafedra professor-o’qituvchilari rahbarlik qiladilar va bajarilish nazoratini olib boradilar.

Kurs ishi tugatilgandan so’ng uni tekshirish uchun har bir talaba o’zining rahbariga topshiradi, rahbar esa o’z navbatida kurs ishini himoyaga qo’yilishi qo’yilmasligini yoki qayta ishlash uchun talabaga qayta topshirishi mumkin.

Himoyaga ruxsat etilgan kurs ishini talaba kafedra tomonidan tuzilgan komissiyaga himoya qiladi. Himoya qilishda gurux talabalari ham qatnashadilar.

Himoya vaqtida talaba bajarilgan ish hakida qisqacha gapirib o’tadi, komissiya a’zolarini savollariga javob beradi, olingan natijalarini, tajriba uslublarini tushuntirib beradi.

Kurs ishlari nazariy, nazariy va amaliy, yoki amaliy ishlardan iborat bo’lishi mumkin. Umumiy hajmi tahminan 40 betni tashkil etadi. Kurs ishining tarkibi ta’lim yo’nalishidagi fanlarga qarab har xil bo’lsada, ammo umumiy qismlar: kirish, adabiyotlar tahlili, amaliy qism va talablar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, qo’shimcha materiallar qismidan tuzilganligi bir bo’ladi. Tarkibiy qismlari yo’nalish faniga qarab har xil, kattayu-kichik va x.k. bo’lishi mumkin. Masalan: “Iqtisodiyot” fanidan quyidagicha berishi mumkin:

1. Kirish.

2. Adabiyotlar tahlili va vazifalar.

3. Eksperimental (tajriba) - amaliy qism;

- tajriba qismlarini bajarish shartlari;

- ishlab chiqarish texnologiyasini;

- texnologik sxema tuzish;

- xom-ashyo va qo’shimcha materiallar tavsifi;

- yarim tayyor mahsulotlarni jarayonlar bo’yicha chiqish;

- tayyor mahsulotni sifatini aniqlash;

- konserva mahsulotlarini saqlash va foydalanishiga berilgan talab;

4. Talablar va takliflar;

5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;

6. Qo’shimcha materiallar.

- kurs ishini mavzusiga muvofiq konservalarning texnologik instruktiyasi;

- kurs ishini natijalari bo’yicha jadvallar, rasmlar, sxemalar va grafik.

Kurs ishi 210x297 format qoђozining bir tomoniga ko’k yoki qora rangda yozilishi kerak. Qoђozning ko’k burchagini ustki qismida varaqlar soni qo’yiladi. Abzatsda esa beshta bosma harfdan keyin boshlanadi, ya’ni oltinchi

bosma harfdan boshlanib yoziladi. Bir varaqda satrlar 30 dan oshmasligi kerak, satrlarda esa belgilar soni 63 dan oshmasligi kerak. Qoђozning chap tomonidan 30-40, yuqori qismidan - 20, o’ng qismidan -10 va pastki qismidan esa 25 mm qo’yib yozish kerak.

Kirish, adabiyotlar tahlili, tajriba qism, qo’shimcha materiallar qismlarini boshlanishida arab harflari bilan, raqamlari bilan belgilanadi. Mundarijada har xil bo’limning sarlavhasi, betlari bilan keltirilgan bo’lishi kerak.

Bo’limlarning sarlavhasi umumiy satrlardan uch interval oraliђida ajralgan holda bo’lib katta harflar bilan yoziladi.

Kurs ishidagi hamma satrlar hamda ularda keltirilgan jadvallar, rasmlar, sxemalar va diagrammalar ketma-ket nomerlangan bo’lishi kerak. Kurs ishida qo’llanilgan hamma tenglamalarni qoђozni o’ng tomonida arab soni bilan nomerlangan bo’lishi kerak va nomerlar qavsni ichida bo’lishi kerak.

Tenglamani pastki qismida esa tenglamada bo’lgan koeffitsientlarni ahamiyati va belgilari keltirilishi kerak. Tenglamadan keyingi birinchi satr “bunda” degan so’z bilan boshlanib ikki nuqta qo’yilishi kerak.

Kurs ishidagi hamma rasmlarning pastki qismida satrlar bilan uning mazmunini yozilishi kerak. Satrlarda rasmlarga murojaat qilinganda “shu nomerdagi rasmga qarang” degan so’zni qavs ichiga olinadi. Sonli materiallar jadval shaklida to’ldiriladi. Har bir jadval mavzu sarlavhasi va kema-ket nomerlangan bo’lishi kerak. Asosan jadvallar qo’yidagi elementlardan tuziladi: jadval va satrlarni boђlovchi sarlavha nomeri; jadvalni mazmunini bildiruvchi mavzu sarlavhasi; sarlavha qismi; chapdan birinchi grafa - bakovik, jadvalni qolgan qismi - prografka.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tuzilganda muallifning ismi va familiyasi, manbaning to’liq nomi va bosmadan chiqarilgan shahri, nashriyot nomi, chiqarilgan yili, manbadagi umumiy betlar.


Download 19.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat