G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish



Download 17,5 Kb.
Sana23.06.2021
Hajmi17,5 Kb.
#99317
Bog'liq
ģazallar


G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,

El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.

Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg‘a tikandek oshyon bo‘lmas emish.

Zohid senu hur, manga jonona kerak,

Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak.

Mayxona aro soqiyu paymona kerak,

Paymona necha bo‘lsa, to‘la yona kerak.

Ko‘rgali husnungni...

Ko‘rgali husnungni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga,

Ne baloliq kun edikim, oshno bo‘ldum sanga:

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko‘ngul,

Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.

Men qachon dedim, vafo qilg‘il manga - zulm aylading,

Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il manga - bo‘ldum sanga.

Kecha kelgumdur debon...

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,

Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,

Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,

Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.

Orazin yopqoch ko‘zumdin...

Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,

O‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.

Qut bir bodom-u yerim go‘shayi mehrob edi,

G‘orati din etti nogah bir balolig‘ ko‘z-u qosh.

Bobur


Shohim sanga ma'lum emastur, ne qilay, Ohim sanga ma'lum emastur, ne qilay? Men yuz, qoshing dermen-u sen — badr-u hilol, Mohim, sanga ma'lum emastur ne qilay?

Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qtur, Bir lahza-u bir nafas qarorim yo‘qtur. Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.

Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen, Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen. Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim, Shahmen elga, vale sanga quldurmen.

Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi, Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi. O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo‘ldi



Har kimki, vafo qilsa — vafo topqusidur! Har kimki, jafo qilsa — jafo topqusidur! Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz, Har kimki, yomon bo‘lsa — jazo topqusidur!

Charxning men ko‘rmagan jabr-u jafosi qoldimu?! Xasta ko‘nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu?! Meni xor etti-yu qildi muddaiyni parvarish, Dahri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?! Meni o‘lturdi jafo-yu javr birla ul quyosh, Emdi turguzmak uchun mehr-u vafosi qoldimu?
Download 17,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish