G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo, Illat izlaganga illatdir dunyo



Download 29,81 Kb.
bet1/3
Sana12.10.2022
Hajmi29,81 Kb.
#852644
  1   2   3
Bog'liq
Muhammadali


G’urbat izlaganga g’urbatdir dunyo,
Illat izlaganga illatdir dunyo,
Kim neni izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.
(Sadriddin Salim Buxoriy)
Tinchlik eng buyuk ne’matdir, osoyishta va farovon hayot kechirish tiriklikning eng asosiy sharti hisoblanadi, chunki barcha ezgu orzu-niyatlarning ro’yobi, eng birinchi navbatda, shu oliy ne’matga bog’liq. Shu sababli ham insoniyat yaralgandan buyon tinchlik va uni asrash uchun bor vujudi, jon-jahdi bilan kurashib keladi. Ammo bugungi globallashuv zamonida yuzlab mamlakatlar uchun hali hanuz bu bebaho ne’mat orzu bo’lib qolmoqda.Mutaxassislar tinchlikka raxna soluvchi omillarni har xil sanaydilar- mamlakatlar orasidagi nifoqli vaziyatlar, fuqarolik urushlari, milliy nizolar, tabiatdagi tabiiy ofatlar va boshqalar. Lekin bularning ichida eng jiddiy xafv solayotgan, juda katta vayronkorliklarga sababchi bo’layotgan omil bu- diniy ekstremizm va terrorizmdir. Buni har bir ma’naviyatli, sog’lom fikrli inson anglab yetmoqda.
Inson o'ylaydigan,fikr qiladigan voqea-hodisalar asosida xulosa chiqaradigan ongli mavjudotdir.U aqli bilan olam sirlarini kashf qiladi, qalbi vositasida uning go'zalligini his etadi, voqealikdan hayratlanib, uning qonunlariga moslashib yashashga intiladi.Dunyo sezgilar orqali insoning qalbi va ongida o'ziga xos timsol va tasavvurlar uyg'otadi,unda orzu -intilish,maqsad muddaolalarini vujudga keltiradi.Ana shu intilish va maqsadlar insonning faoliyati orqali amalga oshadi, ya'ni hayotga, voqealikka qaytadi, unga ta’sir qiladi va uni o'zgartiradi.
Odam zotini hayotni, o'zini o'rab turgan tashqi muhitni o'zgartirishga majbur qiladigan ma'naviy omillar orasida fikr, g'oya maqsad nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bunda biz, eng avvalo, g'oya nima ekanligiga alohida to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiqdir.
Xo'sh g'oya nima? Nega unga katta ahamiyat va katta e'tibor beriladi?! Ma'lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o'z manfaatlari, maqsad -muddaolari , orzu -intillishlarini ko'zlab harakat qiladi. G'oya- insonning borliqqa, o'z hayotiga bo'lgan munosabati, oldiga qo'ygan maqsadlari asosida shakllanadi va o'ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.G'oya- alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlamilarga tarqaladi. Mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g'oyalar tasirida tarbiyalanadi; muayyam qarashlar va g'oyalarni o'z e'tiqodiga singdiradi, o'z navbatida yangi g'oyalarni yaratadi va targ'ib etadi. G'oyaning eng muhim xususiyati -insonni va jamiyatni
ma'lum maqsad sari yetaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanligidadir. Oldimizga qo'ygan har qanday maqsad va vazifalarimizni bajarishimizda, qarshimizda paydo bo'ladigan muommolarni hal qilishda, ularni yengib o'tishimizda, bizga dalda kuch berib turadi. Ezgu g'oya insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo’lida e'tiqod bilan kurashishga o'rgatadi. Ezgu va yuksak g'oyalar odamlarni hamisha olijanob maqsadlar sari yetaklayveradi. Milliy g'oyaning ajdodlardan avlodlarga,asrlar davomida e'zozlanib kelinayotgani va har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otiib borayotgani, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgani hech kimga sir emas ,albatta. Insoniyatning ko'p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o'zining milliy davlatini qurishga azm-u qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo'lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg'otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o'tishda o'ziga qo'shimcha kuch -quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu -intilish ifodasi bo'lgan milliy g'oyani tayanch va suyanch deb biladi. Milliy va ezgu g'oyalar yurtni obod,xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlari bilan ajralib turadi . Sizga ma'lumki, g'oyalar yaqin orada bugun yoki kecha paydo bo'lib qolmaydi. Ular qadimdan paydo bo'lib, ota -bobolarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaga. Insoniyat tarixida odamlar ongiga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi g'oyalar urug'ini sepgan zot, buyuk Xitoy mutafakkiri Konfutsiy (mil. av .551-479) g'oyalari hanuzgacha Xitoy xalqi mafkurasida yetakchilik qilib kelmoqda. Bu g'oyaning asosi jamiyatni har qanday ijtimoiy larzalardan asrab qolish va insonlar manfaatini yuqori qo'yishga qaratilgan. Allomaning maqsadi xalqni mavjud tartib qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalash bo'lgan. Bundan tashqari ezgu g'oyalar Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy va boshqa juda ko'plar ijodida chuqur o'rin egalladi va o'zbek davlatchiligining rivojlanishida ham muhim omil bo'lib xizmat qildi. Amir Temurning "Temur tuzuklari "kitobida ham adolat, insof, diyonat, el-yurt tinchligi va obodligi bosh g'oya sifatida ilgari surildi. Bunday g'oyalar Temuriylar davlatida g'oyaviy tamoyillarning ustuvor yo'nalishi edi va bunday g'oyalarning faoliyati katta ahamiyatga ega bo'lgan. Shunday ekan milliy g'oyaning asosiy mazmunini ifoda etganimizda, gapirganimizda, hech shubhasiz, Ona Vatanimizning ravnaqi va taraqiyotini ko'z oldimizga keltiramiz . Uning istiqbolli kelajagini ko'rishga harakat qilamiz .Lekin barchamizga ayonki, ezgulik va yovuzlik o'rtasida azal -azaldan to'xtovsiz jang olib borilgan . Shunday ekan g'oyaning ham ezgu va buzg'unchi kabi turlari mavjud . Ezgu g'oyalar , yuqorida keltirilgandek, insoniyatni yaxshilikka ,ezgulikka yetaklasa, buzg'unchi g'oyalar insoniyatni
tubanlikka, jaholatga, yovuzlikka chorlaydi.
Buzg'unchi g'oyalar qadimdan goh yashirin, goh oshkora va turli bayroqlar ostida harakat qilib kelgan. Buning natijasida qanchadan qancha odamlar qirilib ketgan, qanchadan qancha go'zal shaharlar vayronaga aylangan. Hozir ham bunday ko'ngilsiz voqea va hodisalar davom etib kelmoqda. Insoniyat ,shu jumladan ,O'zbekistonning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo'ravonlik, kulfat urug'larining sochilishi va qon to'kilishiga sabab bo'lgan buzg'unchi g'oyalar va mafkuralarning halokatli ta'siri bilan bog'liq sahifalar juda ko'p. Ular hozirgi davrda butun olamni tashvishga solib kelayotgan terrorizm va diniy ekstremizmdir. Terrorizm- lotincha “ terror”-“ qo’rquv, dahshat” degan ma’noni bildiradi ,u ma’lum yovuz maqsadlar yo’lida kuch ishlatib, odamlarni qo’rqitish va dahshatga solish va jismoniy yo’q qilishdan iborat bo’lgan g’oyaga asoslangan zo’ravonlik usulidir. Diniy ekstremizm-diniy davlatlarni barpo etish va mavjud bo’lgan davlatni tannazulga uchratishga qo’porish va qon to'kishlar , qurolli to’qnashuvlar va har xil usullar bilan erishishdir.
Amerika Qo’shma Shtatlarida 2011-yil 11-sentabr kuni terroristik guruhlar o'z qo’poruvchilik ishlarini olib bordilar. Eng yomon tomoni shundaki, ularning asosiy kuchini yoshlar tashkil qilar edi. Ular yoshlarimizni milliy mafkuramizga tamomila yod bo'lgan g'oyalarni singdirib, ularga mavhum bo'lgan narsalarni va'da berib aldashmoqda. Ular yoshlarimizdan o'zlarining nomaqbul va jirkanchli g'oyalarini amalga oshirishda foydalanmoqda. Bu esa biz uchun juda katta falokatdir. Ular yoshlarimiz ongiga "Kimki islom dinini tarafini olsa, bizning safimizga qo'shilsa, kofirlarni o'ldirsa yoki ularni ham islom diniga e'tiqod qilishiga majburlasa va islom dini uchun jang qilsa va jangda halok bo'lsa u kishi shahid bo'lib, tog’ri jannatga boradi" degan puch so’zlarni singdirib,ularni yo'ldan urmoqda. Ular bunday yoshlarni jalb qilish uchun turli internet saytlaridan, gazeta ro'znomalaridan va boshqa vositalardan foydalanishmoqda; bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimiz ongini zaharlashga to'xtovsiz ravishda harakat qilyaptilar. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: "Hozirgi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo’lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa ,buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatini tezda ilg'ab olish qiyin".3 Hozirgi payt mafkuraviy tahdidlar juda avj olgan davr, desak adashmagan bo'lamiz. Ayniqsa, hozirda buzg'unchi g'oyalarning, diniy ektremizm va terrorizmning rivojlangan o'chog'i Eron, Suriya Pokiston, Afg'oniston hisoblanadi. U yerda “Ishid”, “Tolibonlar”, “Yahudiylar” kabi uyushgan diniy ekstremistik va terroristik guruhlar mamlaktni tanazzulga uchratib ,u yerning ko'pgina shahar, qishloqlarini egallab olib, u yerlarning kulini ko'kka sovurmoqda. U yerdagi bo’layotgan urush nafaqat butun Osiyo, balki butun dunyo uchun global muammo bo’lib qolmoqda. U yerdagi hozirgi ahvol juda achinarlidir. U yerdagi urush qanchadan qancha begunoh insonlarning yostig'ini quritdi,qanchadan qancha yosh go'daklar o'ldirildi; qizlar, ayollar qul qilindi va sotildi. Bunday voqea o'zimizning O'zbekiston hududida ham ,jumladan, Andijon viloyatida sodir bo'laganini hammamiz bilsak kerak. Diniy esktremistik guruh vakillari ya'ni terroristlar davlat chegaralarimizni buzib o'tib, Andijon viloyati hokimligini egallab u yerdagi begunoh davlat hodimlarini vahshiylarcha o'ldirgan, xalqni qo'rquvga solgan.
Muhtaram Birinchi Prezidentimiz o'zining "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida ta'kidlaganidek: " Afsuski bu tahdidlar dunyoning turli buzg'unchi kuchlari tamonidan shunday ustakorlik bilan tarqatilmoqdaki, u o'zining jozibali ta'sir kuchi orqali ko'plab insonlarni kundan kunga o'z domiga tortib bormoqda".
Diniy ekstremizm va terrorizm illatining yaqin yillarda borgan sari kuchayib ketayotganligi ushbu muammoning dolzarbligidan dalolat beradi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ham shunday fikrlarni aytgan edi: “Bugungi tahlikali va murakkab zamonda dunyoda yuz berayotgan keskin ziddiyatlar, to’qnashuvlar va qarama- qarshiliklar, millatlar va dinlar o’rtasidagi turli mojarolarni hammamiz ko’rib, bilib turibmiz. Ayniqsa, yovuz maqsadlari yo’lida muqaddas islom dinimizni niqob qilib olgan g’arazli harakat va kuchlar sog’lom fikrlaydigan hech bir insonni tashvishga solmasligi mumkin emas. Dunyoning turli burchaklarida, musulmon mamlakatlarida yuz berayotgan qo’poruvchilik va buzg’unchilik harakatlaridan barchamiz tegishli xulosa chiqarib, doimo hushyor, sezgir va ogoh bo’lib yashashimiz kerakligini hayotning o’zi taqazo etmoqda”.


Bunday holat har bir insondan doimo ogoh va hushyor bo’lishni, yon-atrofda yuz berayotgan hodisalarga befarq qaramaslikni talab etadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, yurtimizning to’qson foizidan ko’prog’ini musulmonlar, ya’ni islom dini vakillari tashkil etadi. Shunday ekan, har bir o’zini ma’naviyatli hisoblaydigan inson islom dini bilan bog’liq bo’lgan ibodat marosimlari va diniy tushunchalarini to’g’ri anglab yetishi zarurdir. Chunki bularni tushunmagan, islom dinining mazmun-mohiyatini to’liq anglab yetmagan inson an’anaviy sof islom bilan soxta diniy oqimlarni farqlay olmaydi, natijada esa turli diniy guruhlarning “qurbon”iga aylanib qoladi. Muxtasar qilib aytganda, muayyan shaxslarning manfaaatlari yo’lida ularning nog’orasiga o’ynayotgan kimsaga aylanib qoladi. Biz yashayotgan bu zamonda buzg’unchi g’oyalar va ularga yetaklaydigan kishi bilmas qora yo’laklar shunchaliik ko’pki, bu bizdan, yoshlardan, tinch va farovon hayotimizni asrab qolish uchun juda kuchli bilim, ogohlik va hushyorlik talab qiladi. Har bir jamiyatning asosiy bo’g’ini bu yoshlardir. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek: “Taraqqiyotni to’xtatib bo’lmaydi”. Har bir narsaning yaxshi va yomon tomoni bo’lganidek, taraqqiyotning ham ikki xil tomoni mavjud. Ayniqsa, gap “XXI asr – axbrot texnologiyalari asri” haqida ketganda. Insoniyat ibtidosidan to intihosigacha axborot, ya’ni informatsiyalar qurshovida yashaydi. Jahon miqyosida 8 milliarddan ziyod odam bo’lsa, ularning hech birining barmoq izlari bir xil bo’lmaganidek, ularning o’y-fikrlari, orzu-umidlari va qarashlari ham har xil. Afsuski, ularning orasida buzg’unchi, vayronkor g’oyalar ham talaygina. Insonlar yaxshi va yomonga ajratilgani kabi ularning maqsadlari ham turlicha. Mana shunday buzg’unchi oqimlarning asosiy qurbonlari, afsuski ,biz kabi yoshlar bo’lmoqda. Chunki, yoshlar o’tmish va kelajakni bog’lab turuvchi ko’prikdir. Bizning vatanimiz miqyosida oladigan bo’lsak, xalqimizning 58 % ini yoshlar tashkil qiladi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon yoshlarimizga kelajakning poydevori sifatida qaralib, ularning har tomonlama yetuk, barkamol, bilimli qilib tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. Bu sohada qilinayotgan ishlar va islohotlar tahsinga sazovordir. Ammo mustaqillikkacha bo’lgan davr, uning asoratlari va o’sha davrda vujudga kelgan g’oyaviy bo’shliq osonlikcha to’lmaydi. Nimaiki bo’lmasin agar unda bo’shliq hosil bo’lsa bu bo’shliqni boshqa narsa to’ldirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham yoshlarimiz ko’p hollarda boshi berk ko’chalarga kirib qolmoqda. Shubhasiz, bu boshi berk ko’chalarga kirib qolishning asosiy vositalaridan biri bu internet bo’lmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, internetdagi axborotlarning 70-75 % ini noqonuniy buzg’unchi g’oyalar tashkil etar ekan. Har kim dunyoni o’z qarashlariga ko’ra tasavvur qiladi va undan nimani izlasa shuni topadi. Internet ham hozirgi zamondagi eng qulay axborot va bilim almashish vositasidir. Shunga qaramasdan u turli xil buzg’unchi oqimlar terrorizm, diniy ekstremizm va yana turli ommaviy madaniyat targ’ibotchilarining buzg’unchi g’oyalariga ham to’lib-toshmoqda. Internetdagi foydali ma’lumotlardan ko’ra buzg’unchi g’oyalar ko’plab yoshlar e’tiborini tortmoqda. “Taqiqlangan daraxtning mevasi shirin bo’ladi” –deyishganidek, qo’rqinchli, vahimali, buzg’unchi g’oyalar tinchlikparvar g’oyalardan ko’ra tezroq va ko’proq ko’rilmoqda. Tabiiyki, axborot oqimlarini endi cheklab qo’yishning iloji yo’q va endi bundan faqatgina xalqda o’ta kuchli mafkuraviy immunitet hosil qilish orqaligina himoyalanish mumkin. Yoshlarimizning mafkuraviy-immunitetini hosil qilishda avvalo, uning ota-onasi, mahallasi, ,maktabi umuman uning atrofidagi zamondoshlari birdek muhim rol o’ynaydi. Ozgina e’tiborsizlik ham yoshlarimiz hayotiga turli mudhish oqimlarning kirib kelishiga turtki bo’lishi mumkin. Hozirgi zamonda yoshlarni muqaddas diniy ta’limotlarimiz va qadriyatlarimiz, ota-onaga hurmat, millat dardi bilan yashash, oilani muqaddas deb bilish, kelajakka ishonch bilan qarash kabi tushunchalar ruhida tarbiyalash bugungi jamiyatimizning eng asosiy vazifasi bo’lib qolmoqda. Hindistonlik ma’rifatparvar Mahatma Gandi aytganidek: “Tashqaridagi bo’rondan qo’rqib derazamni butunlay yopib qo’yolmayman. Chunki, menga toza havo kerak, toza havo kerakligi uchun butunlay boricha ochib ham qo’yolmayman. Chunki uyim chang-to’zonga to’lib ketishini istamayman.”
Islom dini- inson qadri va taraqqqiyoti uchun xizmat qiladigan eng ezgu g’oylar bilan yo’g’rilgan tinchlikparvar din. Biroq turli diniy ekstremestik va terrorchi tashkilotlar o’zlarining g’arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’limotining ayrim g’oya va tamoyillari mazmun-mohiyatini bir yoqlama, noto’g’ri talqin qilib, odamlarni to’g’ri yo’ldan adashtirishga urinmoqda. Masalan, “Qur’oni karim”ning “Baqara” surasi 256-oyatida “La ikroha fid-din”, ya’ni”Dinda zo’rlash yo’q” deya aytilgan bo’lsa, yana birida qon to’kishning kechirilmas gunoh ekanligi keltirib o’tilgan. Shuningdek har bir musulmon tinchlikni saqlashga kirishishi kerakligi ta’kidlangan: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!..”
Missionerlik- bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishdir, asl maqsad esa bundan ancha dahshatliroq. Bunda o’z diniy ta’limotlarini targ’ib qilish yo’li bilan jamiyatda xayrixoh bo’lgan guruhlarni shakllantirish va shu orqali jamiyat boshqaruvini qo’lga olishdir. Islom niqobi ostida faoliyat ko’rsatayotgan ekstremistik, terroristik guruhlarning maqsadlari esa yuqoridagidan ham dahshatliroq va razilroqdir. Terrorizm tom ma’noda jaholatdir. Buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan xalqaro terrorizm va uning har qanday ko‘rinishi kishilik jamiyatining o‘tmishida ham, bugunida ham butun xalqlar boshiga og‘ir kulfatlar yog‘dirmoqda. Har yili uning tajovuzidan 100 mingdan ortiq begunoh kishilar qurbon bo‘lmoqda; jamiyat rivojlanishiga ayrim davlatlar,mintaqalar va insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotiga jiddiy tahdid solmoqda; tarqalishi esa ham ekstremizm va terrorizmning jahon miqyosida keng ko‘lamda avj olishiga sabab bo‘lmoqda.
Diniy tashkilotlar aslida o’z maqsadlariga erishish yo’lida dindan niqob sifatida foydalanadilar:
-soxta islom;
-soxta xristianlik;
-soxta iudaizm;
-dinlarni inkor etish;
-yangi din o’ylab topish kabilardir.
Mutaxassislarning fikricha, bunday terrorchi tashkilotlarning paydo bo’lish
sabablari quyidagicha ekan :
-davlatlararo ziddiyatlar;
-o’z hukumatiga qarshi;
-ayirmachilik maqsadida va o’z davlatini tuzish uchun kurashish;
-qashshoqlik va ishsizlik;
-tashqi davlatlarning qo’llashi.
Bunday guruh a’zolarining ko’pchiligini ,ming afsuski, talabalar va ishchilar tashkil etadi. Ularning ish usullari jamoatchilik joylarida portlashlar sodir etish, ekstremistik ruhdagi varaqalar tarqatish,siyosiy qotilliklarni amalga oshirish va tartibsizliklar keltirib chiqarish kabilardan iboratdir.
Butun dunyo xalqlari diqqat markazi Iroq va Shom islom davlatidagi
(ISHID) terrorchi tashkilotining o'z vahshiyona harakatlarini hamon davom
ettirayotganligida. Birgina 2013 yilda ISHID Iroq hududida 10 mingdan ziyod
terrorchilik harakatlarini sodir etgan bo’lsa, terrorchilar 80 ga yaqin
portlashlarni amalga oshirgan. Dunyodagi birorta ulamo bu “davlat”ni tan
olmaydi. 2014-yil sentabr oyida 126 nafar ulamo tashkilotboshchisiga
ochiq xat yozdi. Unda ISHIDchilar amalga oshirayotgan harakatlarni
Qur’on va hadisga zid ekani aytilib, insoniylikdan yiroq, manfur
jinoyatlari qoralandi. ISHIDning kelajagi yo‘qligi aniq. Uning faoliyatiga
ertami-indin chek qo‘yiladi. Eng yomoni, urush sababli dunyodan ko‘z
yumgan odamlarni endi hayotga qaytarib bo‘lmaydi. Bu – ISHID faoliyat
olib borayotgan mamlakatlardagi holat. XX asr boshida Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining “Padarkush” asarida bu illatning kelib chiqishini shunday izohlagan edi: “Bizlarni xonavayron, bachagiryon, bevatan va bandi qilgan tarbiyasizlik va
jaholatdur...”
Jaholat 1999 yil 16 fevral kuni tariximiz sahifasida o‘zining

qonli izlarini qoldirdi ham. 2005-yilning 12-13-may kunlari Andijonda “Akromiylar” deb atalgan terrorchi guruhlar tashkiloti ko’pgina begunoh odamlar umriga zomin bo’ldi.Buyuk shoir bobomiz Alisher Navoiy :“Johillikdan besaodatliroq nima bor?” – degan ekanlar. Ayni paytda, diniy oqimlar tomonidan kishilarni o’zlariga qo’shib olishda ularning o’ziga xos xususiyatlari, jinsi, yoshi xarakteri va ruhiy kechinmalari bilan bog’liq taraflariga e’tibor berilmoqda. Birinchi Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida shunday deganlar: “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qatiy nazar, har qaysi odamlarning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion
xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.”
Tahdidlarning xavfli tomoni shundaki, buzg'unchi kuchlar o'zlariga nishon qilib aynan barchamizning eng aziz, eng katta boyligimiz,ko'zimizning oq-u qorasi bo'lmish yoshlarilarimizni tanlashmoqda. Turli niqoblar, birinchi galda so'z va fikr erkinligi, inson va jamiyat erkinligi deb ularning fikrini chalg'itishga, zamonaviy usul va vositalar orqali ularning hali murg'ak qalblarini zaharlashga, ularning ongidagi bo'shliqni buzg'unchi g'oyalar bilan to'ldirishga harakat qilmoqda. Iloji boricha, yoshlar ongida asrlar mobaynida shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizga, an'analarimizga, urf-odatlarimizga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik kayfiyatini uyg'otib o'z mafkurasini va buzg'unchi g'oyasini singdirishga intilmoqdalar. Ular asrlar davomida shakllanib kelgan ota -bobolarimiz yaratgan milliy va ma'naviy, qadimiy obida va yodgorlikalarimizni yo'q qilishga urinishmoqda. Ona vatanimizni, tug'ilib o'sgan joyimizni,kindik qonimiz to'kilgan zaminni,,asrlar davomida bobolarimiz jangu- jadalar qilib asrab kelgan diyorimizni vayron qilishga,sotishga va unga hiyonat qilishga da'vat qilishmoqda. Ona vatanimizda buzg'unchilik g'oyalarining urug'ini sochishga harakat qilmoqdalar. Shunday buzg'unchiliklardan yana biri bu "ommaviy madaniyat"degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo'ravonlik g'oyalarni tarqatish, kerak bo'lsa shuning hisobidan boylik, boshqa xalqlarning necha ming yillik an'ana va qadriyatlari,turmush tarzining ma'naviy negizlariga bepisandlik bilan qarab,ularni qo'porishga qaratilgan xatarli tahdidlar ham odamlarni tashvishga solmay qo'ymaydi. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlarni mensimasdan,eskilik sarqiti deb qarash bilan bog'liq bo'lgan bugungi taraqqiyotga inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda. Bunga misol qilib aytadigan bo'lsak, hozirgi kundagi kiyinish madaniyati mutlaqo bizning madaniyatimizga umuman mos emas. Har xil chet mamlakatlardan kirib kelayotgan ochiq- sochiq , yirtiq- yamoq kiyimlar bizning o'zbekchiligimizga umuman to'g'ri kelmaydi. Bizning madaniyatimizga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan chet el kinolari hozirgi kunda juda jadallik bilan yurtimizga kirib kelib yoshlarimiz,odamlarimiz ongini zaharlamoqda.


Hozirgi paytda kichkinagina, arzimas deb tuyulgan xabar, axborot kelgusida o'rnini, zararini hech qanday yo’l bilan qoplab bo'lmas xatoga aylanishi mumkin. Shunday ekan bunday buzg'unchi g'oyalar oqimiga, tasiriga tushib qolmaslik uchun, ularga qarshi kurashishimiz uchun ,eng avvalo, milliy qadriyatlarimiz, milliy mafkuramizni chuqurroq anglashimiz va oldimizga ezgu maqsad qo'yishimiz va shu maqsad sari olg'a borishimiz kerak. Oldiga ezgu maqsad qo'ymagan, o'z vaqtini behuda sarflab umrini behuda o'tkazayotgan kishilar xuddi shunday buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushib qolib, uning qurboniga aylanadi. Shuning uchun biz yoshlarimizga milliy g'oya, milliy mafkura nima ekanligini-yu, buzg'unchi g'oya nima ekanligini,uning olib keladigan kulfatlari, jamiyatga ,xalqqa yetkazadigan zararlari, ofatlari haqida yoshlarimizga tushuntirishimiz kerak. Ta'lim tarbiyani kuchaytirishimiz,unga katta ahamiyat berishimiz kerak. Tarbiya haqida buyuk allomamiz Abdulla Avloniy bobomiz shunday deb ta'rif beradi:"Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidur". Shuning uchun tarbiyaga, oiladagi, jamiyatdagi tarbiyaga katta ahamiyat berishimiz kerak. Yoshlarimizni vatanparvarlik, xalqiga vataniga sodiq farzand qilib tarbiyalashimiz, ma'naviy immunitetini kuchaytirishimiz,buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashashga o'rgatishimiz kerak. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov takidlaganlaridek:"Bizning ertangi kunimiz, kelajagimiz, yurtimizning istiqboli,va ravnaqi hozir ulg'ayib rivojlanib kelayotgan yoshlarimizga bog'liq. Shuning uchun biz yoshlarimizning tarbiyasini, mashg'ulotini nazorat qilib borishimiz biz kattalarning vazifamiz va burchimizdi''. Biz ularni erkin fikrlashga, milliy qadriyatlarimizni,urf- odatlarimizni,an'anlarimizni sevishga va asrab avaylashga o'rgatishimiz kerak. Ularga bular qanday mashaqqatlar bilan shu kungacha yetib kelganini tushuntirishimiz kerak. Ularni bundan keyin ham saqlab kelajak avlodga qoldirishimiz kerak. Ma'naviy immunitetini oshirishimiz, kuchaytirishimiz buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashishiga qaratilgan samarali usul va uslublarini ishlab chiqishimiz kerak. Ma'naviyatimizga zid bo'lgan, milliy g'oyalarimizga qarshi bo'lgan,va uni yo'q qilishga urinayotgan buzg'unchi g'oyalarini ochib berishimiz kerak. Ularning buzg'unchi g'oyalari, fikrlari kishiga va xalqqa, jamiyatga qanchalik darajada ziyon, zahmat keltirishini yosh avlodga tushuntirishimiz kerak. Faqat shundagina yoshlarni o'z fikriga ega, turli ma'naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo'lgan, fidoyi, irodali va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashimiz mumkin bo'ladi. Hozirgi paytda Muhtaram Prezidentimiz,davlatimiz biz yoshlarga juda katta imkoniyat va sharoitlar yaratib bermoqda. O'qishimiz, sport bilan shug'ullanishimiz uchun va yana juda ko'p o'zimiz qiziqqan soha bilan shug'ullanishimiz uchun hamma sharoitlar mavjud. Zamonaviy kutubxonalar, katta- katta sport inshootlari, musiqa maktablari va juda ko'p sharoitlarni biz uchun yaratib bermoqdalar. Yaqinda Prezidentimiz tamonidan davlat dasturi sifatida ishlab chiqilgan 5 tashabbus ham biz yoshlar uchun sharoitlar yaratib berish to'g'risida ekanligini unutmasligimiz kerak. Besh tashabbus quyidagilardan tashkil topgan:
1.Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot,teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishiga iste'dodini yuzaga chiqarish.
2. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, va sportga oshno qilish va ularning sport bilan shug'ullanishiga sharoit yaratib berish.
3. Aholi va yoshlar o'rtasida internet va axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmasini oshirish va ulardan samarali foydalanish. 4.Kitobxonlikni rivojlantirish va yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish.
5. Xotin - qizlarni ish bilan ta'minlash.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: "Yoshlarimizni shu sohalarga va o'zlari yoqtirgan sohalarida erkin ijod qilishlari uchun sharoit yaratib berishimiz kerak,"-deb ta'kidlaydilar. Hozirgi kunda yoshlarimizning o'zi yoqtirgan sohalarda erkin ijod qilishlari uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Prezidentimiz aytganlaridek yoshlarni rassomchilikka, teatrga,adabiyotga, san'atga qiziqtirishimiz kerak. Chunki bu sohalar insoni yaxshilika,ezgulikka yetaklaydi. Insonning dunyoqarashini kengaytiradiOdam qachon tom ma’noda mustaqil bo‘la oladi? Qachonki, qalbi va ongi, butun vujudi uning o‘ziga tegishli bo‘lsa, u faqat o‘z xohish-irodasiga tayanib harakat qila olsa.Psixologik ta’sirga tushib qolishning oldini olish uchun insonlarning ,avvalo, oilaviy muhitiga va tarbiyasiga katta e’tibor berilishi, darslar davomida din haqida sog’lom dunyoqarashni shakllantirilishi, turli ma’rifiy-madaniy tadbirlar o’tkazilishi lozim, deb hisoblayman. Terror tashkilotlari ijtimoiy tarmoqlar va turli zamonaviy texnologiyalardan o’zlariga odam yollash uchun keng foydalamoqda; Facebook, Odnoklassniki va Vkontakte kabi tarmoqlar hamda WhatsApp va Telegram singari xabar almashish ilovalaridan, shuningdek, YouTube videoxostingidan foydalanmoqdalar.
Qiziq, bunday insonlar nafaqat boshqa birovlarning, qolaversa o’z farzandining, oilasining baxtiga zomin bo’layotganlarini anglasharmikanlar?! Ular o’zini oq yuvib, oq tarab ulg’aytirgan o’z ona zaminiga qanday qilib qo’l ko’tarar ekan-a?! To’gri, aksariyat ularning tuzog’iga g’o’r yoshlar ilinmoqda. Tabiiyki, ularda o’smirlik davri tufayli turli muammoli vaziyatlar, tushkunlik holatlari uchrashi va shu omil tufayli turli oqimlarga kirib qolishlari mumkin. Bundan tashqari endi mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yoshlarimiz boshqa tengdoshlaridek kiyingisi, ularniki kabi qimmat uyali aloqa vositasidan foydalangisi kelib, pul topish ilinjida ham shu boshi berk ko’chaga kirib qolishmoqda. Bu ularda ma’naviy bo’shliq borligidan kelib chiqadi, buni bartaraf etish uchun har bir mahalla, o’quv dargohlarida targ’ibot –tushuntirish ishlari olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ammo hayot tajribasi bor, hamma narsani ongli tarzda fikrlay oladigan va bilib turib shu ishga qo’l urayotganlar ham , ming afsuski, ko’plab topiladi. Balki sizda nega degan savol tug’ilar?! Hammasi man shu mullajiring- qo’lning kiri bo’lgan oddiy qog’oz tufaylidir. Islomni niqob qilgan bunday sotqin kishilarni bir so’z bilan “johillar” deb atash mumkin.
Mustaqillik tufayli jadal sur’atlarda rivojlanayotgan jonajon O’zbekistonimizni bugun butun dunyo tan olmoqda, shu bilan birga uning bunday osoyishta, farovon ekanligini ko’ra olmay hasaddan yonayotganlar ham minglab topiladi . Dunyoda notinch , tinmay urush bo’lib turgan davlatlar ham yo’q emas, insoniyat boshiga dahshatli balolarni solishi mumkin bo’lgan bu urush xavfi hammani ogoh qilmog’i lozim . Biz shunday jannatmakon yurt O’zbekiston fuqarosi ekanligimizdan faxrlanmog’imiz shart, uni asrab-avaylamoq, joiz bo’lsa, ko’zimizning gavhariga aylantirmog’imiz darkor. O’zbek xalqi-tanti, oliyjanob, mehmondo’st, mehribon va kechirimli xalqdir, ba’zi bir sabablar bilan adashib qolganlarni qamoqxonalardan ozod qilib, to’g’ri yo’lga boshlab yuborish, kerak bo’lsa ularga moddiy-ma’naviy yordam qilish xalqimizning insoniy fazilatlaridan bo’lib kelmoqda.. Shuningdek diniy bag’rikenglik ifodasi sifatida Konstitutsiyamizning 31-moddasini keltirishimiz ham mumkin: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”.Yoshlarning faol ijtimoiy kuch ekanligini bilgan holda shuni aytishim mumkinki, biz yoshlar jonajon O’zbekistonimizni asrashimiz, uning boyliklariga ko’z olaytirayotgan manfur kimsalardan ehtiyot bo’lishimiz va eng muhimi ma’naviy jihatdan yetuk bo’lishimiz shart. Mafkuraviy jang maydonida inson qalbi va ongini zabt etishda diniy omilning o’rni beqiyos va shu yo’l orqali yoshlar ongini zaharlab tinch davlatlarda beqaror vaziyatlarni vujuda keltirmoqdalar. Bu esa, ogohlik va hushyorlikka bo’lgan talab kun sayin ortib borayotganini ko’rsatadi.Zero, Vatan tinchligi va ravnaqi yo’lida hamma bir tan-u bir jon bo’lib kurashsagina, yurt obod, sarhadlarimiz daxlsiz bo’ladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy – ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir.” Terrorizmga qarshi kurashning muhim jihatlaridan biri bu uning moddiy va moliyaviy ta’minotini aniqlash va oldini olish hisoblanadi. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash masalasi ko’pgina xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, BMTning Terrorizga qarshi kurash qo’mitasi, FATF(Finanacial Action Task Force- jinoiy daromadni legallashtirishga qarshi moliyaviy kurashni amalga osiruvchi hukumatlararo tashkilot) va boshqa xalqaro tashkilotlarning diqqat-e’tibori markazida ekanligi ham bejiz emas. “Terroristik faoliyatni moliyalashtirish” tushunchasi xalqaro maydonda ilk marotaba BMTning 1994-yilgi Xalqaro terrorizmni bartaraf etish bo’yicha choralar to’g’risidagi deklaratsiyasida o’z aksini topgan. Ushbu hujjatda har bir davlatning terroristic tashkilotni tashkil etish, unga da’vat etish, uning faoliyatiga ko’maklashish, uni moliyalashtirish, rag’batlantirish yoki qo’llab-quvvatlash bo’yicha faoliyatidan tiyilib turish majburiyati belgilandi. Shuningdek, davlatlar zimmasiga ularning fuqarolariga qarshi terroristic harakatlarga tayyorgarlik ko’rish yoxud tashkil etish maqsadida foydalanmasligi uchun amaliy choralarni ko’rish majburiyati yuklatildi. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash masalalari O’zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risida”gi 167-IIson hamda Jinoyat kodeksida o’z aksini topgan.
Shuningdek, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonun bilan terrorizmni moliyalashtirishag qarshi kurashishga qaratilgan quyidagicha to’rtta chora-tadbirlar tizimi belgilangan(4-modda):




  1. Download 29,81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish