Gmo butun dunyo uchun kerakmi?



Download 14,83 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi14,83 Kb.
#904085
Bog'liq
EK-63 Xayitov Diyorbek Kreativ fikrlash


GMO butun dunyo uchun kerakmi?
GMO bu geni modifikatsiyalangan (o‘zgartirilgan) organizm bo‘lib, bakteriya, o‘simlik yoki hayvon organizmining qaysidir xususiyati genetik injeneriya usuli yordamida organizmga begona organizm genini kiritish yo‘li bilan o‘zgartiriladi. Bunday jarayonlar aslida tabiatda tabiiy holatda ham uchraydi, bu holatga transformatsiya yoki genlarning gorizontal ko‘chishi deb ataladi. GMO da esa ushbu jarayon odam tomonidan ko‘zlangan maqsad asosida hosil qilinadi.
GMOning qanday yaratilishini nazariy misol orqali tushuntiradigan bo‘lsak, tasavvur qiling, kundalik taom tayyorlashda ishlatadigan oshpiyoz, odatda -1oC da muzlab qoladi va uni muzlagandan keyin o‘z holiga qaytarib bo‘lmaydi. Uni endi ovqatga ishlatib bo‘lmasligini hamma uy bekalari juda yaxshi bilishadi, shu bois piyozlarni muzlab qolishdan saqlash choralari ko‘riladi. Chunki piyozning hujayralarida uning sovuqqa chidamliligi -1 darajagacha xolos deb belgilab qo‘yilgan. Uning genlariga xuddi ana shunday yozib qo‘yilgan. Xuddi mana shu piyozni -10 darajada ham muzlamaydigan qilishning imkoni bormi? Hozirgi genetik injeneriya bunga imkon beradi, qanday qilib? Masalan, Antarktidada yashovchi X baliq -8-9 oC sovuqda ham faol harakatlanib yuraveradi, ya’ni uning geniga baliq organizmi shu sovuq darajagacha chiday olishi yozib qo‘yilgan deylik. Olimlarning oldiga vazifa qo‘yiladi: baliqning o‘sha xususiyatini piyozga ko‘chirib o‘tkazish! Bu quyidagi 4 ta bosqichdan iborat.
Avvalo piyozning qaysi geni uning sovuqqa chidamliligini belgilashi qidirib topiladi. Xuddi shunday — X baliqning ham o‘sha geni qidirib topiladi va o‘sha genning o‘zi laboratoriya sharoitida baliq hujayrasidan ajratib olinadi.
Baliqdan ajratib olingan gen piyoz geniga kiritilishi uchun maxsus vektor konstruksiya deb nomlanuvchi jarayon tashkillashtiriladi. Bunda genni tashish uchun turli plazmidlar deb nomlanuvchi genetik strukturalardan foydalaniladi. Kerakli genni odamning o‘zi piyoz hujayrasidagi genga shundoqqina ko‘chib o‘tkazib qo‘ya olmaydi. Maxsus plazmidga kerakli gen biriktiriladi, plazmid esa uni bakteriya yoki virus yordamida hujayra ichiga olib kiradi.
Piyozning bitta hujayrasidagi sovuqqa chidamlilik geni maxsus usulda olib tashlanadi. Endi avvaldan yaratilgan vektor konstruksiya baliq genini piyoz hujayrasiga kiritadi va belgilangan joyga ulab qo‘yadi. Natijada piyozning ilgari -1 darajaga chidaydigan geni o‘rniga baliqning -8-9 darajaga chidaydigan geni oladi. Baliqning boshqa hech qanday xususiyati o‘tmaydi, hech qanday! Faqatgina sovuqqa chidamlilik genigina ko‘chib o‘tadi xolos. Shunday usulda hosil qilingan hujayra transgen hujayra deyiladi.
Mana endi o‘sha transgen hujayradan maxsus ozuqa muhitida biz bilgan butun piyoz o‘simligi hosil qilinadi. Uning ko‘rinishi, hidi, mazasi va boshqa hamma xususiyatlari avvalgi piyozning o‘zi, chunki boshqa genlariga tegilmagan. Lekin endi bu piyozimiz tabiiy sharoitda -8-9 darajali sovuqda qolib ketsa ham muzlab qolmaydi. Mana shunday yaratilgan piyozga biz transgen piyoz yoki geni modifikatsiyalangan organizm (GMO) deb ataymiz. Ushbu piyoz ko‘paytirilib, laboratoriya sharoitida qayta-qayta tekshiriladi va shundan keyin bozorga chiqariladi.
Ayni vaqtda xuddi mana shunday usulda hosil qilingan juda ko‘plab transgen o‘simlik va hayvon turlari mavjud. Ularning zararkunandalarga, qurg‘oqchilikka, turli salbiy tabiiy va antropogen omillarga chidamliligi tufayli yildan-yilga yo‘qotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori kamayib bormoqda. Jumladan, 2014-yilda o‘tkazilgan 147 ta metaanaliz tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra, butun dunyoda qishloq xo‘jaligi ekinlari orasidagi GMO hosildorligining zararkunandalar tufayli yo‘qotilishi oddiy o‘simliklarnikiga qaraganda 21,6 foizga past bo‘lgan, shu tufayli pestitsidlarga 36,9 foiz kam xarajat ketdi. Umumiy chiqim 39,2 foizga oz, kirim esa 68,2 foizga yuqori bo‘lgan.

GMO mahsulotlarining eng muhim xususiyatlaridan yana biri ularni yetishtirish oson, arzon va qulay. Shu bilan birga GMO o‘simlik mahsulotlarini boshqa o‘simliklarga qaraganda yilning istalgan vaqtida topish imkoni mavjud. Shu birga GMO mahsulotlari nisbatan arzonligi, ularni saqlashda maxsus talablar mavjud emasligi bilan ham ajralib turadi.
Ko‘pchilik GMO deganda faqatgina yeyiladigan mahsulotlarni ko‘z o‘ngiga keltiradi, aslida GMO faqat oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi. Ular ilmiy tadqiqotlarda, tibbiyotda, farmatsevtika sanoatida, qishloq xo‘jaligida, atrof-muhitni tozalashda ham qo‘llaniladi.
Ilmiy tadqiqotlarda esa GMO organizmlardan ko‘plab kasalliklar qanday yuzaga kelishini aniqlashda keng foydalaniladi. Jumladan, Alsgeymer, saraton kabi kasalliklarning qanday yuzaga kelishi aynan ana shunday organizmlarda o‘rganish asosida aniqlandi.
Ayni vaqtdagi rasmiy statistikaga ko‘ra, Yer yuzida 415 mln. kishi qandli diabet kasalligi bilan og‘riydi. 2040-yilga borib, ularning soni 642 mln. nafarga yetishi aytiladi. Mana shu kasallarning ko‘pi kuniga insulin qabul qilishga majbur, aks holda ahvoli tezda yomonlashadi. Xo‘sh, shuncha bemorga insulin qanday yetkazib beriladi deb o‘ylaysiz? Dastlab bu gormon buqa va cho‘chqa oshqozon osti bezidan ajratib olib tayyorlangan, lekin bu usulni sanoat miqyosida qo‘llab bo‘lmaydi. Hozirda aynan insulin gormonining geni maxsus bakteriyalar genomiga kiritilib GMO bakteriyalar hosil qilingan. Ular o‘z faoliyati natijasida insulin hosil qiladi. Mana shu bakteriyalar 415 mln. aholining salomatligini bir maromda ushlab turish uchun xizmat qilmoqda.Qonning qon tomirlari ichida ivib qolishi natijasida yuzaga keladigan tromboz kasalligini davolashda qo‘llaniladigan dori preparatlari ham aynan GMO echkilar suti tarkibidagi oqsil asosida yaratilgan.Ayni vaqtda 33 turdagi transgen o‘simliklar (GMO) odamlar tomonidan oziq-ovqat sifatida keng qo‘llanilmoqda: kartoshka, papayya, oshqovoq, baqlajon, olma, makkajo‘xori, soya, loviya, qovun, guruch, pomidor, shirin qalampir, bug‘doy, qand lavlagi, raps va boshqalar. GMO sizning geningizni o‘zgartirish xususiyatiga ega emas, buni genetikaning fundamental qonuniyatlarini bilgan har qanday odam tasdiqlashi mumkin. Bu narsa tajribada isbotlangan. Biz iste’mol qiladigan har bir o‘simlik va hayvon tarkibida u tabiiy bo‘ladimi, GMO bo‘ladimi albatta DNK bo‘ladi. Odam odatda ovqat yeganda o‘zi iste’mol qilgan o‘simlik va hayvon mahsulotlari asosida 0,1-1 g. gacha DNK iste’mol qiladi. Ularning 95 foizi hazm yo‘lida ichakka borguncha alohida nukleotidlargacha parchalanib ketadi. Qolgan 5 foiz DNK o‘rtacha 100-400 nukleotiddan iborat bo‘lib, ichakkacha yetib boradi. Ko‘pchilik mana shu DNK bo‘laklari odam DNK siga transformatsiya bo‘lish ehtimoli mavjudligini aytadi. Xuddi mana shu ehtimollikni olimlar jo‘ja va buzoqlarda tajribada sinab ko‘rganlar. Natijada ovqat tarkibidagi DNK bo‘laklari ichak devoridan qon tomirlariga o‘ta olmasligi ma’lum bo‘ldi. GMO to‘g‘risidagi yakuniy xulosam shundan iboratki, transgen organizmlar insoniyatni halokatga yetaklovchi yo‘l emas, u insoniyat og‘irini yengil qilish uchun dunyoning minglab olimlari tomonidan uzoq yillar davomida tinimsiz mehnatlar natijasida yuzaga kelgan ilmiy kashfiyotdir. Uning naqadar foydali yoki zararli ekanligini eng odil hakam vaqtning o‘zi ko‘rsatib beradi.qonlarda o‘tkazilgan tajribalarda ham ayni natijaga erishilgan.
Test
1a
2a
3a
4a
5a
6a
7a
8a
9a
10a
Download 14,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish