Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari



Download 44,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2022
Hajmi44,25 Kb.
#858907
Bog'liq
kk



Globallashuv va sekulyarizatsiya
jarayonlari.
“Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”,
ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun
dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”,
ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib
chiqqan. “Collins english” lug‘atida (1998)
globallashuv moliyaviy va sarmoya kirituvchi
bozorlarga davlatlar va millatlarning o‘zaro
bog‘lanmaganliklaridan foydalangan holda
rivojlangan va tartibga solingan aloqalar orqali
boshqarish imkoniyatini beradi, deb ta’kidlanadi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
doktoranti A.Nurmatovning 2006 yilda “Hurriyat”
gazetasida chop etilgan “Internet globallashuvi”
nomli maqolasida yozilishicha, “globallashuv
jarayonini olimlar “internatsionallashtirish
yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki
erkinlashtirish”, “universallashtirish” hamda
“g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi.


“ I n t e r n a t s i o n a l l a s h t i r i s h ”
— mamlakatlararo munosabatlar, xalqaro
savdoning o‘sishi, demokratiya va inson
huquqlari kabi g‘oyalarni o‘zaro almashinishidir.
“Liberallashtirish” — mamlakatlararo ochiq
savdoni chegaralashning man etilishi va jahon
iqtisodiyotini erkinlashtirish.
“Universallashtirish” — bu turfa qarash va
tajribalarning yer yuzidagi barcha insonlar
o r a s i d a t a r q a l i s h i . I q t i s o d i y v a m a d a n i y
aloqalarning o‘sishi milliy madaniyat va
qadriyatlarning uyg‘unlashuviga olib keladi.
Boshqacha aytganda, madaniyatlarning qo‘shilib
ketishi natijasida o‘zgacha madaniyat yuzaga
keladi”.
B u g u n g i k u n g a k e l i b e s a g l o b a l l a s h u v
antropogen ta’sir natijasida keng quloch yozib
keldi. Uning to‘xtovsiz harakatlanishi uchun
quvvat manbai – inson tafakkuri hisoblanadi.
Shuning uchun ham uni antropogen hodisasining
hosilasi deb izohlash mumkin, ya’ni inson omili


bu jarayonda asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda
globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari
m a v j u d d e y a f i k r y u r i t i l a d i . A s l i d a e s a
globallashuv alohida hayot tarzi emas, balki
bugungi davrning umumiy manzarasidir. Uning
ichida yaxshi voqealar ham, yomon voqealar
ham ro‘y beradi. Bunyodkor va vayronkor
g‘oyalar ham globallashuvning botinida mavj
uradi, undan tashqarida emas.
Lekin bu hodisalarning sababchilari insonlardir
va agar odamzod bo‘lmaganida edi, hech
qanday sivilizatsiya ham, urushlar ham,
globallashuv ham bo‘lmas edi. Hammasi –
INSON atrofida ro‘y bermoqda.
Globallashuvni to‘xtatib bo‘ladimi, degan savol
tug‘ilishi mumkin. Javob esa quyidagicha: yo‘q.
Bu mumkin emas. Uning yo‘lini to‘sish uchun
salkam ikki asr muqaddam chora ko‘rish lozim
edi. Ammo bunday voqea sodir bo‘lganda hozirgi
taraqqiyot, zamonaviy qulay yashash sharoitlari,
turfa xil avtomobillaru transport vositalari,


Internet va telefon, televizor, smartfonlar,
Android mobilniklar, ro‘zg‘orda foydalaniladigan
texnika buyumlari ham yaratilmas edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, globallashuvga
qandaydir (ijobiy yoki salbiy) oqibatlarni keltirib
chiqaradigan hodisalar oqimi, xususiy jarayon
deb qarash, mening fikrimcha, eskirgan
n a z a r i y a d i r . C h u n k i , e z g u t a ’ l i m o t l a r v a
buzg‘unchi fikrlar birvarakayiga globallashuv
“ q o z o n i d a q a y n a m o q d a ” . E n d i , b u
“qozon”dan kim nimani istasa, shuni “suzib
oladi”, xolos. Ya’ni, har bir kishi o‘z dunyoqarashi
va tafakkur darajasiga qarab o‘ziga tegishli deb
bilgan narsani oladi.
Biroq globallashuv ichidagi oqimlarni boshqa-
boshqa taraflarga burib yuborish mumkin va buni
faqat insonlar o‘z aqlu farosatlari va fikrlash
d o i r a s i g a k o ‘ r a b a j a r a o l a d i . B i r i n c h i
Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan
aytganda, O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan
olayotgan ulkan natijalarning negizida turgan


asosiy omil – insondir. Zero, tarixni dohiylar
emas, balki ongli va bunyodkor shaxs, xalq
yaratadi.
Xulosa shuki, globallashuv qaysi mamlakat yo
mintaqada qay darajada yuz berayotgan bo‘lsa
ham uning bosh omili kishilik jamiyati bo‘lib
qolaveradi. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchga
aylangan jamiyatda globalizatsiya faqat ijobiy
natijalarni yuzaga keltiradi, ma’naviy tahdidlar o‘z
vaqtida bartaraf etiladi.

Download 44,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish