Georgiy mushelning kashmir afsonasi baleti



Download 1,23 Mb.
bet1/2
Sana27.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#584984
  1   2
Bog'liq
Ishmatov Azamat Mushel


Nukus Davlat Pedagogika institutining Pedagogoka fakulteti musiqa ta’lim yo’nalishi 4-v guruhining talabasi Ishmatov Azamatning Xorijiy musiqa
adabiyoti fanidan mustaqil ishi

GEORGIY MUSHELNING KASHMIR AFSONASI BALETI


1 .Georgiy Aleksandrovich Mushel hayot yoli.
2.Balet haqida tushuncha.
3.Kashmir afsonasi haqida
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Reja
1 .Georgiy Aleksandrovich Mushel hayot yoli.
Georgiy Aleksandrovich Mushel
(1909.29.7, Tambov - 1989.27.12, Toshkent) — kompozitor, pianinochi, pedagog. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1944). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936), Toshkent konservatoriyasida o'qituvchi, professor (1976). O'z ijodida Yevropa kompozitorlik (mas, M.Ravel, S. Prokofyev) musiqasi an'analarini davom ettirib, o'zbek musiqa merosiga xos usul va ohanglarga, shakl va uslublarga ijodiy tayangan. O'zbekistonda birinchilar katori simfoniya (1938), balet, kamer musiqa janrlari
rivojiga asos solgan. "Farxrd va Shirin" operasi (V.Uspenskiy bilan hamkorlikda, 1957), "Muqimiy" (1953), "Ravshan va Zulxumor" (T.Jalilov bilan, 1957) kabi musiqali dramalar, "Raqqosa" (1952), "Vaxt guli" (1959), "Kashmir afsonasi" (1961), "Samarqand haqida afsona" (1971) baletlari, 3 simfoniya, fortepiano va orkestr uchun 6 konsert, skripka va orkestr uchun konsert, organ asarlari, kamer musiqa (jumladan, "24 prelyudiya va fuga", 1975), romans, qo'shiq, kinofilmlarga musiqalar muallifi. M. rassom sifatida turli janrlarda
100 dan ortiq tasviriy asar yaratgan. Toshkentda M. nomidagi yosh musiqachilar tanlovi o'tkaziladi (1994- yildan).
2.Balet haqida tushuncha.
Balet (lotincha: ballo — raqsga tushaman) — asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna san’ati turi. O'zida san'atning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy san'at kabi turlarini uyg'unlashtiradi, bu san’at turlarining hammasi alohida-alohida mavjud bo'lmay, Baletning sintez markazi bo'lgan xoreografiyaga bo'ysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. Baletning dramaturgik asosi libretto (ssenariy) dan boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, g'oya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi. Libretto ko'pincha adabiy asargaasoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi.
Ssenariy asosida esa kompozitor Balet musiqasini yaratadi. Lining izchilligi, sahna ko'rinishi, parda va nomerlarga bo'linishi ssenariyda ko'rsatiladi. Musiqa faqat ssenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. Balet musiqasi xoreografiyani yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Balet— musiqada yozilgan, xoreografiyada gavdalantirilgan drama. Xoreografik harakatning asosi raqs va inson tanasining plastikasidir. Baletda raqsning mumtoz, harakterli, sahna, xalq, erkin plastika, "modern" kabi turlaridan foydalaniladi. Mumtoz raqs Yevropa Balet san'atida yetakchi o'rinni egallab, pantomima, raqsning boshqa turlari, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. B. spektaklida dekoratsiya, libos, yorug'lik va boshqa hamma tasviriy vositalarni musiqiy-xoreografik harakatga uyg'unlashtirish rassomning vazifasidir.
Kashmirning etniktarkibi xilma-xil bo'lib, asosan turklar, mo'g'ullar, afg'onlar va hind-ariylardan iborat. Kashmirda birinchi musulmonlar kelishidan oldin hindu va buddist rejimlarning raqibi bo'lgan. Islomlashuv bir necha asrlar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, bu zabt etish va zo'rlik bilan bosib olish orqali sodir bo'lgan bo'lishi mumkin. Boshqalar, bunga so'fiy missionerlari yordamida erishilgan. Ehtimol, kombinatsiya turli jarayonlarni o'z ichiga oladi. Birinchidan, turklar urushayotgan paytda musulmonlar yetib kelganga o'xshaydi. 12-asrda mahalliy hind hukmdorlari tomonidan Afg'oniston yoki O'rta Osiyodan olib kelingan riorlar.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish