GEOGRAFIYA V2
1.Respublikamizning qaysi hududida yiliga 160 ming tonna kalsiyli soda va 200 ming tonna kaliy o'g'it beradigan zavod ishga tushirilgan?
1) Qo'ng'irot; 2) Taxiatosh; 3) Bekobod; 4) Dehqonobod; 5) Xalqabod; 6) Navoiy
A) 2, 6 B) 1, 5 C) 3, 4 D) 1, 4
2. Urbanizatsiya darajasi 90 - 100% ga teng mamlakatlar qatorini aniqlang.
A) Eritreya, Lesoto, Italiya
B) Isroil, Qatar, Belgiya
C) Malavi, Singapur, Yangi Gvineya
D) Singapur, Monako, Lesoto
3. Dunyo okeanida jami nechta dengiz bor?
A) 88 ta B) 67ta C) 71ta D) 55ta
4. Ozon pardasi qanday vazifani bajaradi?
A) qobiqlar o'rtasida chegara vazifasini bajaradi
B)atmosferani litosferadan ajratib turadi
C)Yerdagi organizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi
D) geografik qobiqning chegarasi vazifasini bajaradi
5. Yevropada butun sanoat mahsulotining 1/2 eksportining 2/3 qismini qaysi sanoat tarmog'i tashkil qiladi?
A) kimyo va neft-kimyo
B) mashinasozlik
C) yoqilg'i energetika
D) rangli va qora metallurgiya
6. Niagara sharsharasi bilan Viktoriya sharsharasi balandliklari orasidagi farq necha metr?
A) 120 B) 47 C) 72 D) 51
7. Harbiy-strategiya yondashuv tarafdorlari kimlar?
A) Makiavelli,K.fon Klauzets, X.I.Moletke,A.Mexen
B) Amundsen, Ross, J.Kuk, Magellan
C) Magellan, K.fon Klauzets
D) Gerodot, Magellan, J.Kuk
8. Rekreatsion resurslar necha xilga bo’linadi?
A) 2 B) 5 C) 4 D) 6
9. O’rta Osiyoning katta qismini qanday cho’llar egallagan?
A) Qumli B) Taqirli
C) Lyosli D) Sho’rxoklar
10. Qaysi javobda Shimoliy muz okeaniga tegishli bo'lmagan dengiz nomi keitirilgan?
A) Laptevlar B) Kara C) Barens D)Koro
11. Qaysi javobda yarimorollar guruhi to'g'ri ko'rsatilgan?
1) Sulavesi: 2) Koreya, 3) Sumatra; 4) Bolqon; 5) Somali; 6) Vrangel, 7) Florida.
A) 2, 4, 5, 7 B)1,3,5,7 C) 2, 3,6, 7 D)1,2,3,6
12. Taxiatosh qanday kasb egalarining shahri?
A) Energetiklar, gidrotexniklar, muhandislar va suvchilar
B) Sanoat va qishloq ho’jaligi bilan shugullanuvchilar
C) Temiryo’l va avtomobil yo’llarini quruvchilari
D) Shahar hayoti va ho’jaligi bilan shug’ullanuvchilar
13. Havo qobig'i 25 sm2 yuzaga necha kilogrammga teng bo'lgan og'irlik bilan bosadi?
A) 25 B) 250 C) 2,5 D) 2500
14. Materiklar yarimsharida quruqlik necha foiz maydonni egallaydi?
A) 19 B) 39 C) 53 D) 71
15.Shimoliy Amerika qaysi tabiat zonasining asosiy o’simligi mox va lishayniklar hisoblanadi?
A) Tundra va o'rmon tundrasi B)Tayga
C) Fasliy nam o'rmonlar D) Arktika cho`llari
16. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha jahonda qaysi davlat birinchi o'rinda turadi?
A) AQSh B) Xitoy C) Yaponiya D) Rossiya
17. Qadimgi Qovunchi qishlog'i o'rnida qaysi shahar shakllangan?
A) Chinoz B) G'azalkent C) Yangiyo'l D) Ohangaron
18. Bekobod metallurgiya zavod qachon ishga tushurilgan?
A) 1946 yil B) 1958 yil
C) 1948 yil D) 1959 yil
19. O'rta Osiyoning tog'- yaylovlar mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko'ra necha qismdan iborat?
A) 3 ta B) 5-ta C) 2 ta D) 4 ta
20. Piskom qaysi daryoning asosiy irmoqlaridan biri hisoblanadi?
A) Sirdaryo B) Ohangaron C) Chirchiq D) Chotqol
21. Braziliya yassi tog'ligining janubiy qismi qaysi iqlim miintaqasida joylashgan?
A) Tropik B) Subtropik C) Mo'tadil D) Subekvatorial
22. Mehnatga yaroqli aholi nimaga ko`ra qismlarga bo’linadi?
A) Moddiy va nomoddiy nemat ishlab chiqarishiga
B) Erkak va ayolligiga ko`ra
C) Sanoat va qishloq xo’jaligiga
D) Yoshiga ko`ra
23. Respublikamizning qaysi hududlarida sholi ko'p ekiladi?
A)Xorazm, Nukus, Samarqand, Toshkent, Farg'ona, Andijon vohalarida
B)Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy, Quyi Amudaryo, Farg'ona, Toshkent viloyatlarida
C)Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Quyi Amudaryo, Zarafshon, Toshkent hududlarida
D)Xorazm, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Zarafshon, Farg'ona vodiylarida
24.Asaka-Ovdan botig'ining janubi-g'arbiy qismida joylashgan geografik obyektni aniqlang.
A)Qoratov tog'i B) Sariqamish ko'li
C) Kassarma balandligi D) Qorabovur balandligi
25. Okean, dengiz va ko’l qirg’oqlarining to’lqinlar tomonidan yemirilishi nima deb ataladi?
A) Abraziya B) Deflyatsiya
C) Eroziya D) Sel
26. «Deflyatsiya» so’zining ma’nosi nima?
A) Puflash B) Kesish
C) Qimirlatish D) Qatlam
27. Yevrosiyo tabiatini muhofaza qilish uchun Sharqiy Yevropaning shimoliy qismida tashkil etilgan qo'riqxona nomini aniqlang
A) Pinega B)Yugan C)Taymir D) Kirtxar
28. Quyi Amudaryo o'lkasidagi Amudaryoning qadimiy o'zanlari qaysi javobda to'g'ri berilgan?
A)Shertanboy, Qora O'zok, Kindiksoy
B)Daryoliq, Davdan, Ko'hnadaryo
C)Achchisoy, Sho'rsoy, Qorako'lsoy
D)Dukent, Yettisoy, Daryoliq
29. Aholisi tarkibiga ko'ra ko'p millatli davlatlarni aniqlang?
1) Yaponiya; 2) Nigeriya; 3) Koreya; 4) JAR.
A) 3,4 B) 1, 2 C) 2,4 D) 1,3
30. Asosiy yog‘inlar qish, bahor va kuzda yog‘adi. o'simlik qoplami buta va daraxtlardan iborat. Bu O'rta Osiyoning qaysi balandlik mintaqasi uchun xos?
A) alp B) dasht C) o'rmon-dasht va o'rmon D) subalp
Azizbek jurayev anvaro`g`li tel: +998930781078
Do'stlaringiz bilan baham: |