O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“TABIIY FANLAR” FAKULTETI
“Geografiya" ta'lim yo'nalishi
KURS ISHI
MAVZU: O'zbekistonningi yaqin Xorij mamlakatlari bilan tashqi aloqalari
5230100-Geografiya ta’lim yo’nalishi
Bajardi: 4-kurs -guruh talabasi To'raqulova Nafisa
Ilmiya rahbar:
Termiz - 2022
MUNDARIJA
KURS ISHI 1
Termiz - 2022 1
MUNDARIJA 1
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar 10
Kap italning xarakati va kreditlar (investitsiy alar, omonatlar, foizlar, foyda va b.) bilan bog'liq pul oqimlari 13
O‘zbekiston Respublikasining MDH Davlatlari bilan hamkorigi 24
5.O'zbekiston Respublikasining so'ngi yillardagi Tashqi iqtisodiy faoliyati o’zgarishlari tahlili 26
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 27
XULOSA VA TAKLIFLAR 37
II.Kitoblar, o’quv qo’llanmalar, darsliklar va monografiyalar 40
III.Ilmiy maqolalar 41
IV.Internet materiallari 41
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Davlat rivojlanishining barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, alohida regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalami hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston va MDH davlatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va qo’llab- quwatlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |