Geografik tadqiqot metodlari fanidan oraliq nazorat savollari(4-kurs) Bilеt №21 1



Download 20,93 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi20,93 Kb.
#82367
  1   2
Bog'liq
Geografik tadqiqot metodlari


Geografik tadqiqot metodlari» fanidan oraliq nazorat savollari(4-kurs)

Bilеt №21

1. Qo’riqхоnalar va ularning ahamiyati

2. Tabiiy geografik tadqiqot ob’ekti

3. Zamоnaviy tabiiy gеоgrafik tadqiqоtlarning maqsad va vazifalari.

Javoblar

1 Qoʻriqxona — belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratnlgan, alohida ilmiy yoki madaniy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalar), tabiiy obʼyekt joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari va madaniy-maʼrifiy maqsadlar uchun uzoq mud-datga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy majmua.

20-asrning 90-yillarida BMTning "Milliy bogʻlar va ular maqomidagi qoʻriqxonalar roʻyxati"ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer may-doni 4 mln. km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3% ini tashkil qiladi) kiritilgan.

Qoʻriqxonalar hududi va uning atrofidagi bel-gilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda Qoʻriqxonalar tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obʼyektlarga xavf tugdiradigan har qanday faoliyat (ov qilish, balshq tutish, daraxt kesish, foydali qazil-malarni kavlash, oʻt oʻrish, mol boqish va boshqalar), shuningdek, Qoʻriqxonalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va qishloq xoʻjaligi obʼyektlari qurilishi ham taqiqlanadi. Qoʻriqxonalar hududiga maʼmuriyatning ruxsatisiz begona odamlar kiritilmaydi.

Oʻzbekistonda Qoʻriqxonalar tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi. Qoʻriqxonalar reja asosida i.-t. ishlari olib boriladi, tabiat yilnomalari, ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, Qoʻriqxonalar hududi va milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va qoidalari ishlab chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol bio-sfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi.

O‘ylaymizki, tabiatda hech kim oq qoplonlami uchratmagan. Bundan chorak asr avval insonning xo ‘jalik faoliyati oqibatida mazkur noyob va go ‘zal hay vonlar o‘z yashash joylarini tark etib ketishdi. Ular umuman yo‘q boiib ketish xavfi ostida edi. Ammo bugungi kunda o‘nta oq qoplondan iborat bir oila Hisor togiarining g‘arbiy qismida yashab kelmoqda. Bunga Hisor tog‘-archa qo‘riqxonasini tashkil qilish natijasida erishildi.

  0‘zbekistonda 9 ta qo‘riqxona bor. Ularning umumiy maydoni 2164 km.kv va ular davlat tomonidan himoyalanadi. Ushbu hududlarda barcha xo‘jalik faoliyati ta’qiqlangan.

Qo‘riqxonalar - o‘simliklar va hayvonlaming ayrim turlarini yoki ekotizimni himoya qilish uchun moijallangan tabiatning hech kim tegmagan hududlaridir.

  Davlat qo‘riqxonalari doimiy ilmiy-tadqiqot o’tkazuvchi xodimlar va qo‘riqxona tashkil qilingan vaqtdan buyon yigib kelinadigan (ayrim hollarda 30- 40 yil davomida) hujjatli materiallarga ega. Bundan tashqari, qo‘riqxona sharoiti ekologik izlanishlar o‘tkazish uchun qulaydir.

  Qo‘riqxonalar dastlab tashkil qilinganda ilmiy ishlar tabiiy sharoitlami o‘rganish, fauna va florani ro’yxatga ohshdan iborat edi, xolos. Hozirgi vaqtda ayrim qo ‘ riqxonalarda j onivorlar va о‘simliklarning yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash va saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

  Respublikamiz hayotida qo‘riqxonalarning о‘mi juda kattadir. Ular ajoyib va betakror landshaftlarni saqlab qolmoqda. Masalan, Zarafshon qo‘riqxonasi to ‘qayzorlar, hayvonot olamining noyob vakillari - Buxoro kiyigi, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum qo'yi, tog‘ echkisi, oq qoplon va boshqa yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. 

  O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimigakiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.

  Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.

  Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda. 0‘zbekiston tog‘larida Nurota yong‘oq-meva qo‘riqxonasi tashkil qilinguncha Qizilqum qo‘yi (Seversov qo‘yi)ning soni yuztaga ham yetmasdi, hozir esa ularning soni 1000 taga yetib qoldi.

  20 yillar avval Amudaryo qirg‘oqlaridagi to‘qaylarda 100 dan ziyod Buxoro kiyigi yashab kelar edi. Beshta qo‘riqxona tashkil qilingach ushbu go’zal jonivorlar soni 1000 boshdan oshib ketdi.

  1976-yilda Buxoro yaqinida jayronlarni ko‘paytirish va keyinchalik ularni Turkistonning barcha cho‘lli hududlari bo‘yicha tarqatish va shuningdek, ushbu hayvonlaming biologiyasini o‘rganish uchun maxsus qo‘riqxona tashkil qilingan edi. So‘nggi 15 yil ichidajayronlar soni 44 tadan 1000 tagacha yetdi.

  Biz o’nlab qo‘riqxonalar, tabiiy milliy bog'lar tashkil qilmaylik, inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdon bilan yondashmasa barcha harakatlar behuda ketadi.

Tabiatni kelgusi avlodlar uchun tabiiy, buzilmagan holda saqlab qolish - bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.


2
Download 20,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish