O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI "GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA, GEOGRAFIYA " KAFEDRASI "GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR" YO‘NALISHI
"KARTASHUNOSLIK" FANIDAN KURS ISHI MAVZU: WEB, ANIMATION KARTOGRAFIYA VA UNDAN FOYDALANISH
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Har bir sohani yaratilishi uchun avvalo bir sabab kerak bo’ladi.Shu jumladan web va animation kartografiyani yaratilishi uchun sabab qilib global internet tarmog’ini yaratilishi desak ham bo’ladi.Koyinotka kosmik kemalar va suniy yo’ldoshlar uchurilishi va kompyuter texnalogiyalari rivojlanishi natijasida boshqa sohalar qatori kartografiyada ham o’zgarishlar bo’ladi.Endilikda insonlar kartalarni faqat qog’ozlarga emas balki kompyuter texnologiyalari yordamida elektron shakli ham yaratila boshlandi.Bu turdagi kartalar qog’oz shaklidagi kartalarga qaraganda olib yurish,saqlashga juda qulay va eng asosiysi bu turdagi kartalardan global internet orqali bir vaqtda turli maqsadlarda keng omma foydalanadi.
Web va animation kartalarni yurtimiz kartografiyasida tutgan o’rni yuqori.Tabiiykiy qog’oz kartalardan asosan o’quv dargohlari keng foydalanishadi.
Lekin hozirgi davrga kelib web kartalardan jamiyatning turli qatlam vakillari kundalik ehtiyojlari uchun qo’llashmoqda.Bunga Yandex,Google map kabi elektron ilovalar misol bo’la oladi.
Web va animation kartalar asta sekinlik bilan jamiyatning deyarli hamma sohalariga kirib bordi.O’z o’rnida web va animation kartografiyaga bo’lgan ehtiyoj ham ortdi.Soha rivojlanishi bilan bir qatorda undagi muammolar ham asta sekin yuzaga kela boshlaydi.Web va animation kartografiyada yuzaga keladigan muammolardan biri bu bu kabi kartalarni yaratuvchi kartalarni yaratuvchi kadrlarni kamligi hisoblanadi.