Gaz konlarini ishga tushirishda quduqlarni joylashtirish
Reja
1. Gazlilik maydonida quduqlami joylashtirish. Quduqlami joylashtirish tizimining asosiy turlari
2. Quduqlami joylashtirish sistemasi turlarining yaxshi va yomon tomonlari
Gaz konlarini ishga tushirish tizimi deb qatlamda gaz, kondensat va suvning harakati jarayonini boshqarish bo'yicha bajariladigan texnik tadbirlar majmuasiga aytiladi. Bu texnik tadbirlar majmuasiga quyidagi tadbirlar kiradi:
1) gazli maydon va tuzilma bo’ylab qazib chiqaruvchi, haydovchi va kuzatuv quduqlar sonini aniq joylashtirish;
2) quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini o'rnatish:
3) quduqlarni ishga tushirishni hisob-kitob qilingan tartibda amalga oshirish;
4) qatlam energiyasi muvozanatini saqlab turish.
Gaz uyumlari gazli maydonda har xil formada bo'lishi mumkin: oval, aylana, to’g ’ri burchakIi va h.k.Kon hududlari bir-biridan relyefi. tuprog'i, qurilishi bilan farq qiladi. Gazli kollektor umumiy holda litologik tarkibi va geologo-fizik parametrlarining maydon va kesma bo'yicha ozgaruvchanligi bilan xarakterianadi. Bu sabablar qazib chiqaruvchi, haydovchi va kuzatuv quduqlarini gazli maydon va tuzilma bo’yicha joylashtirishning turli usullariga asos bo'ladi.Quduqlarni gaz koni maydonida ratsional joylashtirish masalasi murakkab texnik-iqtisodiy masaladir. Ko’rib chiqiladigan gaz yoki gazkondensat konida quduqlarni joylashtirishning turli xil turi tanlangan bo’lishi mumkin. Quduqlarni joy lashtirish tizimi konni ishlash va jihozlashning barcha texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlariga katta ta'sir ko'rsatadi. Quduqlarni joylashtirishning ratsional tizimi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar orqali asoslanadi.
Tabiiy gaz konlarini ishlash nazariyasi va amaliyotida quduqlarni joylashtirishning quyidagi tizimlari keng tarqalgan:
1) quduqlarni bir tekis to'rtburchak yoki uchburchak to’r bo’yicha joy lashtirish (1-rasm);
1-rasm. Quduqlarni bir tekis to'rtburchak (a) yoki uchburchak (b) to’r bo'yicha joylashtirish
2) quduqlarni halqasimon yoki zanjirli to’r shaklida joylashtirish (2 va 3- rasmlar);
2-rasm 3.8-rasm.
Quduqlarni halqasimon to'r shaklida joylashtirish Quduqlarni zanjirli to'r shaklida joylashtirish
3) quduqlarni uyum markazida joylashtirish (4-rasm):
4-rasm.Quduqlarni uyum markazida joylashtirish
4) quduqlarni shoxsimon ko'rinishda joylashtirish (5-rasm);
5-rasm. Quduqlarni shoxsimon ko'rinishda joylashtirish
5) gazlilik maydon ustiga quduqlarni notekis joylashtirish (6- rasm).
6-rasm. Gazlilik maydoniga quduqlarni notekis joylashtirish
Gaz konlarini ishlash va loyihalashtirish amaliyoti nuqtai nazaridan quduqlarni bir tekis joylashtirish deganda bunday quduqlarni gazli maydonga joylashtirish tizimi tushuniladiki, bunda ishlash jarayonida umumiy depressiya voronkasi hosil bo’lmaydi, ya’ni har bir quduq atrofida qatlam bosimi deyarli bir xil va o'rtacha qatlam bosimiga juda yaqin bo'ladi.
Quduqlarni bir tekis joylashtirish kollektorlik xususiyati bir xil bo'lgan qatlamlar ustida qo’llaniladi. Bunday tizimni tabiiy gaz konlari gaz bosimli rejimida ishlaganda tavsiya etiladiBir xil turdagi qatlamlar uchun geometrik tekis to’rni qo'llash mumkin.
To ’rning formasiga avval burg'ilangan razvedka quduqlari va yer yuzasidagi shart-sharoit ta’sir qiladi. Shu bilan birga to’rning formasiga turli omillar ham ta'sir qiladi. Bulardan quyidagilarni ko'rsatib o'tsa bo'ladi: konning o'lchamlari va formasi, ishlatish obyektlari soni, kon tuzilishining geologik xususiyatlari, kollektorlik xossalarining maydon bo'ylab taqsimlanishi, kon rejimi. ishlashning texnik-iqtisodiy sharoitlari. geograllk va iqlimiy sharoitlar. razvedka quduqlarining soni. Gaz va gazkondensat konlarini geologik tuzilishini o ’rganish uchun razvedka quduqlari burg'ilanadi. Konni ishga tushirish bilan ko'pgina razvedka quduqlari qazib chiqaruvchi quduqlarga aylantiriladi. Shunga ko'ra razvedka quduqlarining joylashishi qazib chiqaruvchi quduqlarni joylashtirish tizimiga ta ’sir etadi. Shuning uchun amaliyotda gazli m avdonda quduqlarni notekis joylashtirish tizimi qo'llaniladi.
Konlarda quduqlami joylashtirish ularning geometrik shakliga ham bog’liq. Har bir kon turlicha geometrik shaklda bo’ladi. Bu shakldagi konlarda quduqlar zanjirli yoki halqasimon usullarda joylashtirilishi mumkin.Ba'zi bir konlar borki, ularda quduqlami faqat uyumlarning markazida joylashtirish mumkin. Tabiiy gaz konlarining zaxiralari katta bo’lsa va geometrik shakli turlicha bo’lsa, quduqlar shoxsimon ko’rinishda joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |