MAVZU: ERITMALAR
1. Dispers sistemalar.
2. To’yingan va to’yinmagan eritmalar.
3. Eruvchanlik
4. Eritmalarning xossalari. Osmos hodisasi.
REJA:
Dispers sistemalar. Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma'lum darajada maydalangan zarralar hamda tarqalishi natijasida hosil bo'lgan sistemalar dispers sistemalar deyiladi.
Dispers faza zarrachalarning o'lchamiga qarab, dispers sistemalar bir necha guruhga bo'linadi:
1.Dag'al dispers sistemalar.
2.Kolloid eritmalar.
3.Chin (haqiqiy) eritmalar.
Dag'al dispers sistemalarda dispers faza zarrachalarning o'lchami 100 nm dan katta bo'lib, ularni ko'z bilan yoki oddiy mikroskopda ko'rish mumkin. Ular zarrachalari oddiy filtr qog'ozdan ham o'tmaydi. Dispers faza zarrachalari tezda idish tubiga cho'kadi yoki qavat holida ajraladi. Dag'al dispers sistemalar geterogen sistemalardir.
Dag'al dispers sistemalar tarkibiga ko'ra, suspenziya va emulsiyalarga bo'linadi. Dispers faza qattiq moddadan, dispersion muhit suyuq moddadan iborat dag'al dispers sistemaga suspenziya deyiladi. Suspenziyaga, bo'rning mayin kukuni va suv aralashmasi misol bo'ladi. Dispers faza ham, dispersion muhit ham suyuq moddadan iborat dag'al dispers sistemaga emulsiya deyiladi. Emulsiyaga, sut, o'simlik moyi yoki benzinning suv bilan aralashmasi misol bo'ladi.
Dispers faza zarrachalari o'lchami 1 nm dan 100 nm oralig'ida bo'lgan dispers sistemalar kolloid eritmalar, boshqacha aytganda, zollar deyiladi. Dispers muhiti gazsimon bo'lgan moddalar sistemasi aerozollar, dispers faza qattiq bo'lganda tutunlar deyiladi. Agar dispers faza gaz dispers muhit suyuqlik bo'lsa, bunday sistema ko'pik deyiladi. Kolloid eritmalarga qon plazmasi, tuxum oqsilining suvdagi eritmasi misol bo'ladi.
Kolloid eritmalar mikrogeterogen sistemalardir. Kolloid eritmalar zarrachalarini faqat ultramikroskopda payqash mumkin. Ular oddiy filtr qog'ozidan o'tib ketadi, kichiq teshikli ultrafiltrdan o'tmaydi. Kolloid eritmalarda koagulyasiya hodisasi kuzatiladi. Kolloid zarrachalarning molekulyar tortishish kuchi ta'sirida bir- biriga yopishib, ancha yirik agregatlar holida cho'kishi koagulyasiya deyiladi.
Kolloid eritmalar faqat o'tuvchan yorug'likdagina tiniq bo'ladi. Chin eritmadan farq qilib, kolloid eritmalar qaytgan nurda, odatda, loyqaga o'xshab ko'rinadi, bu yorug'likning tarqalishidir. Agar kolloid eritmalardan nurlar dastasi o'tkazilsa, suyuqlikda yaxshi ko'rinadigan yorug'lik konusi paydo bo'ladi, bu hodisa Tindal effekti deyiladi.
Kolloid sistemalar amalda katta ahamiyatga ega. Ular suvni tozalashda, gazlarni elektr yordamida tozalashda, kauchuk ishlab chiqarishda va qishloq xo'jaligining boshqa sohalarida ishlatiladi
To’yingan eritma va eruvchanlik. Kattik modda erituvchiga tushirilganda uning zarrachalari erituvchi zarrachalari ta’sirida erish jarayoni boshlanadi. Erish paytida unga karshi kristallanish jarayoni xam sodir bo’ladi. Dastlab erish jarayoni tez boradi, eritmada zarrachalarning soni kupaygandan keyin, kristallanish tezlashadi.
Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuni bilan ifodalanadi.
Uzgarmas xaroratda ma’lum xajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga tugri proporsional bo’ladi
Eritmalarning xossalari. Eritmadagi diffuziya, osmos hodisasi, eritmalarning bug' bosimi, muzlash va qaynash haroratlarining va hokazolar eritmalarning xossalari hisoblanadi.
Eritmalarning xossalaridan biri bo'lgan osmos hodisasi bilan tanishib chiqamiz.
ETIBOR VA QUNT UCHUN KATTAKON RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |