Aim.uz
Futbol o’yin qoidalari.
Reja:
Futbol tarxi ham uzoq o'tmisniarga borib taqaladi.
Hozirgi kundagi futbol qoidalari.
Futbol tarxi ham uzoq o'tmisniarga borib taqaladi. futbolga o'xshash o'yinlar eramizgacha Sharq va antik dunyo davlatlarida mavjud bo'lgan. Futbol — inglizcha „fut" — oyoq va „bol" — to'p so'zlaridan kelib chiqqan. Hozirgi kundagi futbol qoidalari 100 yillardan beri o'zgarishsiz qolib kelmoqda.
Futbol Yer yuzida o'ta sevimli va ommabop o'yin hisoblanadi. Bu sport turi o'zining oddiyligi va qulayligi, o'yinchilar o'z mahorati va o'zini tutishlarini namoyish eta olish imkoni borligi bilan ishqibozlarni jalb qiladi.
Shular qatori bu o'yin o'quvchilarning sog'ligini mustahkam-lashga xizmat qiladi. Futbol bilan doimiy shug'ullanish tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, quvvatli bo'lish, mo'ljal olish kabi xislatlarni o'stiradi. O'yinda futbolchiga katta og'irlik (nagruzka) tushadi, bu esa uning iroda kuchini tarbiyalaydi. Futbol, asosan, ochiqhavodao'ynalganisababli, o'quvchilarningatrof-muhitta'si-riga chidamliligini oshiradi.
Futbolda ikki jamoa o'zaro bahslashadi. G'alabaga bo'lgan intilish futbolchilarni jamoa bo'lib harakat qilishga undaydi, o'rtoqlik, o'zaro yordam hissini tarbiyalaydi. Kollej o'quvchilarining bu o'yinga ommaviy qiziqishi, uning texnik, taktik usullarini qo'llab, raqib darvozasiga gol kiritishi ularni yangidan yangi yuksak natijalar sari ilhomlantiradi.
Futbolda ikki jamoa 11 kishidan o'yinchi o'ynaydi. Minifutbolda darvozabon bilan 4 — 8 kishi. O'yin chim yotqizilgan to^g'ri to'rtburchak shakldagi maydonda o'ynaladi. Maydonning uzunligi 100 — 110 m, eni 69 — 75 metr (minifutbol maydonining uzunligi 18 — 50 m, eni 12 — 35 m) bo'ladi. Ikki tomon darvozalaridan bir xil masofada maydon o'rtasidan chiziq tortiladi va markaz I belgilanadi.
I O'yinchilar (darvozabondan tashqari) maydonda to'pga qo'l | tekkizishlari mumkin emas. O'yin 45 daqiqadan ikki taym o'ynaladi, | o'rtada 15 daqiqa tanaffus beriladi. Ikki taym davomida qaysi jamoa I raqib darvozasiga ko'proq to'p kiritsa, o'sha jamoa yutgan | hisoblanadi.
I O'yinda dastlab voleybol to'plaridan foydalanilgan, keyinroq I esa futbol to'plari yaratilgan. O'yinchilar kiyimi yengil futbolka, trusik va yengil poyabzallardan iborat. Bir jamoa qattiq, boshqasi yumshoq poyabzalda o'ynashiga ruxsat etilmaydi. Darvozabon kiyimining rangi hamda har ikkala jamoa o'yinchilarining kiyimi ajralib turishi kerak. Sovuq paytda mashg'ulotni issiq kiyimlarda o'tkazishga ruxsat etiladi. Futbolkada o'yin bayonnomasida qayd etilgan raqam yozilgan bo'lishi shart.
Futbol mashg'ulotlarida quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
1. Eng awalo o'yinchi o'zini bo'lajak nagruzkaga tayyorlaydi. Mashg'ulot asta yugurishdan boshlanadi, umumiy chigil yozish mashqlari bajariladi, turli usulda sakraladi, 10 — 30 metrga tez hamda yonboshga va orqaga yuguriladi. To'siqlar chetlab o'tiladi. To'pni aniq tepish mashq qilinadi. U oyoqdan bunisiga sakraladi. So'ngra osoyishta yurilib o'yinga kirishiladi.
2. Maydonda intizom va tartibga rioya qilinadi (baqir-chaqir qilinmaydi).
3. Mashg'ulot chog'ida o'yinchilarning maydondagi harakatlari kuzatiladi va ular o'zaro to'qnashib ketislilaridan saqlanadi (ayniqsa, maydon ho'l paytida).
4. Hakam bilan tortishish va o'yinchilarni qo'rqitish man etiladi. Qoidaga bo'ysunmaganlar maydondan chiqarib yuboriladi.
5. Mashg'ulotlar tugagach, to'plar yig'ilib, tegishli joyga qo'yiladi.
Futbol o'yinchilarining asosiy harakat usullari. Futbolchi maydonda oldinga, orqaga, yonga harakat qila olishi, o'z gavdasi-ni boshqara bilishi, birdan to'xtashi, yugurayotib burila olishi zarur.Futbolda yugurish asosiy harakat vositasidir. Bo'sh joyga chiqib olish va raqib o'yinchisini ta'qib qilishda oddiy yugurish qo'llaniladi. Orqaga yugurishdan, asosan, himoyachi o'yinchilar foydalanadilar va u qisqa, tez qadamlar bilan bajariladi. Oyoqlarni chalishtirib yugurishdan (aldov qadamlardan) harakatni chap yoki o'ngga o'zgartirishda foydalanMadi. U biroz bukilgan oyoqlar bilan bajariladi. Yonga birinchi to'g'ri qadam qo'yilib, so'ngra Ikkinchi aldov qadami qo'yiladi (oyoq harakati yuqoriga emas, yonga bajariladi).
Futbolning asosiy o'yin usuli to'p tepish hisoblanadi, To'pni tepib darvozaga kiritiladi yoki sherikka oshiriladi. Futbolchilar to'pni oyoq bilan ham, bosh bilan ham o'ynaydilar. Dastlab joyida turgan to'pni tepishga o'rganiladi, so'ngra yugurib kelib va joyda turib harakatdagi to'pni tepish kabilar mashq qilinadi (62-rasm).
To'pni oyoqning ichki tomoni bilan tepish. Bu usul, asosan, qisqa va o'rta masofaga to'p oshirishda, yaqin masofadan darvozaga to'p yo'llashda qoilaniladi. Buning uchun oyoq ortga cho'ziladi va oyoqning ichki tomoni bilan oddiygina zarba beriladi. Bunday zarba berishni yugurib kelib ham bajarish mumkin. Qanchalik to'pning pastiga tepilsa, u shunchalik balandga ketadi yoki aksincha. Agar to'p oyoqning yuzi bilan tepilsa, uning o'rta, ichki va tashqi qismlariga zarb berilgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |