Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risidagi qonun bandlarini o’rganish



Download 19,64 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi19,64 Kb.
#621774
Bog'liq
Yuldoshev Javohir HFX..pfx


Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risidagi qonun bandlarini o’rganish
Sogʻliqni saqlash - aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. Sogʻliqni saqlash kasalliklarning oldini olish va davolash, sogʻlom turmush va mehnat sharoitini yaratish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr koʻrishni taʼminlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni koʻzda tutadi; uning asosiy vazifasi bemorlarga zamonaviy, ixtisoslashgan hamda mos tarzda yordam koʻrsatishdan iborat.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi, Sogʻliqni saqlash tizimining asosiy tamoili — profilaktik yoʻnalishni tiklash; uning zamonaviy va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirish; tibbiy taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish; i.t. ishlarini davr va jamiyat hayotining talablaridan kelib chiqqan holda qayta tashkillashtirish; mamlakatda sifatli va yetarli miqdorda doridarmon, tibbiy ashyolar hamda shu sohaga taalluqli texnik vositalar ishlab chiqaradigan sanoat vujudga keltirish; Sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash; davolashprofilaktika muassasalarining bir qismini davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini oʻzgartirish asosiy vazifa qilib qoʻyildi.
Oʻzbekistonda Sogʻliqni saqlash ishlarini OʻzR Sogʻliqni saklash vazirligi boshqaradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar, shaharlar hamda tumanlarda tegishli boshqarma yoki boʻlimlar mavjud. Respublikada Seni rivojlantirishda OʻzR Kasaba uyushmalari federatsiyasi, shuningdek, "Sogʻlom avlod uchun" xalqaro xayriya jamgʻarmasi, "Qizil yarim oy" jamiyati, "Nuroniy" jamgʻarmasi va boshqa oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
Bozor munosabatlariga oʻtish Sogʻliqni saqlash sohasiga ham yangi talablar qoʻydi. Xususan, maʼmuriyboshqarish sarfharajatlarini kamaytirish; bemorlarni davolash jarayonida kunduzgi kamharajat va samarali usullardan foydalanish; shifoxonalar ish hajmining bir qismini poliklinikaga koʻchirish, kam samarali oʻrinlar sonini qisqartirish; shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish va boshqa choralar koʻrilmoqda.
Aholi sogʻligʻini muhofaza qilish koʻp jihatdan davlat epidemiologiya xizmati faoliyatiga bogʻliq. Oʻzbekistonda sanitariyaepidemiologiya stansiyalari va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishning tashkiliyuslubiy va muvofiklashtiruvchi ishlarini olib boradigan "Salomatlik" markazlari bu vazifani amalga oshirmoqsa.
Respublikada "Salomatlik" instituti, uning viloyatlar va shaharlardagi shoxobchalari radio va televideniye hamda matbuotdan foydalangan holda aholi oʻrtasida sanitariyagigiyenaga oid bilimlarni keng targʻib qilib boradi.
Bolalarga ixtisoslashgan tibbiy yordam beruvchi muassasalar tarmogʻi barpo etildi. Respublikada ishlab chiqilgan "Sogʻlom avlod uchun" dasturi avvalo muntazam oʻtkazib turiladigan tibbiy tekshirishlar asosida salomatligi zaif va kasalmand maktab oʻquvchilari va oʻsmirlarni aniklab, ularni va umuman yosh avlodni sogʻlomlashtirish choratadbirlarini amalga oshirib borishni koʻzda tutadi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sogʻlom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni taʼminlashdagi alohida xizmatlari uchun 1993-yil 7 mayda OʻzR ning I va II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni taʼsis etildi.
Oʻzbekistonda tibbiy taʼlimning uzluksiz boʻlishiga va mutaxassislarning oʻz malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat beriladi. Toshkentda vrachlar malakasini oshirish instituti ishlab turibdi. Uning 43 kafedrasi va har xil ixtisoslikka moʻljallangan kurslarida har yili 8—10 ming vrach oʻz malakasini oshiradi.
Mamlakatda Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohot bosqichmabosqich olib borildi. Birinchi boskichda (1991—94 yillar) butun eʼtibor onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, demografik koʻrsatkichlarni barqarorlashtirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirishga karatildi.
Ikkinchi bosqichda (1994—98 yillar) dorixonalar va bir qancha davolashprofilaktika muassasalari xususiylashtiriddi, ambulatoriyapoliklinika xizmati rivojlantirilib qayta tuzildi. Natijada, aholining kasalxonada yotib davolanishi 1997-yildagi 18,3% oʻrniga 2001-yilda 13,8% ga kamaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdamasining "Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlari ijtimoiy infrastrukturasini 2000-yilgacha boʻlgan davrda rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida"gi qaroriga (1996-yil 21 may) muvofiq, Sogʻliqni saqlash sohasida mutlaqo yangi muassasa — qishloq vrachlik punktlari (QVP) tashkil etish va aholiga dastlabki feldsherlik yordami emas, balki malakali vrachlik yordami koʻrsatish koʻzda tutildi. QVGT uchun hamma koʻrsatkichlar — moddiy taʼminot, kadrlar, zamonaviy asbobuskunalar va doridarmonlar bilan taʼminlash boʻyicha xalqaro standartlarga mos keladigan maxsus mezon ishlab chiqildi.
1998-yildan Sogʻliqni saqlashning rivojlanishida yangi davr boshlandi — 1998-yil 10 noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1998— 2005-yillarda Sogʻliqni saqlash tizimini qayta qurish Davlat dasturi qabul qilindi. Unda mamlakat aholisiga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish tadbirlari koʻrsatib berildi. Bu dastur asosida Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinini mustahkamlash va umumiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Hamma viloyatlarda QVPning keng tarmoklari tashkil etildi, natijada ikki bosqichli, yaʼni QVP hamda tuman markaziy shifoxonasi orqali tibbiy yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Mazkur ishlar Jahon banki bilan hamkorlikda "Salomatlik" loyihasi asosida amalga oshirildi. Bu Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullarini ishlab chiqish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va umumiy amaliy tibbiy xodimlar tayyorlash imkonini berdi.
Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining yangi shakli joriy etildi. Natijada mamlakatning hamma hududlarida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga, uyga vrach chaqirish bilan malakali tibbiy yordam koʻrsatish oʻrtasidagi vaqtni ancha qisqartirishga muvaffaq boʻlindi. gʻoz. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Nukus sh. va barcha viloyat markazlarida uning filiallari hamda markaziy tuman va shahar kasalxonalari boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish, favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi.
Tibbiy kadrlar tayyorlashda ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 7 yilga uzaytirilib, bakalavr va magistrlar, shuningdek, oliy malakali tibbiy hamshiralar — qamshiralar ishi bakalavrlari tayyorlanadigan boʻldi.
Onalar va bolalarni muhofaza kilish xizmatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari uzoq muddatga moʻljallangan Davlat dasturlarida ["Onalar va bolalar skriningi" (1998), "Soglom avlod" (2000), "Ona va bola" (2001), "Ayollar va oʻsib kelayotgan avlodlar sogʻligʻini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar toʻgʻrisida" (2002)] belgilab beriddi. Ekstragenital kasalliklarni aniklash va bunday bemorlarni soglomlashtirish uchun fertil yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishi yanada jonlantirildi, ularni kontratseptiv vositalar bilan taʼminlash hajmi koʻpaytirildi, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida barvakt va yaqin qarindoshlar bilan turmush qurishning salbiy oqibatlari, ekstragenital kasalliklari bor ayollarda homilador boʻlish va tugʻishning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari ancha faollashtirildi. Tugʻma nuqsonli va irsiy kasalligi bor bolalarning tugʻilishi oldini olish maqsadida onalar va bolalarda skrining oʻtkazish tizimi tashkil etildi, genetika Davlat registrini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Download 19,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish