Ftor, brom, yod Mustaqil ishi
Navoiy Davlat Konchilik va texnologiyalar Universiteti
Kimyo Metallurgiya Fakulteti 21b-21KT guruh
talabasi Amirov Shoxruxrning
Umumiy va noorganik Kimyo fanidan
Reja: Ftor, brom va yod elementlari galogenlar oilasining vakillari bo‘lib, tabiatda turli birikmalar holida keng tarqalgan. Ftor — flyuorit ( plavik shpat) C aF2, kriolit Na3[AlF6], ftorapatit 3Ca3(PO4)2 ∙· CaF2 yoki Ca5(PO4)3 F minerallari tarzida tabiatda uchraydi.
Ftor
Brom — xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi. Yod — dengiz o‘tlari (laminariya) va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, Chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaIO3, KIO3) holida keng tabiatda uchraydi. Galogenlarning barchasi o‘tkir hidga ega, zaharli. F2, Br2, I2 molekulalari ikki atomli, tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi.
yod
xlor
brom
Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lib, uni amalda erituvchilar vositasida eritish qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo‘rg‘oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda kripton va ksenon bilan birikadi: Xe + F2 = XeF2 + Q
oltingugurt
mishyak
uglerod
Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmaydi. Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi: SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 + Q; 2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q.
olmos
Br2 v a I2 ning kimyoviy faolligi nisbatan sust bo‘lsada, odatdagi sharoitda ular ham ko‘pchilik metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi uchunular manfiy zaryadli ionlar holida bo‘ladi. Shuning uchun galogenlarni olish ularning ionlarini oksidlash orqali amalga oshiriladi. Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi.
freon
teflon
Bromdan turli dorivor vositalar, ba’zi bo‘yoqlar, kumush bromid ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bromning yetishmasligi insonlarda turli asab kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |