Tayanch tushunchalar
Feodal tarqoqlik oqibatlari. Mamlakatni birlashtirish sabablari. Birlashtirish tarafdorlari va dushmanlari.
Ichki siyosiy ahvol.
IX asrda g`arbiy Yevropada feodal tarqoqlik yuz bergan edi. Buning natijasida davlatlar mayda- mayda bo`laklarga bo`linib ketgan. Ularning har biri deyarli mustaqil davlat (mustaqil mulk) edi. Oqibatda qirol hokimiyati zaiflashgan. Uning ta'sir doirasi o`ziga qarashli mulk chegarasidan nariga o`tmagan.
Fransiyaning o`zi 14 ta yarim mustaqil mulkka (davlatga) bo`linib ketgan edi. Ularni boshqargan gersog yoki graflar o`zlariga qarashli mulkda aholidan soliq yig`ganlar, sud ishlarini amalga oshirganlar.
Ba'zi feodallarning yer-mulki qirolnikidan ko`p edi. Binobarin, ular qirollardan boyroq va qudratliroq bo`lgan.
Gersog va graf (yirik feodal)lar ,,qirol tenglarning birinchisidir" xolos, deb hisoblar edilar.
Birlashish sabablari.
X - XI asrlarda mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar yanada o`sdi. Bu o`z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga sabab bo`ldi. Savdo-sotiqning rivojlanishi mamlakat viloyatlari o`rtasida mehnat taqsimotining vujudga kelishiga olib keldi.
Yodda tuting Viloyatlar o`rtasidagi mehnat taqsimoti har bir viloyatning ishlab chiqarishning u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvidir.
Bir viloyatda temir rudasi, ikkinchisida oziq-ovqat mahsulotlari, uchinchisida esa movut ishlab chiqarish yetakchi sohaga aylangan. Bu hodisa viloyatlarning o`zicha yashashi holatiga barham bergan.
Ularni bir-biri bilan chambarchas bog`lagan. Hatto feodallar ham, krepostnoylar ham bu jarayonga tortilgan.
Feodallar hunarmandchilik buyumlari hamda shahardan keltiriladigan boshqa tovarlarni sotib olish uchun tobora ko`proq pulga muhtoj bo`la boshlaganlar. Shu tufayli barshchina va obrokni ham pul to`loviga o`tkaza borganlar.
Obrokni pul bilan to`lash krepostnoylarni bozor bilan bog`lab qo`ygan. Ular endi o`z chek yerlarida yanada ko`proq mahsulot yetishtirishga harakat qilganlar. Ortiqcha pulga ega bo`la boshlagan krepostnoy bora-bora pul evaziga o`z erkini sotib ola boshlagan. Shu tariqa krepostnoy qaramlikdan ozod bo`lib, erkin ishlab chiqaruvchiga aylangan. Bu esa mamlakatni birlashtirish uchun sharoit yaratgan.
Mamlakatning bundan keyingi taraqqiyoti ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o`sishi va savdo-sotiqning rivojlanishiga bog`liq bo`lib qolgan. Biroq mamlakatda davom etayotgan feodallar o`rtasidagi o`zaro urushlar taraqqiyot yo`lidagi asosiy g`ovga aylangan edi.
Yodda tuting
Feodal tarqoqtik o 'zaro urushlaming bosh manbai edi.
Bu g`ovni faqat kuchli qirol hokimiyatigina bartaraf eta olar edi. Bunday hokimiyat mamlakatni yagona davlatga birlashtirish natijasidagina vujudga kelishi mumkin edi.
Mamlakat birlashuvi dushmanlari va tarafdorlari.
Mamlakat birlashuvining asosiy dushqaani yirik feodallar edi. Ular hamma narsaning eskicha qolishini istashardi. Chunki birlashish mulk egalarini hamma imtiyoz va mavqelardan mahrum etar edi.
Hunarmandlar, savdogarlar va ritsarlar markazlashgan davlat tarafdorlari edilar. Qirol feodallarga qarshi kurashda ularga tayanar edi.
Shaharlar feodallarga qarshi kurashda qiroldan madad so`rardi.
Qirol o`zboshimcha feodallarni kuchsizlantirish maqsadida shaharlarga o`z-o`zini boshqarish huquqini berardi. Buning evaziga shaharlar qirolning mamlakatni birlashtirish yo`lidagi harakatini pul bilan ta'minlardi. Qirol ixtiyoriga o`z qurolli kuchlarini yuborar edi.
Birlashtirish harakatining boshlanishi.
Fransiyani birlashtirish qirol Lyudovik VI davrida (1108 - 1137) boshlandi.
Birlashtirish yo`lidagi eng katta to`siq Angliyaning Fransiyadagi mulklari edi. o`zboshimcha Normandiya gersogi Vilgelm Angliyani bosib olgan edi. Uning vorislari Fransiyaning yarmidan ortiq hududiga egalik qilardilar.
Qirol Filipp II Avgust (1180 - 1223) Vilgelm vorislarining Fransiyadagi yerlarini musodara qildi. Ingliz qo`shinini tor-mor etib, hatto Normandiya gersogligining o`zini ham bo`ysundirdi. Shu tariqa mamlakatni birlashtirishda katta muvaffaqiyatga erishildi.
Filipp n Avgust boshqaruv sohasida muhim islohot o`tkazdi. Unga ko`ra, mamlakat bir-biriga teng 20 ta okrug (viloyat)ga bo`lindi. Ular qirol tayinlaydigan gubernatorlar tomonidan boshqariladigan bo`ldi. Gubernatorlarga sud, soliqlarni yig`ish va qo`shin to`plash ishlari yuklatilgan.
Fransiyani birlashtirish ishiga qirol Filipp IV katta hissa qo`shdi. Uning davrida (1285 - 1314) butun Fransiyaning 3/4 qismi birlashtirilgan.
Filipp IV tanga pul joriy etgan. Uning tarkibida oltin va kumush miqdori ko`p edi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`lgan.
Fransiyada shu tariqa markazlashgan qirol hokimiyati — markazlashgan davlat vujudga keldi.Mamlakatning barcha hududi qirol hokimiyatiga itoat etgan.
Atamalar mazmunini bilib oling
Imtiyoz - hamma uchun belgilangandan ortiq haq-huquq, sharoit.
Markazlashgan qirol hokimiyati - mamlakat barcha hududining yagona qirol hokimiyatiga itoat etishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |