O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA -MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA KAFEDRASI
NURQULOV NODIRBEK SHERNAZAR O’G’LINING
“FOTOEFFEKT VA UNING AMALIY AHAMIYATI”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
TOPSHIRDI:_________________
QABUL QILDI:________________
RAXBAR:__________________
2017-yil
MAVZU: FOTOEFFEKT VA UNING AMALIY AHAMIYATI
REJA:
KIRISH
1.FOTOEFFEKT HODISASI
2.STOLETOV TAJRIBASI
3.FOTOEFFEKT QONUNLARI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Yorug’likning moddaga ko’rsatadigan ta’siri bilinadigan turli hodisalari orasida fotoelektrik effekti, ya’ni yorug’lik ta’sirida moddaning elektronlar chiqarishi muxim o’rin egallaydi. Bu xodisani analiz qilish yorug’lik kvantlari haqidagi tasavvurni yaratdi va hozirgi zamondagi nazariy tasavvurlarning rivojlanishida juda muhim rol o’ynadi. Bundan tashqari, fotoelektrik effekti fotoelementlarda qo’llaniladi, fotoelementlar esa fan va texnikaning turli soxalarida keng qo’llanilayotir va kelajagi bundan ham porloq.
Fotoeffektning kashf etilishi tarixini 1887-yildan boshlagan ma’qul, chunki o’sha yili Gers kuchlanish berilgan uchqun oralig’ining elektrodlarini ultrabinafsha nur bilan yoritganda uchqun chiqishi osonlashganini kuzatgan.
Mavzuning dolzarbligi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, fotoeffekt hodisasining yaratilishi hozirgi kunda turli xildagi fotoelementlarning ishlab chiqarilishiga sabab bo’ldi natijada fotoelementli fanarlar, quyosh batarealari ishlatilmoqda.
Maqsad: fotoeffekt hodisasini o’rganish.
Vazifalari:
Fotoeffekt qonunlari
a. To’yinish toki. Fototok kuchini o’rganishda stoletovning sxemasiga o’xshash sxema qo’llaniladi (1-rasm).Bu sxemada P-- yoritiladigan metal plastinka , N- G galvanometer orqali B batareaning mos qutbiga ulangan ikkinchi plastinka. Yorug’lik tasirida P plastinkadan chiqayotgan elektronlar B batareaning tasirida N plastinka tomonga harakat qiladi va similar orqali galvanometrga borib , B batareaning tokini ulaydi , ya’ni zaryadlar oqimini tutashtiradi . Birinchi tekshiruvchilar bu hodisaning yoritilayotgan sirtning tozaligiga juda ko’p bog’liq ekanligini aniqlashdi . Shuning uchun aniq bajariladigan tajribalarda mexanik usulda yaxshilab tozalangan sirtlar bilan yoki , yaxshisi , metalni vakkumda bug’lantirib yalatish orqali yasalgan sirtlar bilan ish ko’riladi. O’lchash vaqtida P va N elektrodlar o’rtasida yuqori yuqori vakkum saqlanib turiladi , chunki elektrodlar o’rtasida gaz bo’lishi sirtning xususiyatlarini ko’p o’zgartiradi hamda zaryadlarning chiqish va ko’chish sharoitlarini qiyinlashtiradi . Yoritilganlikni o’zgartirmay B batareaning kuchlanishini o’zgartirsak , galvanometer ko’rsatayotgan tok kuchining qiymatini ma’lum chegaralarda o’zgartirishimiz mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |