Fosfor. Fosforli o’G’itlar



Download 55 Kb.
bet1/2
Sana04.03.2022
Hajmi55 Kb.
#482735
  1   2
Bog'liq
fosfor. fosforli ogitlar.


FOSFOR. FOSFORLI O’G’ITLAR.
Fosfor keng tarqalgan element, yer sharini 0,04 % ni tashkil qiladi. Oson oksidlangani uchun tabiatda erkin holda uchramaydi.
Tabiatda appatit minerali 3Ca3(PO4)2·CaF2 yoki CaCl2 va fosforitlar Ca3(PO4)2 va har xil qo’shimchalar bo’ladi.
Fosforitlar va appatitlar fosforli mineral o’g’itlar olishda o’g’it sifatida ishlatiladi. Appatitlarning katta miqdorda Kola yarim orolida, Ural, Podmoskovyeda bor.
Fosfor tirik organizm uchun kerakli element: kon, miya, nerv sistemasi to’qimalarida bo’ladi. Ko’p miqdorda fosfor Ca3(PO4)2 holida hayvonlar suyagida bo’ladi. Suyak ekilsa uning tarkibidagi hamma organik moddalar yonadi, qolgan modda Ca3(PO4)2 bo’ladi. Odam organizmida fosforning umumiy miqdori 4,0 % ga boradi.
Birinchi marta erkin fosfor 1669 yilda gamburglik alximik Brand tomonidan olingan.
Hozirgi paytda kalsiy fosfatdan olinadi. Buning uchun kalsiy fosfat qum, ko’mir bilan havo kirmaydigan joyda elektr pechlarida qizdiriladi.
Ketayotgan prosessni tasavvur qilish uchun kalsiy fosfat:
3CaO·P2O5·3SiO2 = 3CaSiO3 + P2O5
P2O5 + 5C = 2P + 5CO
Ca3(PO4)2 + 3SiO2 + 5C = 3CaSiO3 + 5CO + 2P↑
P+5+5e → P0 │ 2
C0 -2e → C+2 │ 5
Ajralib chiqayotgan fosfor bug’lari suv bug’lari bilan ushlanadi.
Fizik xossalari: Fosfor elektronlar soniga ko’ra azotning analogi hisoblaniladi.
P 3s23p53d0 N 2s22p3
Lekin fosfor 3-davr elementi, 3d orbitallari valent elektron rolini o’ynaydi.
Fosfor uchun sp3d2, sp3d1, sp3 gibridlanish xarakterli.
Fosforni maksimal koordinatsion soni 6 ga teng. 11 allotropik modifikatsiyasi bor.
Fosfor atomlari ikki atomli P2, to’rt atomli yoki polimer P2 bo’lishi mumkin.
P2 molekulasi 1000ºC dan yuqorida mavjud. Molekuladagi P2 bog’lanish energiyasi juda katta (450 kJ/mol), uning atomlarining parchalanishi 2000ºC sodir bo’ladi.
Suyuq erigan holda, hamda 1000ºC dan pastda P4 molekulalari barqaror, u tetraedr konfiguratsiyasiga ega. Fosfor bug’larini kondensatsiyasida oq fosfor hosil bo’ladi (H=1,8 g/sm3). U molekulyar kristall panjaraga ega, Kristall panjara uchlarida P4 turadi.
Oq fosfor - oq amorf modda. U oson suyuqlanadi. Tpl = 44ºC, Tk=275ºC, uchuvchan CS2 va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Oq fosfor juda zaharli (O”ldirish dozasi 0,1g).
Suv ostida saqlansa sarg’ayib qoladi. Fosforning hidi chesnokka o’xshaydi.
P4 molekulasida bog’lar oson uziladi (200 kJ/mol). Shuning uchun oq fosfor ximiyaviy aktiv, u turaverib polimer modifikatsiyaga o’tadi.
Polimer modifikatsiyalardan eng barqarori qizil va qora fosfor. Tashqi ko’rinishi jihatidan qora fosfor (d=2,7g/sm3) grafitga o’xshaydi, uni oq fosfordan 200ºC va 1200 atm. bosimda olish mumkin.
Poq→ Pqora H=-42 kJ/mol
Qizil fosforni bir qancha modifikatsiyalari bor. Ularning strukturasi hali to’la aniqlanmagan. Ular polimer moddalar, o’zaro piramidal bog’langan.
Olinish usuliga qarab qizil fosfor har xil xossaga ega. Masalan, uning zichligi 2,0-2,4 g/sm3, Tsuyukl = 585-600ºC orasida rangi to’q jigardan qizil, binafshaga o’zgaradi.
P qizil eritmaga o’tkazilishi uchun polimer molekulasidagi bog’larni uzish kerak. Shuning uchun polimer modifikatsiyalar hech qanaqa erituvchilarda erimaydi va yuqori suyuqlanish temperaturasiga ega. Shuning uchun P bug’larini kondensatsiya qilganda qizil emas, oq modifikatsiya hosil bo’ladi.
P qizil, P qora ximiyaviy jihatdan ancha barqaror.
Agar oq fosfor havoda o’z-o’zidan 50ºC alangalansa, qizil fosfor 250ºC, qora fosfor 400ºC alangalanadi. Oq fosfordagi farqli polimer modifikatsiyalar zaharli emas.
Fosfidlar: yuqori temperaturada P hamma metallarni fosfidlargacha oksidlaydi.
S-elementlar II fosfidlari Me3P2 ion kovalent birikmalar deb qaralishi mumkin, ular tuzlariga o’xshash, suvda oson parchalanadi.
3Mg+2P=Mg3P2
P qaytariladi.
d-elementlar fosfidlari kul rang yoki qora rangga ega (MP, MP2, MP3). Ular metallarga xos yaltiroqligiga, elektr o’tkazuvchanligiga ega. Fosfidlarning ba'zi tiplari ximiyaviy ham aktiv.
Kovalent fosfidlarga H3P (fosfin) kiradi. Vodorod bilan fosfor deyarli reaksiyaga kirishmaydi. Fosfin bilvosita usul bilan olinadi (Ishqoriy muhitlarda).
Ca3P2 + 6H2O = 3Ca(OH)2 + 2PH3
Fosfid kalsiy
5P + 3H2O + 6KOH = 3KH2PO3 + 2PH3
PH4J + KOH = PH3 + KJ + H2O
Ximiyaviy xossalari jihatidan PH3 ammiakka o’xshaydi. Lekin ammiakka nisbatan kuchli qaytaruvchi.
Qizdirilganda 2PH3 = 2P + 3H2
Suvdagi eritmada dissotsiatsiyaga uchramaydi, lekin kumush, simob, mis tuzlari bilan cho’kmaga tushadi.
3CuSO4 + 2PH3 = Cu3P2 + 3H2SO4
Havoda 150ºC gacha qizdirilsa, yonadi va fosfat angidridga aylanadi:
2PH3 + 4O2 = P2O5 + 3H2O
Kuchli oksidlovchi (K2CrO7, KMnO4) ta'sirida PH3 H3PO4 gacha oksidlanadi.
5PH3 + 8KMnO4 + 12H2SO4 = 5H3PO4 + 8MnSO4 + 4KSO4 + 12H2O
Ammiakka o’xshash, u kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Ammoniyga o’xshab fosfoniy tuzlari deyiladi.
PH3 + HJ = PH4J – fosfoniy yodid.
Ular ammoniy tuzlariga qaraganda beqaror.
Galogenlar bilan birikmasi.
Fosfor galogenlar bilan har xil birikmalar hosil qiladi. Ulardan PCl5 – fosfor (V)-xlorid, PCl3-fosfor (III)-xlorid, PJ3 - fosfor(III)-yodid. PCl3 - havoda tutaydigan suyuqlik, zichligi d = 1,57; tsuyuq = -92ºC; tqayn.= 74,2ºC. PCl3 - fosfat kislotasining xlorangidridi suv bilan parchalanadi.
PCl3 + 3H2O = 3HCl + H2HPO3 - fosfit kislotasi.
Kuchli oksidlovchi ta'sirida PCl3-(V) gacha oksidlanadi.
2PCl3 + 2Cl2 = 2PCl5; PCl3 + Cl2 = PCl5
PCl3 qizdirilganda P va Cl2 ni ta'sir etib olinadi:
2P + 3Cl2= 2PCl3 + 321.75 kJ/mol
PCl3 organik ximiyada -OH gruppalarini almashtirish uchun ishlatiladi.
PCl5 - oq kristall modda, bo’g’uvchi hidga ega. Ts=159ºC; Tqay=162ºC
PCl5 = PCl3 + Cl2 200ºC -48 5%; 300ºC - 97.3%
Xarakter jihatdan fosfat kislotasining xlorangidridi.
PCl5 + H2O = POCl3 + 2HCl 213.4 kJ/mol
POCl3 + 3H2O = H3PO4 + 3HCl 301.25 kJ/mol
Suv yetishmaganda POCl3 rangsiz o’tkir hidli suyuqlik d=1.67; Ts=1.1ºC; Tqay=105.2ºC
PCl5- kuchli oksidlovchi, u metallarni, oltin va Pt ham oksidlaydi.
Cd + PCl5 = CdCl2 + PCl3
2FeCl2 + PCl5 = 2FeCl3 + PCl3
PBr3 - fosfor (III)- bromid, rangsiz tutaydigan suyuqlik Ts = 40ºC, Tqayn = 175.3ºC.
PBr5 - sariq kristall modda Ts = 108ºC
PJ3 - qizil kristall Ts = - 61ºC
PF3, PF5 rangsiz gazlar.
Fosforning kislorodli birikmalari.
P kislorod bilan fosfat angidrid hosil qiladi. P2O5 va P2O3 yana 2P2O4 birikma ham bor.
2P2O4 = P2O3 + P2O5 birikmasi.
P2O5 - oq kristall modda, suv bilan fosfat kislotalar beradi.
P2O5 + H2O = 2HPO3 - meta
P2O5 + 2H2O = H4P2O7 - piro
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4 - orto
Fosfat angidrid suv bilan juda yaxshi ta'sirlashadi, u o’ziga suv tortuvchi modda sifatida ishlatiladi.
P2O5 - asoslar va asosli oksidlar bilan fosfat kislota tuzlarini hosil qiladi.
6 NaOH + P2O5 = 2Na2PO4 + 3H2O
3BaO + P2O5 = Ba3(PO4)2
P2O5 - fosforni havoda to’la yonishi natijasida hosil bo’ladi.
P4 + 5O2 = 2P2O5
Orto-, meta-, pirofosfat kislotalarning bir-biriga o’tish sxemasi:
H3PO4 H4P2O7 HPO3
HPO3 – Meta fosfat kislotasini – shishasimon modda suvda oson eriydi.
H4P2O7 – Pirofosfat kislota rangsiz, kristall modda, suvda oson eriydi.
H3PO4 – Ortofosfat kislota rangsiz kristall modda
H3PO4 – kam miqdorda suv bilan siropsimon suyuqlik hosil qiladi. Meta-, piro-, ortofosfat kislotalarni anionlarini farqlash uchun AgNO3 bilan reaksiyasidan foydalaniladi. Metafosfat kislotasi Ag+ bilan oq cho’kma hosil qiladi. Metafosfat kislotasi (HPO3)x x=2,3,6 …. tipdagi polimer. Orto- va pirofosfat kislotasidan farq qilib oqsil moddalarini cho’ktiradi, bu uing polimer xarakterini ko’rsatadi. Pirofosfat kislotasi anioni oq cho’kma Ag4P2O7 ni hosil qiladi. Lekin u tuxum oqsilini cho’ktira olmaydi. Ortofosfat kislota uch xil tuzlarni hosil qiladi:
1)bir vodorod metallga almashgan NaH2PO4
2)ikkita vodorod metallga almashgan Na2HPO4
3)uchta vodorod metallga almashgan Na3PO4
Barcha ortofosfat kislotasining tuzlari tarkibida natriy, kaliy va ishqoriy metallar va ammoniy bo’lsa suvda eriydi. Bu tuzlarning tarkibida boshqa metallar bo’lsa erimaydi. Ortofosfatlarning o’ziga xos tarafi ularning qizdirishga munosabatidir. Bunda digidroortofosfatlar metafosfatlarga o’tadi:
NaH2PO4 = NaPO3 + H2O
Gidrofosfatlar difosfatlarga yoki pirofosfatlarga o’tadi:
2Na2HPO4 = Na4P2O7 + H2O
2MgHPO4 = Mg2P2O7 + H2O
O’rta tuzlar yoki ortofosfatlar ammiak va kislotaga parchalanadi:
(NH4)3PO4 = 3NH3 + H3PO4
Texnikada ortofosfat kislota kalsiy fosfatni sulfat kislota bilan parchalash orqali olinadi:
Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 = 3CaSO4 + 2H3PO4
Kimyoviy toza ortofosfat kislota tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida, sun'iy droja va limonadlar tayyorlashda ishlatiladi. Ortofosfat kislotasining tuzlari qattiq suvlarni tozalashda ko’p ishlatiladi.

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish