Fizika 61. Mutlaq silliq stolda M=15 kg massali taxta, taxtada esa m=3 kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsienti μ=0 Taxtachaga F=9 n gorizontal kuch qo'yilgan. Taxta qanday a



Download 91,5 Kb.
Sana15.06.2022
Hajmi91,5 Kb.
#675222
Bog'liq
1-dtm fizika


Fizika

61. Mutlaq silliq stolda M=15 kg massali taxta, taxtada esa m=3 kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsienti μ=0,4. Taxtachaga F=9 N gorizontal kuch qo'yilgan. Taxta qanday a tezlanish bilan (m/s2) harakatlanishini aniqlang.


A) 0,1. B) 0,3. C) 0,5. D) 1,0.

62. Yuzi S=50 cm2 bo'lgan va erkin siljiy oladigan porshen ostidagi bosimi p=120 kРа bo‘lgan bir atomli gazga necha joul issiqiik miqdori Q berilsa, porshen h=2 cm ko‘tariladi?


A) 30. B) 45. C) 60. D) 75.

63. H=80 m balandlikdan υ=35 m/s tezlik bilan gorizontal yo'nalishda kamondan o‘q uzildi, o‘q harakatining boshlang'ich va yerga tushish nuqtasi orasidagi s masofani aniqlang (m). Havoning qarshifigint htsobga olmang.


A) 122. B) 132. C) 144. D) 161.

64. Torning biror nuqtasi 1 mm amplituda va 1 kHz chastota bilan tebranmoqda. Bu nuqta 0,2 s davomida qanday yo‘l (cm) o'tadi?


A) 10. В) 40. С) 80. D) 160.

65. Ochiq idishdagi suv uning tubidagi kichik teshikdan t vaqtda oqib chiqadi. Atmosfera bosimi kamaysa, suvning oqib chiqish vaqti qanday o'zgaradi?


A) ortadi. B) kamayadi. C) o'zgarmaydi. D) aniqlab bo'Imaydi.

66. Suvosti kemasi suv tubida yotibdi. Biinda qaysi kuchlarning ta’siri muvozanatlashadi?


A) kemaning og'irlik kuchi tayanchning (suv tubining) reaksiya kuchi va itarib chiqaruvchi kuck bilan muvozanatla­shadi.
B) kemaning og'irlik kuchi suv ostidagi yerning reaksiya kuchi bilian muvozanatlashadi.
C) kemaning vazni Arximed kuchi bilan muvozanatiashadi.
D) kemaning og'irlik kuchi hech narsa bilan muvozanatlashmaydi, shuning uchun ham kema suv ostida yotibdi.

67. Tosh tik yuqoriea υ=40 m/s tezlik bilan otildi. Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining k=1/3 qismiga teng bo'ladi?


A) 40. В) 50. С) 60. D) 70.

68. Jismning havodagi vazni P1=3 N, ρ=1000 kg/m3 zichlikka ega bo'lgan suyuqlikdagi vazni esa 2 N. Shu jismning ρj zichligini (kg/m3) aniqlang.


A) 2000. B) 3000. C) 4000. D) 5000.

69. Yopiq idish 27°C temperaturali suv bilan to'ldirilgan. Agar suv molekulalari orasidagi o'zaro ta’sir yo'qolsa, idishdagi bosim (Pa) qanday bo‘lib qolar edi?


A) 1,4·108 B) 1,4·109 C) l,4·1010 D) 1,4·107

70. Massasi m=100 g bo'lgan kichik jism x=0,06cos(10πt/+π/2) m tenglamaga mtivofiq garmonik tebranmoqda. Jismga ta’sir qilayotgan kuchning Fm amplitudasini (N) aniqlang. π2=10.


A) 0,96. В) 2,2. С) 3,8. D) 6,0.

71. Suyuqlik solingan silindrik menzurkaga tashlangan yaxlit kub suyuqlik ichida muallaq turib qoldi. Agar kub massasi 64 g ga teng bo‘lsa, menzurkadagi suyuqlik zichligini aniqlang (kg/m3).



A) 2000. B) 2. C) 1000. D) 1.

72. Sig‘imi 5 l bo‘lgan idishga 4 l suv (1 g/cm3) solingan. Agar idishga hajmi 3 dm3 bo‘lgan jism (500 kg/m3) solinsa, idishdan necha dm3 suv to‘kiladi?


A) suv to‘kilmaydi. B) 1,5. C) 2. D) 0,5.

73. Moddiy nuqtaning berilgan sanoq sistemasidagi harakati x=7+4t va y= 5+3t tenglamalar bilan berilgan. Jism dastlabki 2 s ichida qanchaga ko‘chadi (m)?


A) 14. B) 19. C) 10. D) 13.

74. Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakati davomida qaysi kattalik doimo nolga teng? Havoning qarshiligini hisobga olmang.


A) jismning gorizontal tezligi.
B) jismning vertikal tezlanishi.
C) jismning vertikal tezligi.
D) jismning gorizontal tezlanishi.

75. Gorizontal tekislikdagi m=1 kg massali brusok prujina yordamida gorizontga α burchak ostida tekis tortilmoqda. Prujina bikrligi k=100 N/m, brusok va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,5 bo‘lsa, prujina cho‘zilishini (cm) toping. sinα = 0, 8.



A) 5. B) 10. C) 2. D) 8.

76. Richagning ikki uchiga 10 kg va 4 kg mas-sali jismlar osilgan. Agar richag 10 kg massali jismdan 1 m masofada tayanchga qo‘yilsa, u muvozanatda turadi. Richagning uzunligi 3 m bo‘lsa, uning massasini toping (kg).


A) 4. B) 5. C) 6. D) 2.

77. Quyidagi massasi m va radiusi R bo‘lgan sharni balandligi h (h

78. Agar kislorod va vodorod gazlarining temperaturalari bir xil bo‘lsa, vodorod molekulalari o‘rtacha kvadratik tezligi kislorodnikidan necha marta katta bo‘ladi? Mk=32 g/mol, Mv =2 g/mol.


A) 16 marta. B) 32 marta.
C) 2 marta. D) 4 marta.

79. 1 mol miqdordagi vodorod va geliy gazlarining bir xil temperaturadagi ichki energiyalarini solishtiring.


A) geliyniki katta. B) aniqlab bo‘lmaydi.
C) vodorodniki katta. D) bir xil.

80. Tashqi kuchlar ideal gaz ustida 500 J ish bajarishdi. Bunda gaz tashqi muhitga 300 J issiqlik beradi. Ushbu jarayonda gazning ichki energiyasi qanchaga o‘zgaradi (J).


A) 200 J ga ortadi. B) 800 J ga ortadi.
C) 200 J ga kamayadi. D) 800 J ga kamayadi.

81. Gaz adiabatik siqilganda temperatura 40 K ga ortdi. Agar bu gaz 320 g kislorod ekanligi ma’lum bo‘lsa, bunda qancha ish bajarilgan (J)?


A) 4986. B) 3324. C) 1243. D) 8310.

82. Erkin siljiy oladigan porshen ostida 1 MPa bosimli gaz bor. Agarda porshenni 1 m ga ko‘tarish uchun gaz qizdirilsa, qancha ish bajariladi (MJ)? Porshen yuzasi 1 m2 ga teng.


A) 2. B) 1. C) 0,5. D) 1,5.

83. Ikki atomli gaz izobarik jarayonda isitildi. Bunda berilgan issiqlikning qanday qismi gazning ish bajarishiga sarf bo‘ladi?


A) 2/5. B) 3/5. C) 2/7. D) 3/7.

84. Foydali ish koeffitsenti 36 % bo‘lgan primusda har 1 minutda 3 g kerosin yonadi. Shu primusda 1 l suvni 10º C dan qaynaguncha isitish uchun qancha vaqt ketadi (min)?


C=4200 J/kg·K, q=35 MJ/kg.
A) 10. B) 15. C) 5. D) 20.

85. Karno siklida ishlaydigan mashinada isitkich va sovutkich absolut temperaturalarining nisbati 5 ga teng. Agar bir siklda sovutkichga 36 kJ issiqlik berilgan bo‘lsa, isitkichdan olingan issiqlik miqdori qanday (kJ)?


A) 100. B) 150. C) 156. D) 180.

86. Samolyot yerdan ko‘tarilishi uchun 25 m/s tezlikka ega bolishi kerak. Yo’lakning uzunligi 100 m, samolyotning massasi 1 tonna va ishqa-lanish koeffitsiyenti 0,02 ga teng bo’lsa, yerdan ko'tarilish paytida samolyot motorining quvvati qanday bo’ladi?


A) 80 kW B) 83,1 kW
C) 66,2 kW D) 60,2 kW

87. 250 m/s tezlikdagi 20 gr massali o‘q 10 m uzunlikdagi ipga osilgan 480 gr massali taxtaga gorizontal yo‘nalishda urilib, kirib qoladi. Ipning vertikaldan og’ish burchagini aniqlang.


A) 30° B) 45° C) arcsin0,75 D) 60°

88. 360 litr suvning modda miqdorini toping (kmol).


A) 10000 B) 20 C) 180 D) 0,18

89. Ideal gaz molekulalarining konsentratsiyasi 4 marta ortib, ularning o'rtacha kvadratik tezligi 2 marta kamaysa, gazning bosimi qanday o‘zgaradi?


A) O‘zgarmaydi. B) 4 marta ortadi.
C) 2 marta kamayadi. D) 2 marta ortadi.

90.Issiqlik sigimi deb ... isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga aytiladi.


A) berilgan massali jismni eriguncha
B) birlik massali jismni T1 dan T2 gradusgacha
C) berilgan massali jismni 1°C ga
D) berilgan 1 kg massali jismni 1°C ga
Download 91,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish