Variant – 1
1. Beshta bir xil kartochkalar bo’lib, ularga B, L, M, I, I harflari yozilgan. Bu kartochkalar
tavakkaliga olinib, bir qatorga terilganda “BILIM” so’zini hosil bo’lishi ehtimolini toping.
2. Studentlarning saralash sport musobaqasida I gruppadan 4 student, II gruppadan 6 ta va III
gruppadan 5 ta student qatnashmoqda. I, II va III gruppa studentlarining institut terma
komandasiga kirish ehtimollari mos ravishda 0,6; 0,5 va 0,3 ga teng. Tavakkaliga tanlangan
student terma komandaga tushganligi ma’lum bo’lsa, uning qaysi gruppadan bo’lishi ehtimoli
kattaroq?
3. Firma mahsulotlarining 90% a’lo sifatlidir. Shu firma mahsulotidan tavakkaliga 6 tasi olingan.
Ular orasidagi a’lo sifatlilarining eng ehtimolli sonini va bu sonning ehtimolini toping.
Variant – 2
1. Ikkita o’yin soqqasi tashlandi. Soqqalarda tushgan ochkolar yig’indisi shu ochkolar
ko’paytmasidan katta bo’lish ehtimolini toping.
2. Ikkita ishchi tayyorlagan detallar umumiy konveyerga kelib tushadi. I ishchining nostandart
detal tayyorlash ehtimoli 0,06 ga, II ishchi uchun esa 0,09 ga teng. II ishchining mehnat
unumdorligi I ishchiga nisbatan ikki marta ko’p. Konveyerdan tavakkaliga olingan detalning
standart bo’lish ehtimolini toping.
3. A hodisa ustida 50 ta erkli sinash o’tkazilgan bo’lib, har bir sinashda hodisaning ro’y berish
ehtimoli 0,6 ga teng. Shu sinashlarda hodisaning ko’pi bilan 30 marta ro’y berishi ehtimolini
hisoblang.
Variant – 3
1. Yettita bir xil kartochkalarga O, K, E, T, T, N, SH harflari yozilgan. Kartochkalar tavakkaliga
bir qatorga teriladi. “TOSHKENT” so’zining hosil bo’lish ehtimolini toping.
2. Ishchi to’rtta stanokka xizmat qiladi. Bir soat davomida I stanokning buzilmaslik ehtimoli 0,8
ga; II – 0,9 ga; III – 0,7 ga teng ekanligi ma’lum. IV stanok uchun buzilmaslik ehtimoli 0,75 ga
teng. Bir soat davomida kamida bitta stanokning buzilish ehtimoli qanday?
3. Detalning standart o’lchamda bo’lish ehtimoli 0,95 ga teng. Olingan 300 ta detal orasidan
standart o’lchamdagilarining eng ehtimolli sonini va shu sonning ehtimolini toping.
Variant – 4
1. Uzunliklari 1, 3, 5, 7, 9 sm. ga teng bo’lgan beshta kesma berilgan. Shu kesmalardan
tavakkaliga tanlangan uchta kesma yordamida uchburchak yasash mumkin bo’lishi ehtimolini
toping.
2. Ishchida I zavodda tayyorlangan 16 ta detal va II zavodda tayyorlangan 4 ta detal bor.
Tavakkaliga 2 ta detal olingan. Hech bo’lmaganda bitta detal I zavodda tayyorlangan bo’lish
ehtimolini toping.
3. Ma’lum bir yo’nalishda 5 ta avtobus bo’lib, ularning smena davomida buzilmasligi ehtimoli 0,8
ga teng. Smena davomida kamida 4 ta avtobusning buzilmasligi ehtimoli qanday?
Variant – 5
1. Qutida to’qqizta bir xil sharlar bo’lib, ularga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan.
Tavakkaliga to’rtta shar olinib bir qatorga terilgan. Juft sonni hosil bo’lish ehtimolini toping.
2. Kursant o’q otish bo’yicha sinovni topshirishi uchun 4 dan kam bo’lmagan ball to’plashi kerak.
Agar kursantning 5 ball olishi ehtimoli 0,3 va 4 ball to’plash ehtimoli 0.6 ga teng bo’lsa, uning
sinovni topshirish ehtimolini toping.
3. To’pdan otilgan snaryadning nishonga aniq tegishi ehtimoli 0,7 ga teng. Otilgan 30 ta
snaryaddan kamida 20 tasining nishonga aniq tegishehtimolini toping.
Variant – 6
1. Qulfni ochish uchun beshta raqamdan iborat tayin bir nomerni terish kerak bo’lib, nomerlar 1,
2, 3, 4, 5, 6, 7 raqamlaridan tuzilishi mumkin. Tasodifan nomer terilganda qulfning ochilish
ehtimolini toping.
2. Yozgi olimpiada vaqtida student stadionga bordi. Futbol musobaqasiga 0,4; voleybol
musobaqasiga 0,2 va basketbol musobaqasiga 0,3 ehtimollik bilan billet topish mumkin.
a) studentning musobaqaga tushganlik ehtimoli qanday?
b) studentning voleybol yoki basketbol musobaqasiga tushganlik ehtimoli qanday?
3. Kubik ketma-ket 50 marta tashlanadi. Juft ochko tushishlar soni 20 va 30 orasida bo’lishi
ehtimolini toping.
Variant – 7
1. Yashikda 12 ta oq va 8 ta qizil sharlar bor. Tavakkaliga ikkita shar olindi. Sharlarning ranglari
turlicha bo’lish ehtimoli qanday?
2. Ustaxonada uchta stanok ishlamoqda. Smena davomida I stanokning buzilish ehtimoli 0,15; II
niki 0,1 va III niki 0,12 ekanligi ma’lum. Faqat ikkita stanokning buzilish ehtimolini toping.
3. Tayin bir hududda noyabr oyining istalgan bir kunida yomg’ir yog’ishi ehtimoli 0,3 ga teng.
Noyabrning ko’pi bilan 10 kunida yomg’ir yog’ishi ehtimoli qanday?
Variant – 8
1. Tavakkaliga olingan telefon nomeri 6 ta raqamdan iborat. Nomerning:
a) hamma raqamlari turlicha;
b) hamma raqamlari toq bo’lishi ehtimollari qanday?
2. Qurilma tarkibiga kiruvchi blokning tayin vaqt davomida buzilmaslik ehtimoli 0,8 ga teng.
Qurilmaning ishinchliligini oshirish maqsadida unga xuddi shunday rezerv blok o’rnatildi.
Rezerv blok o’rnatilgandan keyin sistemaning buzilmaslik ehtimoli qanday bo’ladi?
3. Kichik korxonaning t vaqt davomida bankrot bo’lishi ehtimoli 0,2 ga teng. Mavjud 7 ta
korxonadan t vaqt davomida bankrot bo’ladiganlarining eng ehtimolli sonini va bu sonning
ahtimolini toping.
Variant – 9
1. Ichida 30 ta standart va 6 ta nostandart detal bo’lgan qutidan tavakkaliga 3ta detal olinadi.
Kamida bitta detalning standart bo’lish ehtimoli qanday?
2. Radiolampa 0,6 va 0,4 ehtimollilar bilan I yoki II partiyaga tegishli bo’lishi mumkin.
Radiolampaning sifatli bo’lishi ehtimollari bu partiyalar uchun mos ravishda 0,7 va 0,8 ga teng.
Tavakkaliga olingan lampaning sifatli bo’lish ehtimoli qanday?
3. Darslik 10000 tirajda nashr qilingan. Har bir darslikning sifatsiz muqovalanishi ehtimoli 0,0001
ga teng. Nashr qilingan darsliklardan roppa-rosa 5 tasi sifatsiz muqovalanganlik ehtimoli
qanday?
Variant- 10
1. Lotoreyada 11 ta billet bo’lib, ulardan uchtasi yutuqli. Tavakkaliga beshta bilat olinadi. Kamida
bitta bilatning yutuqli bo’lish ehtimolini toping.
2. Nishonga qarata uchta o’q erkli ravishda uzilmoqda. Har bir otishda nishonga tegish ehtimoli
0,4 ga teng. O’q otish bo’yicha sinovlardan o’tish uchun kamida ikkita o’q tegishi kerak.
Sinovning topshirilish ehtimoli qanday?
3. Zavod ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning 70% yuqori sifatlidir. Shu zavodda tayyorlangan
200 ta mahsulotlardan kamida 120 ta va ko’pi bilan 160 tasi yuqori sifatli bo’lish ehtimolini
toping.
Variant – 11
1. Qutida 8 ta oq va 12 ta qora sharlar bor. Tavakkaliga beshta shar olinadi. Ulardan 2 tasi oq va 3
tasi qora bo’lish ehtimoli qanday?
2. Uchta ovchi bir vaqtda ayiqga qarab o’q uzishdi. Agar ovchilarning nishonga tekkizish
ehtimollari mos ravishda 0,3; 0,4 va 0,5 ga teng bo’lsa, kamida bitta ovchining o’qi ayiqga
tekkanligi ehtimolini toping.
3. Yo’lovchining poyezd yo’nalishiga kech qolishi ehtimoli 0,01 ga teng. 800ta yo’lovchidan kech
qoladiganlarining eng ehtimolli sonini va bu sonning ehtimolini toping.
Variant – 12
1. Uchta tanga tashlangan. Bitta tangada “gerb” tomon, qolganlarida esa “raqam” tomon tushish
ehtimoli qanday?
2. Uchta ovchi nishonga tayin bir ketma-ketlikda o’q uzishga kelishib olishdi. Navbatdagi ovchi
oldingisi tekkiza olmagan taqdirdagina o’q uzadi. Ovchilarning nishonga tekkizish ehtimollari
bir xil bo’lib, 0,7 ga teng. a) bitta; b) ikkita; c) uchta o’q uzilganlik ehtimolini toping.
3. Ekilgan urug’ning unib chiqishi ehtimoli 0,6 ga teng. ekilgan 8 ta urug’dan 5 tasining unib
chiqishi ehtimolini toping.
Variant – 13
1. Ikkita tanga tashlangan
A={tangalar bir xil tomon bilan tushishi},
B={tangalar turlicha tomonlar bilan tushishi} hodisalardan qaysi birini ehtimoli kattaroq?
2. Fabrikadagi A, B va C mashinalar barcha mahsulotlarning mos ravishda 25%; 35% va 40% ini
ishlab chiqaradi. Ularning brak mahsulot ishlab chiqarishi mos ravishda 5%; 4% va 2% ni
tashkil etadi. Fabrikada tayyorlangan va tasodifan olingan mahsulotning brak bo’lishi ehtimoli
qanday?
3. Televizorning garantiya muddati davomida buzilmaslik ehtimoli 0,94 ga teng. Sotib olingan 5 ta
televizor orasidan kamida 4 tasining garantiya muddati davomida buzilmasligi ehtimolini
toping.
Variant – 14
1. Tavakkaliga tanlangan studentning pasporti nomeri:
a) juft son bo’lishi; b) “5” ga qoldiqsiz bo’linishi ehtimoli qanday?
2. Zavoddagi I, II va III sexlar mos ravishda barcha mahsulotlarning 20%, 35% va 45% ishlab
chiqaradi. Ularning brak mahsulotlari mos ravishda 3%, 4% va 5% ni tashkil etadi. Tavakkaliga
olingan mahsulot brak chiqdi. Bu mahsulotning I, II yoki III sexda tayyorlanganlik ehtimollarini
toping.
3. Bolalar bog’chasi yangi mavsumda 80 ta bola qabul qiladi. Agar o’g’il yoki qiz tug’ilish
ehtimollari bir-biriga teng bo’lsa, qabul qilinganlarning kamida 50 tasi qizlar bo’lishi ehtimolini
toping.
Variant – 15
1. Uchta o’yin soqqasi tashlangan. Soqqalarda turlicha ochkolar tushish ehtimolini toping.
2. Xabarni telegrafda uzatishda “nuqta” va “tire” signallari 5:3 nisbatda uchraydi. Xabarni
uzatishda bu signallar orasida o’rtacha 2/5 qism “nuqta” signali va 1/3 qism “tire” signali
buziladi. Ixtiyoriy olingan signalning buzilmaslik ehtimoli qanday?
3. Tanga ketma-ket 40 marta tashlanadi. Shu tashlashlarning teng yarmisida “gerb” tomon tushish
ehtimoli qnday?
Variant - 16
1.
Beshta kartochkada 1,2,3,4,5 raqamlari yozilgan. Tavakkaliga ketma-ket ikkita kartochka
olingan. Olingan ikkinchi kartochkadagi raqam birinchisidan katta bo’lish ehtimolini
toping.
2.
Studentlardan sport musobaqasida qatnashish uchun I gruppadan 4 ta, II - dan 6 ta, III –
dan 5 ta student olingan. I, II va III gruppa studentlarining institut terma komandasiga
kirish ehtimollari mos ravishda 0,9; 0,7 va 0,8 ga teng. Tavakkaliga tanlangan student
musobaqa natijasida terma komandaga kirganligi ma‘lum bo’lsa, uning qaysi gruppadan
bo’lish ehtimoli kattaroq?
3.
Ovchining har bir otishda nishonga tekkizish ehtimoli 0,7 ga teng. Ovchi 4 ta o’q uzgan
bo’lsa, kamida 3 tasining tekkanligi ehtimolini toping.
Variant -17
1.
100 ta detaldan iborat partiya tekshirilmoqda. Partiyaning hammasi yaroqsiz deb, tan
olinishi uchun tekshirilayotgan beshta detaldan kamida bittasi yaroqsiz chiqishi yetarli.
Agar partiyada 6 ta yaroqsiz detal bo’lsa, uning tekshirish natijasida yaroqsiz deb tan
olinishi ehtimoli qanday?
2.
Avtomat qurilmasida ikkita erkli ishlaydigan C-1 va C-2 signalizator bo’lib, ularning rejimi
buzilganda signal berish ehtimollari mos ravishda 0,8 va 0,3 ga teng. Avtomat qurilmasi-
ning C-1 yoki C-2 signalizator bilan jihozlanganligi ehtimoli mos ravishda 0,9 va 0,1 ga
teng. Rejim buzilganligi haqida signal berildi. Signalning C-1 signalizator berganligi ehti-
moli qanday?
3.
Buyumning tashish vaqtida shikastlanish ehtimoli 0,03 ga teng. Agar 100 ta buyum
tashilgan bo’lsa, ulardan ko’pi bilan 2 tasining shikastlanganlik ehtimolini toping.
Variant -18
1. Gruppada 25 ta student bo’lib, ulardan 10 tasi faqat „a‘lo ” bahoga o’qiydi. Tavakkaliga 3 ta
student tanlanganda, ulardan 2 tasi a‘lochi studentlar bo’lish ehtimolini toping.
2. Samolyotdan samolyotga o’q uzish uch xil masofadan; 800 m, 600 m va 400 m dan bo’lishi
mumkin. Bu masofalardan o’q uzilish ehtimollari mos ravishda 0,2; 0,3 va 0,5ga teng. 800
m. masofadan samolyotni urib tushirish ehtimoli 0,1ga; 600 m. dan 0,2 ga va 400 m. dan
0,4 ga teng. O’q uzish natijasida samolyot urib tushirildi. O’q 400 m. masofadan uzilganlik
ehtimolini toping.
3. Tanga 30 marta tashlanadi. „ Raqam ” tomon tushishlarining soni kamida 20 ta bo’lish
ehtimoli qanday?
Variant -19
1. „Sportloto ” kartochkasidan 36 tadan 5 ta raqam tavakkaliga belgilangan. Belgilangan
beshta raqamdan 3 tasi yutuqli bo’lish ehtimolini toping.
2. Yig’uv sexiga detallar 4 ta avtomatdan kelib tushadi. Barcha detallarning 40 % I
avtomatdan; 30 % - II dan; 20 % -III dan va 10 %- IV dan kelib tushadi. I avtomat 0,1 % brak
mahsulot chiqarishi mumkin. Tavakkaliga olingan bitta detalning brak bo’lish ehtimoli
qanday?
3. Partiyada 20 % buyumlar I navlidir. Tavakkaliga olingan 6 ta buyumdan ko’pi bilan 2 tasi-
ning I navli bo’lish ehtimoli qanday?
Variant -20
1. Stolda 36 ta imtihon biletlari bo’lib, ular 1, 2, 3, …. , 36 gacha nomerlangan. Tavakkaliga
olingan uchta billet , dastlabki to’rtta bilet orasida bo’lish ehtimoli qanday?
2. Ishchida I zavodda tayyorlangan 18 ta detal va II zavodda tayyorlangan 6ta detal bor.
Tavakkaliga ikkita detal olingan. Hech bo’lmaganda bitta detal I zavodda tayyorlangan bo’lish
ehtimolini toping.
3. Agar 300 ta erkli sinovning har birida A hodisaning ro’y berish ehtimoli 0,4 ga teng bo’lsa,
A hodisaning roppa-rosa 150 marta ro’y berish ehtimolini toping.
Variant -21
1. Tavakkaliga tanlangan nomanfiy butun sonning kvadrati 1 raqami bilan tugashi ehtimolini
toping.
2. Ikkita qutida radiolampalar bor. I qutida 12 ta lampa bo’lib, ulardan 2 tasi nostandart; II
qutida 10 lampa bo’lib, ulardan 1 tasi nostandart. I qutidan bitta lampa olinib, II qutiga solin-
gan. II qutidan tavakkaliga olingan lampaning nostandart bo’lishi ehtimoli qanday?
3. Yangi tug‘ilgan 10 ta chaqaloqdan kamida 6 tasi o’g‘il bolalar bo’lish ehtimolini toping.
Variant -22
1. Qutida 10 ta bir xil kartochkalar bo’lib, ularga M, M, A, A, A, T, I, K, T, E harflari yozilgan.
Kartochkalar tavakkaliga ketma- ket olinib bir qatorga terilganda „MATEMATIKA ” so’zini
hosil bo’lish ehtimolini toping.
2. Tanga va o’yin soqqasi bir vaqtda tashlandi. Tangada „ raqam ” tomon, soqqada esa „6 ”
ochko tushish ehtimolini toping.
3. Kassirning pulni sanashda xatoga yo’l qo’yishi ehtimoli 0,02 ga teng. Agar kassir 50 marta
pul sanagan bo’lsa, rosa 2 marta xatoga yo’l qo’yganligi ehtimoli qanday?
Variant -23
1. Qutida 12 ta shar bo’lib, ulardan 7 tasi oq. Tavakkaliga 5 ta shar olinadi. Sharlardan 3 tasi
oq bo’lish ehtimolini toping.
2. Uchta mergan nishonga o’q uzmoqda. Ularning nishonga tekkizish ehtimollari mos ravishda
0,6; 0,7 va 0,9 ga teng. Uzilgan uchta o’qdan kamida bittasining nishonga tegish ehtimolini
toping.
3. Agar P(A) = 0,7 bo’lsa, A hodisaning 500 ta erkli sinovda kamida 300 va ko’pi bilan 400
marta ro’y berishi ehtimolini toping.
Variant -24
1. Qutida 15 ta detal bo’lib, ulardan 9 tasi standart. Tavakkaliga 3 ta detal olinadi. Olingan
detal-larning kamida bittasi standart bo’lish ehtimolini toping.
2. Omborda jami mahsulotning 60 % i I zavodda, 40 % i esa II zavodda tayyorlangan. Zavod-
larda tayyorlangan mahsulotlarning a‘lo sifatli bo’lish ehtimollari mos ravishda 0,94 va 0,88
ga teng. Ombordan tavakkaliga olingan mahsulotlarning a‘lo sifatli bo’lmaslik ehtimoli
qanday?
3. Merganning har bir otishda nishonga tekkizish ehtimoli 0,9 ga teng. Agar 6 ta o’q uzilgan
bo’lsa, kamida 5 tasining nishonga tegish ehtimolini toping.
Variant -25
1. Ishchi bir – biriga bog‘liqmas ravishda ishlaydigan 3 ta stanokda xizmat qiladi.
Stanoklarning 1 soat davomida ishchi e‘tiborini jalb qilish ehtimollari mos ravishda 0,2; 0,12
va 0,15 ga teng. Bir soat davomida kamida bitta stanokning ishchi e‘tiborini jalb qilishi
ehtimolini toping.
2. Korxonadagi jami mahsulotning 70 % i I sexda va 30 % i II sexda tayyorlanadi. Sexlarda
tayyorlangan mahsulotlarning brak bo’lishi ehtimollari mos ravishda 0,2 va 0,1 ga teng.
Tavakkaliga olingan mahsulot brak ekanligi ma’lum bo’lsa, uning II sexda tayyorlanganlik
ehtimoli qanday?
3. O’yin soqqasi (kubik) 8 marta tashlanganda „6 ” ochko roppa – rosa 3 marta tushish
ehtimolini toping.
Variant -26
1. 10 ta bir xil kartochkalar bo’lib, ularga D, I, I, I, O , S, Yo, T, T, Q harflari yozilgan.
Kartochkalar tavakkaliga bittadan olinib, bir qatorga terilganda, „IQTISODIYoT ” sozini hosil
bo’lishi ehtimolini toping.
2.
Nishonning yakson bo’lishi uchun kamida bitta snaryadning kelib tegishi yetarli. Nishonga
qarata takkizish ehtimollari mos ravishda 0,8; 0,9 va 0,7 ga teng bo’lgan uchta to’pdan o’q
uzildi. Nishonnig yakson bo’lish ehtimoli qanday?
3.
Talabaning imtihon biletidagi har bir savolga javob berishi ehtimoli 0,8 ga teng. Imtihon
biletidagi 3 ta savolga beriladigan javoblarning eng ehtimolli sonini va bu sonning ehtimolini
toping.
Variant -27
1. Guruhda 25 ta talaba bo’lib, ulardan 8 tasi sportchilardir. Tavakkaliga chaqirilgan 5 ta
talabadan 3 tasi sportchi bo’lishi ehtimolini toping.
2. Firma ishlab chiqarayotgan jami mahsulotning 60 % i I korxonada va qolgani II korxonada
tayyorlanadi. I korxona va II korxonalar uchun brak mahsulot ishlab chiqarish ehtimollari mos
ravishda 0,15 va 0,1 ga teng. Tavakkaliga olingan firma mahsuloti brak bo’lib chiqdi. Bu
mahsulotning qaysi korxonada tayyorlanganlik ehtimoli kattaroq?
3. Nishonga qarata bir- biriga bog‛liqmas ravishda 50 ta o’q uzilgan. Har bir o’qning nishonga
tegish ehtimoli 0,7 ga teng. Kamida 40 ta o’qning nishonga tegishi ehtimolini toping.
Variant -28
1 Qutida 10 ta kartochka bo’lib, ularga mos ravishda A, A, I, I , S, S, K, T, T, T harflari
yozilgan. Kartochkalar tavakkaliga bittadan olinib, bir qatorga terilganda „STATISTIKA ”
so’zining hosil bo’lishi ehtimolini toping.
2. Ikkita ishchi tomonidan tayyorlangan mahsulotlar umumiy qutiga solinadi. Birinchi
ishchining sifatsiz mahsulot tayyorlash ehtimoli 0,1 ga , ikkinchisi uchun esa 0,05 ga teng.
Ikkinchi ishchining mehnat unumdorligi birinchisiga nisbatan ikki barobar ko’p. Qutidan
tavakkaliga olingan mahsulot-ning sifatli bo’lish ehtimolini toping.
3. Buyumning tashish vaqtida shikastlanish ehtimoli 0,003 ga teng. Agar 1000 ta buyum
tashilayotgan bo’lsa, ko’pi bilan 2 tasining shikastlanishi ehtimolini toping.
Variant -29
1. Uchta kubik tashlanganda, uchalasida ham turli raqamlar tushish ehtimolini toping.
2. Ikkita qutining har birida 4 tadan oq va 6 tadan qora sharlar bor. Ikkinchi qutidan
tavakkaliga 2 ta shar olinib, birinchi qutiga solindi. Shundan so’ng, ikkinchi qutidan bitta shar
olindi. Olingan shar oq bo’lishi ehtimolini toping.
3. Partuyada 120 ta mahsulot bo’lib, ulardan har birining standartga mos bo’lish ehtimoli 0,8
ga teng. Partiyadagi standartga mos bo’lgan detallarning eng ehtimolli sonini va bu sonning
ehtimolini toping.
Variant -30
1. Qutida 15 ta shar bo’lib, ulardan 7 tasi oq. Tavakkaliga 5 ta shar olinadi. Ulardan 2 tasi oq
bo’lish ehtimolini toping.
2. Uchta ishchining mehnat unumdorligi bir xil bo’lib, ularning standart mahsulot tayyorlash
ehtimollari mos ravishda 0,9; 0,8 va 0,7 ga teng. Ishchilar tayyorlagan mahsulotlardan
tavakkaliga olinganda, u nostandart bo’lib chiqdi. Uning birinchi ishchi tomonidan
tayyorlanganlik ehtimoli qanday?
3. Jismoniy shaxslarning soliq to’lovini o’z vaqtida to’lashi ehtimoli 0,2 ga teng. 6 ta shaxsdan
kamida 4 tasining soliqni o’z vaqtida to’lash ehtimolini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |