"Filolog kubogi"
6-tur 27.04.2021
1-savol:
Dunyoda shunday "qamoqxonalar" mavjudki, ularda ba'zi tutqunlar juda kam vaqt, ba'zilari tug'ilgandan to o'lganiga qadar o'tiradi. Eng ajablanarlisi shundaki, tutqunlikda asralayotganlarning hech birining aybi, gunohlari yo'q.
Diqqat savol: "Qamoqxona" deb biz qayerni nazarda tutdik?
Javob:
Hayvonot bog'i
2-savol:
U o'smirligingizda paydo bo'lsa
uyaltiradi, o'rta yoshingizda bo'lsa joningizga
tegadi, qariganingizda bor bo'lsa ziynat beradi.
D.S: u nima?
Javob:
Soqol, mo'ylov.
3-savol:
Bu tana a'zosi ba'zi bir hayvonlarda uchramaydi.
Insonlar uni bezashni sanat darajasiga ko'targan, lekin bu tana a'zosi kimlargadur yoqadi, ba'zilarning esa asabiga tegadi. U nima?
Javob:
Tirnoq.
4-savol:
Malayziya shahrida yangi kelin kuyovlarga sogʻa tariqasida berishlari shart boʻlgan
narsa bu X. Gap shundaki bu shaharda X barchasi bilan taʼminlanish va yashnash
ramzidir. Bizdagi to'ylarda esa Xni boshqalarga berishadi.
Savol: X nima?
Javob:
Qaynatilgan tuxum.
5-savol:
Rus folkloridagi qaysi obraz o'z nomiga mantiqan to'la mos emas?
Javob:
O'lmas Kashshey!
Izoh: Ertakda uning o'limi mavjudligi ham aytilgan. Demak, u O'lmas emas!
6-savol:
Biz sen bilan navquron vaqtimda uchrashkandik va ko'p emas, oz emas o'n yil yonimda bo'lding, orada biroz vaqt meni tark etding va yana
qaytding. Ancha o'zgaribsan... DIQQAT SAVOL: GAP NIMA HAQIDA?
Javob:
Pasport.
7-savol:
O'zbeklar hamma ishlarini bismillox deb o'ng oyoqdan boshlashadi, lekin barcha bu ishni
chap oyoqdan boshlab, chap tomondan tugatadi. Kimda kim bu ishni orangizda qilgan bo'lsa, u ham chap oyoqni birinchi bo'lib qo'ygan.
Savol: bu ishni ayting?
Javob:
Ot minish.
8-savol:
Oqni oq, qorani qora deyish kerak degan gapni ko'p eshitganmiz. O'tgan asrda bu qoidaga zid bo'lgan holatni kuzatish mumkin edi. Odamlar X ni rangiga qarab emas, bajaradigan ishiga qarab shunday nomlashgandir.
Diqqat savol: X ni ikki so'z bilan ayting!
Javob:
Qora xat.
9-savol:
Maktabda hammamizga 5 har doim 2 dan yaxshi ekanligini uqtirishgan, ammo, UNDA buning teskarisi, ya'ni 2 5 dan ustun.
Diqqat savol: 2 nimaligini anglagan holda, sandiqchada nima borligini ayting!
Jabob:
Qaychi.
10-savol:
Eng avval yuragiga ishq o'ti tushganlarning gullardan poyandoz hosil qilgani aytilgan. Keyin esa bu jarayon odamlarning ko'zidan pana joylarda davom etgan. Bu jarayonda ishqqa mubtalolar yoqimli bir mahsulotga ega chiqishgan. Undan so'ng ikkinchi jarayonning sir bo'lib qolmagani, boshqalar ham undan xabar topgani aytilgan.
Diqqat savol: Siz oxirida qilingan xulosani aniq yozib bering!
Javob:
Oshiqlaring poyingga gul otib ham boldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham boldi
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!
Do'stlaringiz bilan baham: |