Filiali ochildi



Download 12,78 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi12,78 Kb.
#795431
Bog'liq
Matematika kafedrasi filiali


BUXORO SHAHAR 14-MAKTABDA MATEMATIKA KAFEDRASI
FILIALI OCHILDI


2019 yil 6 dekabr kuni Buxoro shahar 14-maktabda Buxoro davlat universiteti Matematika kafedrasining filiali ochildi. Ochilish marosimiga Matematika kafedrasi mudiri, f.-m.f.n., dots. T.H.Rasulov, dots. N.A.To’rayeva, dots. N.H.Mamatova, kata o’qituvchilar A.Sh.Rashidov va F.M.Jo’rayev, o’qituvchilar U.U.Umarova, N.A.Tosheva, H.G’.Hayitovalar tashrif buyurdilar. Ular 14-maktab jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. Tadbir davomida Respublikamizda, xususan Buxoro davlat universitetida “Maktab – oliy o’quv yurti hamkorligi” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to’xtalib o’tildi. T.H.Rasulov bu borada Matematika kafedrasi jamoasi tomonidan bajarilayotgan ishlar to’g’risida axborot berdi. So’ngra Matematika kafedrasi mudiri T.H.Rasulov va 14-maktab direktori D.A.Abdullayevalar ikki tomonlama shartnoma imzolab, 2019 yil 6 dekabrdan 14-maktabda Matematika kafedrasi filiali o’z faoliyatini boshlaganini e’lon qildilar. N.A.To’rayeva va N.H.Mamatovalar so’zga chiqib, hamkorlikda bajarilishi rejalashtirilgan ishlar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida gapirib o’tdilar. Tadbir so’ngida Matematika kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan yangi avlod adabiyotlaridan nusxalar maktab kutubxonasiga taqdim qilindi.
Download 12,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish