Fayllar bilan ishlash. Binar fayllar Mantiqiy fayllar.
Fizik fayllar bilan ishlash uchun, programmalashtirish tillarida maxsus strukturalashgan, toifalangan fayllar kiritilgan. Bunday fayllar mantiqiy (logicheskiy) fayllar deyiladi.
Mantiqiy fayllar, hech qanday fizik xotirani band qilmasdan ma'lumotlarning mantiqiy modelini o'zida saqlaydi.
Fizik va mantiqiy fayllar bir - biri bilan fopen funksiyasi orqali bog'lanadi.
Fayl bir nechta elementdan tashkil topgan bo'lganligi uchun, faqat fayl ko'rsatkichi ко'rsatayotgan elementga murojaat qilish mumkin.
Fayldan o'qish yoki yozish mumkin bo'lgan o'rinni ko'rsatuvhi elementga fayl ko'rsatkichi deyiladi.
Fayldan ma'lumot o'qiganda yoki yozganda fayl ko'rsatkichi avtomat ravishda o'qilgan yoki yozilgan bayt miqdoricha siljiydi. Fayl ko'rsatkichini magnitafon galovkasiga o'xshatish mumkin.
Binar fayl - har xil ob'ektlarni ifodalovchi baytlar ketma - ketligidir. Ob'ektlar faylda qanday ketma - ketlikda joylashganini dasturning o'zi aniqlashi lozim.
Fayllar bilan ishlovchi funksiyalardan foydalanish uchun sarlavha faylini programmaga qo'shish kerak bo'ladi.
Fayldan ma'lumotlarni o'qish yoki yozish uchun ochish fopen funksiyasi orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |