Farmoni o‘zbekiston respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Download 326,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.08.2021
Hajmi326,97 Kb.
#159666
  1   2   3   4   5
Bog'liq
PF-5963-сон 13.03.2020



Hujjat 28.11.2020 sanasi holatiga 

Amaldagi versiyaga o‘tish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

FARMONI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QURILISH SOHASIDA ISLOHOTLARNI

CHUQURLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Qurilish  sohasida  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish,  byurokratik  to‘siqlarni

kamaytirish,  innovatsion  g‘oyalar,  ishlanmalar  va  ilg‘or  axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini  keng  joriy  etish,  shuningdek,  qurilishning  barcha  bosqichlarida  shaffoflikni

ta’minlash maqsadida:

1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

a) quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududida 2028-yil 31-

dekabrga  qadar  shaharsozlik  faoliyati  sohasida  texnik  jihatidan  tartibga  solishga  doir  milliy

normativ  hujjatlar  bilan  bir  vaqtda,  shu  jumladan  loyiha  hujjatlarini  ekspertizadan  o‘tkazish

bosqichida 1-ilovada keltirilgan xorijiy normativ hujjatlar qo‘llanishiga ruxsat etiladi:

mahalliy  loyiha-qidiruv  tashkilotlarini  jalb  etgan  va  milliy  normativ  hujjatlarga

nomutanosib  bo‘lgan  qismlar  uchun  kompensatsiyalovchi  choralarni  ta’minlash  bo‘yicha

maxsus  texnik  shartlarni  ishlab  chiqqan  holda,  xorijiy  normativ  hujjatlar  asosida  ishlab

chiqilgan loyiha hujjatlarining moslashtirilishi;

zarur  hollarda  moslashtirilgan  loyiha  hujjatlarini  ko‘rib  chiqish  uchun  vakolatli  organ

tomonidan jalb qilingan mustaqil xorijiy mutaxassislar va konsultantlar xizmatlari uchun to‘lov

xarajatlari,  ushbu  hujjatlarni  ko‘rib  chiqish  natijalaridan  qat’iy  nazar,  buyurtmachi  (investor)

tomonidan qoplanishi;

b) 2020-yil 1-iyuldan:

soliq  va  statistika  hisobotlari  ma’lumotlari  (ish  tajribasi,  xodimlar,  shu  jumladan

malakali  mutaxassislar  soni,  asosiy  vositalar  hajmi,  olingan  daromadlar  va  to‘langan  soliqlar,

ish  haqi  to‘lash  fondi  va  boshqa  mezonlar)  asosida  avtomatik  tarzda  shakllanadigan  loyiha-

qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi;

v) 2020-yil 1-sentabrdan:

soliq  va  statistika  hisobotlari  ma’lumotlari  (ish  tajribasi,  xodimlar,  shu  jumladan

malakali  mutaxassislar  soni,  asosiy  vositalar  hajmi,  olingan  daromadlar  va  to‘langan  soliqlar,

ish  haqi  to‘lash  fondi  va  boshqa  mezonlar),  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurilish

vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari (qurilishi tugallangan

obyektlar  hajmi,  shaharsozlik  qonunchiligini  buzish  holatlarini  bartaraf  etish  to‘g‘risidagi

bajarilishi  majburiy  bo‘lgan  ko‘rsatmalarning  mavjudligi  va  ularning  ijrosi  hamda  boshqa

mezonlar)  asosida  qurilish  ishlari  hajmlari  va  obyektlariga  muvofiq  tabaqalashtirilgan  holda

avtomatik  tarzda  shakllantiriladigan  qurilish-pudrat  tashkilotlarining  elektron  reytingi  joriy

etiladi;

g) 2021-yil 1-yanvardan:

qurilish  sohasidagi  davlat  xaridlari  doirasida  xarid  tartib-taomillari,  loyiha-qidiruv  va

qurilish-pudrat  tashkilotlarining  xarid  tartib-taomillarida  belgilangan  malaka  talablariga

muvofiqligini  baholashda  ularning  elektron  reytingi  ma’lumotlaridan  foydalanish  va  boshqa

elektron  tizimlar  bilan  integratsiyalash  imkoniyatini  hisobga  olgan  holda,  elektron  shaklda

onlayn rejimida amalga oshiriladi;

davlat xaridlarida ishtirok etish uchun ruxsat berishda elektron reytinglarga kiritilgan

va  tegishli  mezonlar  bo‘yicha  ijobiy  ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lgan  loyiha-qidiruv  va  qurilish-

pudrat  tashkilotlarning  dastlabki  malakaviy  baholashdan  o‘tishi,  shuningdek,  tanlov  (tender)

hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etishi talab etilmaydi;

davlat  buyurtmachilari  va  davlat  xarid  subyektlari  mablag‘lari  hisobidan

moliyalashtiriladigan  obyektlarning  loyiha  hujjatlari  kompleks  ekspertiza  o‘tkazish  uchun

belgilangan  muddatlarda  energiya  samaradorligi  talablariga  muvofiqligi  bo‘yicha  majburiy

tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi shart;



qurilish  sohasidagi  davlat  xaridlari  doirasida  xarid  tartib-taomillarida  g‘olib  deb

topilgan  loyiha-qidiruv  va  qurilish-pudrat  tashkilotlari  ishlar  (xizmatlar)  narxining  kamida

o‘ttiz foizini o‘z kuchi bilan bajarishi bo‘yicha talab joriy etiladi.

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurilish  vazirligi,  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi,  Moliya

vazirligi  va  Toshkent  shahar  hokimligining  Toshkent  shahrida  xususiy  tadbirkorlik

subyektlarini  buyurtmachi  funksiyasini  bajarishga  jalb  qilish  bo‘yicha  eksperiment  (keyingi

o‘rinlarda — eksperiment) o‘tkazish to‘g‘risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifiga rozilik

berilsin:

Toshkent  shahrida  2021-2022-yillarda  loyihalashtirilishi  va  qurilishi  rejalashtirilgan  10

ta qurilish obyektini tanlab olish;

eng  yaxshi  takliflarni  tanlab  olish  natijalariga  ko‘ra  xususiy  tadbirkorlik  subyektlari

bilan  injiniring  xizmatlarini  ko‘rsatish  (shu  jumladan  texnik  nazorat  va  loyiha  boshqaruvi)

yuzasidan shartnomalar imzolash;

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  eksperimentda  ishtirok

etuvchi qurilish obyektlari va xususiy tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatining tasdiqlanishi.

Belgilab  qo‘yilsinki,  eksperiment  tanlab  olingan  obyektlarning  qurilish-montaj  ishlari

yakunlanib, ular foydalanishga topshirilguniga qadar amalga oshiriladi.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurilish  vazirligi  qoshida  davlat  muassasasi  shaklida

Qurilishda texnik me’yorlash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.

4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

qurilishda  me’yorlash  tizimidagi  va  innovatsion  texnologiyalarni  joriy  qilishdagi

muammolarni o‘rganib borish;

qurilish sohasidagi xalqaro normalar, qoidalar va standartlarni o‘rganish va tahlil qilish

asosida milliy normativ hujjatlarni ular bilan uyg‘unlashtirish;

binolar,  inshootlar  va  ularning  alohida  elementlariga  bo‘lgan  xavfsizlik  talablarini,

shuningdek,  bino  va  inshootlarning  energiya  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  chora-

tadbirlarni ishlab chiqish;

normativ,  shu  jumladan  xorijiy  hujjatlarlarning  ilmiy-texnik  kutubxonasi  va  elektron

bazasini tashkil qilish va yuritish;

xorijiy  va  xalqaro  tashkilotlar,  konsultantlar  va  mutaxassislar  bilan  hamkorlik  qilish

hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qilish.

5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurilish  vazirligi  qoshidagi  Qurilishda  texnik  me’yorlash

markazining  boshqaruv  xodimlari  cheklangan  soni  20  nafardan  iborat  tuzilmasi  2-ilovaga

muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qo‘yilsinki:

Markaz  faoliyati  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  mablag‘lari,  O‘zbekiston

Respublikasi  Qurilish  vazirligi  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  jamg‘armasi,  XMI/XHMTning

texnik  ko‘mak  mablag‘lari  (grantlari)  va  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  manbalar

hisobidan moliyalashtiriladi;

Markaz  shtat  birliklari  tegishli  vazirlik  va  idoralarning  boshqaruv  xodimlarini  2020-

yilda maqbullashtirish hisobidan jamlanadi.

6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurilish  vazirligi  ikki  oy  muddatda  2020  —  2023-yillarda

shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni

ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) tasdiqlasin.

Belgilansinki, Dasturni amalga oshirish doirasida:

milliy  normativ,  shu  jumladan  idoraviy  hujjatlarni  ishlab  chiqish,  qayta  ko‘rib  chiqish

va  takomillashtirish  qurilish  sohasida  tajribaga  ega  bo‘lgan  xorijiy  kompaniyalarni  jalb  etgan

holda amalga oshiriladi;

tarmoq vazirliklari va idoralari ishlab chiqilgan va qayta ko‘rib chiqilgan normativ, shu

jumladan  idoraviy  hujjatlarni  tasdiqlashdan  oldin  ularning  loyihalarini  O‘zbekiston

Respublikasi Qurilish vazirligiga kelishish uchun majburiy tartibda kiritilishini ta’minlaydi;

tegishli  vazirlik  va  idoralarga  ajratiladigan  budjet  mablag‘lari  va  qonunchilikda

taqiqlanmagan  boshqa  mablag‘lar  normativ  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  qayta  ko‘rib  chiqish



ishlarining moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

7.  Shaharsozlik  faoliyati  sohasida  texnik  jihatdan  tartibga  solishga  doir  normativ

hujjatlarni  isloh  qilish  bo‘yicha  muvofiqlashtiruvchi  kengash  (keyingi  o‘rinlarda  —

Muvofiqlashtiruvchi kengash) 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

Muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Ramatov):

vazirlik  va  idoralarning  normativ,  shu  jumladan  idoraviy  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va

qayta ko‘rib chiqish faoliyati muvofiqlashtirilishini;

vazirlik va idoralarning normativ hujjatlar, shu jumladan texnik topshiriqlar va tanlov

hujjatlarini  ishlab  chiqish  hamda  qayta  ko‘rib  chiqish  bo‘yicha  yillik  va  uzoq  muddatli

dasturlari kelishilishi va ularning ijrosi ustidan tizimli monitoring o‘rnatilishini ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

bir  oy  muddatda  qurilish  tarmog‘ini  isloh  qilish,  shu  jumladan  milliy  normativ

hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  qayta  ko‘rib  chiqish  bo‘yicha  ishlarni  samarali  tashkil  etish

maqsadida xalqaro ekspertlar va konsultantlarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish

vazirligiga amaliy yordam ko‘rsatsin;

2020-yilda  milliy  normativ  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  qayta  ko‘rib  chiqish,

shuningdek, xalqaro ekspertlar va konsultantlar xizmatlari to‘lovini amalga oshirish uchun bir

oy  muddatda  Qurilish  vazirligiga  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  zaxira

jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 15 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin;

2021 — 2023-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini ishlab

chiqishda milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan

mablag‘larni ajratishni nazarda tutsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qurilish

vazirligi  uch  oy  muddatda  ilg‘or  xorijiy  tajriba  asosida,  bajarilayotgan  qurilish-montaj

ishlarining  turlari  va  boshqa  mezonlarga  qarab  minimal  talablarni  tabaqalashtirgan  holda

qurilish  sohasida  mehnatni  muhofaza  qilish  va  texnika  xavfsizligiga  oid  me’yorlarni

takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qurilish vazirligi va Monopoliyaga qarshi

kurashish  qo‘mitasi  bilan  birgalikda  ikki  oy  muddatda  ilg‘or  xorijiy  tajribani  hisobga  olgan

holda  qurilish  sohasida  xarid  tartib-taomillarini  tashkil  qilish  va  o‘tkazish  tartibini,  shu

jumladan  loyihalashtirish,  qurish,  rekonstruksiya  qilish  va  mukammal  ta’mirlashda  xarid

hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha talablarni takomillashtirishga doir takliflarni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:

a)  2020-yil  1-avgustga  qadar  xalqaro  moliya  institutlarini  jalb  etgan  holda  quyidagilar

ishlab chiqilishini ta’minlasin:

O‘zbekiston  Respublikasi  qurilish  sohasini  modernizatsiyalash,  jadal  va  innovatsion

rivojlantirishning 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi;

shaharsozlik  faoliyati  sohasida  texnik  jihatdan  tartibga  solishga  doir  milliy  normativ

hujjatlarga  nomutanosib  bo‘lgan  qismlar  uchun  kompensatsiyalovchi  choralarni  ta’minlash

bo‘yicha maxsus texnik shartlarni kelishish va tasdiqlash tartibini;

“fast-track”  usuli  (bir  vaqtning  o‘zida  loyihalashtirish,  xarid  qilish  va  qurilish  ishlari)

bilan  “tayyor  holda  topshirish”  shartlari  (Engineering  Procurement  Construction)  asosida

obyektlarni qurishga ruxsat berish tartibini;

b) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa

manfaatdor  idoralar  bilan  birgalikda  Vazirlar  Mahkamasiga  quyidagi  hukumat  qarorlari

loyihalarini kiritsin:

ikki  oy  muddatda  —  eksperimentda  ishtirok  etayotgan  qurilish  obyektlari  va  xususiy

tadbirkorlik subyektlarini tasdiqlash haqida;

eksperiment natijasidan kelib chiqib hamda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini inobatga

olgan  holda  —  markazlashgan  manbalar  hisobidan  amalga  oshiriladigan  va  buyurtmachi

funksiyasini xususiy tadbirkorlik subyektlari bajaradigan obyektlar qurilishini tashkil qilish va

moliyalashtirish,  shuningdek,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va



Toshkent  shahar  hokimliklari,  vazirlik  va  idoralar  qoshidagi  qurilish,  rekonstruksiya  qilish,

kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmatlari faoliyatini isloh qilish haqida;

v)  Adliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi,  Markaziy  bank  va  Savdo-sanoat

palatasi  bilan  birgalikda  keng  jamoatchilikni  jalb  etgan  holda  2020-yil  1-mayga  qadar  ko‘p

kvartirali  uylarni  ulush  kiritish  asosida  qurish  jarayonini  tartibga  soluvchi  normativ-huquqiy

hujjat  loyihasini  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  kiritsin,  bunda  quyidagi

talablarni o‘rnatish nazarda tutilsin:

ulush  kiritish  asosida  uy-joylarni  qurish  uchun  mablag‘larni  jalb  etishdan  avval

kelishilgan  loyiha-smeta  hujjatlarining  mavjud  bo‘lishi,  quruvchi  tashkilotning  bank  hisob

raqamlarida  jamlanadigan  ulush  qo‘shganlarning  mablag‘laridan  maqsadsiz  foydalanishni

cheklab qo‘yish;

qurilishda  ulush  kiritish  asosida  ishtirok  etish  bo‘yicha  shartnomalarni  majburiy

tartibda  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  va  ulush  kiritish  asosida  qurilishda  ishtirok  etish  uchun

mablag‘larni jalb etuvchi qurilish tashkilotlarining yagona reyestrini yuritish;

g)  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  O‘zbekiston  muhandislar-konsultantlar

uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar kasbga muvofiqlik sertifikatlari berilishini

ta’minlagan  holda  qurilish  sohasi  xodimlarini  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  bo‘yicha  qisqa

muddatli o‘quv kurslarini tashkil etsin;

d)  O‘zbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi,  Axborot

texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi,  Davlat  statistika  qo‘mitasi,

Davlat  soliq  qo‘mitasi  bilan  birgalikda  loyiha-qidiruv  va  qurilish-pudrat  tashkilotlarining

elektron reytingini yaratish doirasida:

2020-yil  1-aprelga  qadar  loyiha-qidiruv  va  qurilish-pudrat  tashkilotlarining  elektron

reytingini  shakllantirish  uchun  zarur  bo‘lgan  ma’lumotlar  ro‘yxatini  aniqlasin  hamda  ularni

vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Qurilish  vazirligiga

taqdim etish tartibi belgilansin;

elektron reytinglarni joriy etish uchun o‘rnatilgan muddatlarda “Shaffof qurilish” milliy

axborot tizimi bilan integratsiyalashtirgan holda zarur dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin;

e)  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi,  Moliya  vazirligi  hamda  manfaatdor  idoralar  bilan

birgalikda ikki oy muddatda loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy texnika

bazasini  mustahkamlash  va  yangilash  bo‘yicha  takliflarni  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasiga kiritsin;

j) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga

ushbu  Farmondan  kelib  chiqadigan  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  yuzasidan  O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ayrim  hujjatlariga  4-ilovaga  muvofiq

o‘zgartirishlar kiritilsin.

13. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  birinchi  o‘rinbosari  A.J.  Ramatov  —  mazkur

Farmonning  sifatli,  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  ijro  etilishini  ta’minlasin,  normativ  hujjatlarni  ishlab

chiqish  va  qayta  ko‘rib  chiqish  uchun  mas’ul  bo‘lgan  vazirliklar,  idoralar  va  tashkilotlarning

faoliyatini  samarali  tashkil  qilsin  hamda  muvofiqlashtirsin,  har  oyda  ular  rahbarlarining

bajarilgan  ishlar  to‘g‘risidagi  hisobotlarini  qabul  qilsin  va  aniqlangan  kamchiliklarni  o‘z

vaqtida bartaraf etsin;

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  moliya-iqtisodiyot  va  kambag‘allikni

qisqartirish  masalalari  bo‘yicha  o‘rinbosari  —  iqtisodiyot  va  sanoat  vaziri  J.A.  Qo‘chqorov  —

qurilish  sohasida  xarid  tartib-taomillarini  tashkil  etish  va  o‘tkazish  tartiblariga  ilg‘or  xorijiy

tajribaning  joriy  qilinishini,  shuningdek,  milliy  normativ  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  qayta

ko‘rib chiqish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin;

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov — loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat

tashkilotlari,  idoraviy  ta’lim  muassasalari  faoliyati  samaradorligini  oshirish  hamda  qurilish

sohasida  mehnat  muhofazasi  va  texnika  xavfsizligi  me’yorlarini  takomillashtirish  yuzasidan

zarur choralarni ko‘rsin;



O‘zbekiston  Respublikasi  qurilish  vazirining  birinchi  o‘rinbosari  Sh.S.  Xidoyatov  —

barcha  milliy  normativ  hujjatlarning  bosqichma-bosqich  va  sifatli  ishlab  chiqilishi  va  qayta

ko‘rib  chiqilishini,  qurilish  sohasiga,  shu  jumladan  xarid  tartib-taomillariga  ilg‘or  axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlasin;

O‘zbekiston  Milliy  axborot  agentligi  bosh  direktori  A.K.  Ko‘chimov,  O‘zbekiston  Milliy

teleradiokompaniyasi  raisi  v.b.  A.D.  Xadjayev  —  mazkur  Farmonning  mazmun-mohiyati  va

amaliy  ahamiyatini  yoritishga  oid  brifinglar,  press-konferensiyalar  tashkil  etib,  maqolalar  va

tematik teleko‘rsatuvlar e’lon qilsin.




Download 326,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish