Faradey haqida



Download 10,24 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi10,24 Kb.
#247480
Bog'liq
Faradey haqida


Faradey effekti — magnitooptika effektlaridan biri. Doimiy magnit maydon chiziklari boʻylab moddada tarqalayotgan yassi qutblangan elektromagnit nurlanish (mas, yorugʻlik) qutblanish tekisligining burilishidan iborat. 1845 yilda M. Faradey kashf etgan. Faradey effekti moddada magnit maydon chiziqlari boʻylab tarqalayotgan oʻng va chap doiraviy qutblangan elektromagnit toʻlqinlarning fazaviy tezligi birbiridan farkli boʻlishi bilan tushuntiriladi. Yassi qutblangan toʻlqinni oʻng va chap doiraviy qutblangan toʻlqinlar yigindisidan iborat deb qarash mumkin. Qutblanish tekisligining burilish burchagi 6 magnit maydon kuchlanganligi N va yorugʻlikning magnit maydonda oʻtgan yoʻli / ga proporsional: v=U1N, bunda V — moddaning xossalari, trasi va nurlanishning toʻlqin uzunligiga bogʻliq boʻlgan proporsionallik koeffitsiyenti boʻlib, Verde doimiysi deb ataladi. Faradey effekti barcha elektromagnit toʻlkinlar uchun oʻrinli boʻlib, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Faradey haqida

Maykl Faradey

Faradey o‘z umri davomida shunchalik ko‘p ixtiro va kashfiyotlar qilganki, ular asosida yana boshqa o‘nlab olimlar o‘z nomini fan tarixiga muhrlashi mumkin edi.

Maykl Faradey 1791-yilning 22-sentyabrida Londonda tavallud topdi. U tug‘ilgan joy Londonning eng qashshoq mahallalaridan biri edi. Faradeyning otasi oddiy temirchi usta, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. Ular otxona ustiga qurilgan bostirma uyda yashashgan. Faradeyning bolalik yillari shunday og‘ir sharoitda, moddiy nochor ahvolda o‘tgan. U muttasil to‘yib ovqatlanmaslik va yupun kiyinishga majburligi tufayli juda nozik bola bo‘lgan.

Maykl Faradey maktab yoshiga yetgach, ota-onasi unga boshlang‘ich ta'lim berish uchun yaqin oradagi maktabga berishadi. Maktabda esa kambag‘al oila farzandlari uchun mo‘ljallangan eng birlamchi minimum o‘quv dasturi bilan cheklanilgan. Shunga ko‘ra, Maykl o‘qishni, yozishni va sanashni o‘rganib olishi bilan uni yana maktabdan chiqarib yuborishgan. Boshqa bilimlar, xususan, matematika, biologiya, tarix singari jiddiy fanlarni o‘zlashtirishga maktabda imkon berilmasdi va buning uchun pullik maktablarga borsh kerak edi. Lekin bunga Faradeylar oilasining moddiy imkoni yetmasdi.

Aksar kambag‘al oilalarda bo‘lgani kabi, Faradeylar oilasida ham bolalarning tezroqda ota-onaning yoniga kirib, ishlab pul topa boshlashi muhim bo‘lgan. Shu sababli, Maykl 13-yoshga hali kirib ulgurmagan bola paytidayoq o‘z mahallasidagi kitob muqova qiladigan ustaxonada ishlashga majbur bo‘lgan.

Faradey ishlagan ustaxona kitob muqova qilish bilan birga, chog‘roqqina kitob do‘koniga ham ega bo‘lgan. Ishdan bo‘sh paytlarda Maykl o‘zi muqova qilayotgan va yoki, buyurtmachi hali olib ketmagan kitoblarni birin-ketin, tartibsiz mutolaa qilib chiqar edi. U qo‘liga tushgan kitobni, mavzusi va mazmunidan qat'iy nazar albatta o‘qib chiqardi va shu orqali, o‘ziga-o‘zi bilim berishni maqsad qilgandi. Shu asnoda, u asta-sekinlik bilan, avvaliga matematika va fizikaga oid, keyinroq esa kimyoga oid kitoblarni saralab o‘qiydigan bo‘ldi. o‘z-o‘ziga ta'lim usuli Faradeyda shunchalik yaxshi samara bera boshladiki, u biror o‘qituvchining ko‘magisiz ham, murakkab matematik masalalarni, hamda, fizikaga oid mavzularni mustaqil o‘zlashtira olgan edi. Boz ustiga, u keyinchalik, o‘zi o‘qigan va uqqan narsalarni daftarga tushirib, tizimli ravishda, mavzuma-mavzu konspekt qilib borishga odatlandi. o‘smir yoshdagi Maykl Faradeyning yana bir muhim xislati shu ediki, u juda kuchli xotira egasi bo‘lish bilan birga, o‘qigan narsalarini mohirona tarzda qayta mulohaza qilib, yozma shaklda o‘zi uchun o‘zi hisobot yuritib borardi. Boz ustiga, Faradey muqovachilik ustaxonasida ustlaridan husnixat va matn terish qoidalarini ham puxta o‘zlashtirgani unga juda qo‘l kelardi.

Faradey ko‘p o‘tmay ustaxonada turgan fizika va kimyo kitoblaridagi mavzular asosida turli eksperimentlar qilib ko‘ra boshladi. Oladigan arzimas puliga u tajriba uchun qandaydir zaruriy jihozlar va moddalarni xarid qila olmasdi. Shu sababli, Faradey ilk tajribalarini faqat qo‘l ostida mavjud bepul narsalar bilan, masalan, osh tuzi, loy, siyoh va ho kazo shunga o‘xshashlar bilan qilgan.

Uning omadi chopgan kunlari, ustaxonaga yoki do‘konga kelgan badavlat shaxslar bolakayga qandaydir xizmati uchun (masalan, kitoblarni aravaga tashib bergani uchun) oz-moz choychaqa qoldirib ketishardi. Muqova buyurtmachilari ichida esa turli olimlar va ziyoli insonlar ko‘p bo‘lganidan, ular ustaxonadagi ziyrak va zehni o‘tkir bolakay - Maykl Faradeyni yaxshi eslab qolishardi va u haqida bir-birlariga aytib berishardi. Faradeyning bolalik yillarida Buyuk Britaniyada Gemfri Devi juda mashhur olim sifatida tanilgan bo‘lib, u Londonda tez-tez ommaviy ma'ruzalar qilib, odamlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini orttiradigan turli tajribalar namoyish qilib turardi.



Kunlarning birida muqova ustaxonasiga kelgan ziyoli buyurtmachilardan biri yosh bolakay Maykl Faradey bilan qiziq ilmiy sihbat qilib, uning noyob zehni va o‘tkir tafakkuridan lol qoladi. o‘sha odam Londondagi eng dongdor pullik maktablardan birida fizika o‘qituvchisi bo‘lgani haqida ayrim ma'lumotlar bor. Xullas, kim bo‘lgan bo‘lsa hamki, o‘sha yaxshi inson Maykl Faradeyni Gemfri Devining bepul ommaviy ma'ruzasiga birga olib ketadi. Aynan shu yaxshilik yosh Faradey uchun haqiqiy ilm-fan eshiklarini ochgan edi.

Faradey o‘z odatiga ko‘ra, Devi ma'ruzasini mukammal konspekt qilib oladi. U mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini ham qo‘shib, uni ustaxonada bosma matn tarzida qaytadan terib, chiroyli kitobcha shaklida muqovalab, Gemfri Deviga jo‘natadi. o‘z ma'ruzasi matnini ajoyib bejirim kitobcha ko‘rinishida, mukammal yozma shaklda qayta tartiblagan odam aslida muqova ustaxonasidagi yosh o‘spirin bola ekanini bilgach, Devi hayratdan yoqa ushlab qolgan ekan. U Faradeyning o‘tkir zehniga qoyil qolgan bo‘lsa, qo‘li gul muqovachilik hunariga tasanno aytib yuborgan edi. Olim ushbu bolakayni ilmiy faoliyatga zudlik bilan jalb qilish kerakligini aytib, yordamchilari orqali tezda uni topishni tayinlagan. Shu tariqa, Faradey o‘z zamonasining eng yetuk olimlaridan biriga shogird bo‘lib qolgan edi.
Download 10,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish