Gell effekti- massada polimerlaganda polimerning miqdori15-20% ga yetganda birdan reaksiya tezligi oshib ketishidir, ya'ni reaktivning ma'lum qismida reaksiya tezligi oshib ketadi. Bunga bir qancha sabablar bor:
-faol markazlarning bir joyda to'planib qolishi;
-kompleks hosil bo'lishi;
-Tyudoshning " Горячие радикалы" ya'ni " Qaynoq radikallar" nazariyasida : aktivligi oshib ketganda o'sha joyda qovushqoqlik ortib ketadi. O'sib borayotgan radikallar qovushqoqlik katta bo'lganda u yerdan chiqib keta olmaydi.(ya'ni QAFAS EFFEKT yuzaga keladi)
Misol uchun initsiatordan hosil bo'lgan 2 ta birlamchi radikal o'zining radikalligini saqlab qolishi uchun 2 tarafga qochadi. Agar bir biridan uzoqlasha olmasa ular yana bir biri bilan birikib initsiator molekulasini hosil qiladi. Qafas effektini yenga olsa kinetik zanjirni boshlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |