6.1. Mavzu: Kimyo fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS va shu asosida yaratilgan darsliklar tahlili (I qism) Reja: 1. Fandagi yangiliklar, kashfiyot va ihtirolar 2. Davlat ta’lim standarti; 3. DTS ning tarkibiy qismlari: 4. Umumiy o’rta ta‘limning malaka talablari; Kimyo bo’yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti germaniyalik Benjamin List va amerikalik Devid Makmillanga «assimetrik organokatalizni rivojlantirgani uchun» berildi.
Katalizatorlarning faqat ikkita turi bor deb hisoblanardi: metallar va fermentlar. List va Makmillan bir-biridan mustaqil ravishda molekulalarni yaratishning yangi usulini — kichik organik molekulalarga asoslangan assimetrik organokatalizni ishlab chiqdi. Nobel qo’mitasi press-relizida aytilishicha, u yangi farmatsevtika mahsulotlarini tadqiq qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi, bundan tashqari, kimyoning yanada barqaror bo’lishiga yordam beradi.
«Organokataliz aql bovar qilmas darajada tez rivojlanmoqda. Bunday reaktsiyalar yordamida tadqiqotchilar endi yangi farmatsevtika vositalaridan tortib quyosh panellarida nurni yuta oladigan molekulalarga qadar hamma narsani yanada samarali tarzda yaratishi mumkin», deyilmoqda.
2017-yil 6-aprel kunida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 187-sonli «Umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi.
Qaror «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi hamda O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasida «Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir» deb belgilab
Yangi tasdiqlangan davlat ta‘lim standartlari 2017-2018 o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etildi.