Mirzaobod tumani 9-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida sentabr oyida o’tkazilgan ,,Boshlang’ich ta’lim’’ fanlari oyligi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hisobati.
Mirzaobod tumanidagi 9-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida sentabr oyida boshlang’ich ta’lim fanlari oyligi bo’lib o’tdi. Mirzaobod tuman XTB ning umumta’lim maktablarda ,,Boshlang’ich ta’lim’’ fanlari oyligini tashkil etish va uni o’tkazish yuzasidan belgilangan chora tadbirlari asosida maktabning ichki buyrug’i va tadbiriy-chora rejasi ishlab chiqildi. Fan o’qituvchilari tomonidan ,,Boshlang’ich ta’lim’’ fan oyligi burchagi tashkil qilindi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan ko’rgazmalar, bukletlar, referatlar, dars ishlanmalar tayyorlandi. Har bir sinflarda onlayin darslar tashkil qilinib, 1-sinf ,,Ibn Sino’’, 2-sinf ,,Abdulla Avloniy’’, 3-sinf ,,Said Ahmad’’, 4-sinf ,,Zukkolar’’ guruhlarida mashg’ulotlar olib borildi.
Boshlang;ich ta’lim asosiy fanlaridan 2-4-sinf o’quvchilaridan olingan test natijalariga ko’ra, umumiy samaradorlik 78% ni tashkil etdi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida ,,Yosh rassom’’ ko’rik tanlovlari o’tkazildi. Tanlovda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirildi.Har bir sinf o’quvchilari o’rtasida 1-oktabr ustozlar bayrami munosabati bilan ,,Ustozim- ulug’ faxrim’’ tadbirlari bo’lib o’tdi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari viloyat va tuman vebinarlarida faol qatnashdilar.
Fan oyligi davomida faol qatnashgan o’qituvchilar ra’batlantirildi.
Sentabr ,,Boshlang’ich ta’lim’’ fan oyligi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yig’ma jildi tayyorlanib umumlashtirildi.
9-maktab boshlang’ich
metod birlashma rahbari: N. Muhiddinova.
Mirzaobod tumani 9-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich ta’lim metod birlashma rahbari Muhiddinova Nargizaning 1-chorak davomida qilingan ishlar hisobati.
Mirzaobod tumanidagi 9-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 1-chorak davomida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Sentabr oyida boshlang’ich ta’lim fanlari oyligi bo’lib o’tdi. Mirzaobod tuman XTB ning umumta’lim maktablarda ,,Boshlang’ich ta’lim’’ fanlari oyligini tashkil etish va uni o’tkazish yuzasidan belgilangan chora tadbirlari asosida maktabning ichki buyrug’i va tadbiriy-chora rejasi ishlab chiqildi. Fan o’qituvchilari tomonidan ,,Boshlang’ich ta’lim’’ fan oyligi burchagi tashkil qilindi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan ko’rgazmalar, bukletlar, referatlar, dars ishlanmalar tayyorlandi.
Har bir sinflarda onlayin darslar tashkil qilinib, 1-sinf ,,Ibn Sino’’, 2-sinf ,,Abdulla Avloniy’’, 3-sinf ,,Said Ahmad’’, 4-sinf ,,Zukkolar’’ guruhlarida mashg’ulotlar olib borildi.
1-4-sinflarda ,,Ona tilim – jonu dilim’’ mavzusida darslar o’tildi va o’qituvchilar tomonidan videorolliklar tayyorlandi.
Boshlang’ich 4-sinf asosiy fanlaridan maktab ichki monitoringi o’tkazildi. 4-sinf o’quvchilaridan olingan test natijalariga ko’ra, umumiy samaradorlik 78% ni tashkil etdi.
Tayanch maktablarda o’tkazilgan vebenarlarda boshlang’ich sinf o’qituvchilari qatnashdilar.
1-chorak bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan boshlang’ich metod birlashma yig’ilish o’tkazildi.
9-maktab boshlang’ich
metod birlashma rahbari: Nargiza Muhiddinova.
Do'stlaringiz bilan baham: |